Naximiyo 10 bob

28 Qaror mazmuni.

1 Xaxaliyo o‘g‘li, hokim Naximiyo qarorni tasdiqlab, muhrladi. Zidqiyo ham qarorga muhrini bosdi. Bulardan tashqari, qarorni muhrlaganlarning ismlari quyidagilardir:
2 Sarayo, Ozariyo, Yeremiyo,
3 Pashxur, Emoriyo, Malkiyo,
4 Xattush, Shabaniyo, Mallux,
5 Xarim, Miromo‘t, Obodiyo,
6 Doniyor, Ginatoy, Borux,
7 Mashullom, Abiyo, Miyomin,
8 Maziyo, Bilgi, Shamayo. Ular ruhoniylar edilar.
9 Levilar: Ozaniyo o‘g‘li Yeshuva, Xanadod urug‘idan Binnuy, Kadmil,
10 ularning sheriklari: Shabaniyo, Xo‘diyo, Kilit, Paliyo, Xanon,
11 Mixa, Rexob, Xashaviyo,
12 Zakkur, Sharaviyo, Shabaniyo,
13 Xo‘diyo, Banix, Baninu.
14 Xalq yo‘lboshchilari: Paro‘sh, Paxatmo‘ab, Elam, Zattu, Banix,
15 Bo‘nax, Ozgad, Bo‘vay,
16 Odoniyo, Big‘vay, Adin,
17 Oter, Hizqiyo, Ozzur,
18 Xo‘diyo, Xashum, Bezay,
19 Xorif, Onoto‘t, Nabay,
20 Maxpiyosh, Mashullom, Xazir,
21 Mashazavil, Zodo‘x, Yodduva,
22 Pilatiyo, Xanon, Onoyoh,
23 Xo‘sheya, Xanoniyo, Xashshub,
24 Xalloxesh, Pilxo, Sho‘vex,
25 Raxum, Xashavno, Masiyo,
26 Oxiyo, Xanon, Onon,
27 Mallux, Xarim, Banax.
28 Biz, jamiki Isroil xalqi — ruhoniylar, levilar, Ma’bad darvozabonlari, qo‘shiqchilar, Ma’bad xizmatchilari va Tavrotga muvofiq o‘zlarini mahalliy xalqlardan ayirgan hamma yahudiylar xotinlari va esini tanigan o‘g‘il–qizlari bilan birga,
29 yo‘lboshchilarimiz qatorida ont ichamiz. Agar ontimizni buzsak, la’nati bo‘laylik. Xudo O‘z quli Muso orqali bergan Tavrotga biz amal qilib yashaymiz. Egamiz — Rabbimizning amrlariga, qonun–qoidalariga va farmonlariga rioya qilamiz.
30 Biz mahalliy xalqlar bilan quda–andachilik qilmaymiz.
31 Agar mahalliy odamlar Shabbat kuni yoki boshqa biror muqaddas kunda sotish uchun don yoki har xil mol olib kelishsa, ulardan hech narsa sotib olmaymiz. Biz har yettinchi yili yerga ishlov bermaslikka va bergan hamma qarzlarimizdan voz kechib yuborishga va’da qilamiz.
32 Bundan tashqari, shuni va’da qilamizki, Xudoyimizning uyidagi sajda marosimlari ehtiyojlari uchun har yili bir misqol kumushni topshiramiz.
33 Bu pullar quyidagi narsalar uchun sarf qilinadi: muqaddas nonlar uchun, kundalik don nazrlari uchun, kundalik kuydiriladigan qurbonliklar uchun, Shabbat kunida, yangi oy shodiyonasida, har yili o‘tkaziladigan bayramlarda keltiriladigan qurbonliklar, nazrlar va boshqa ehsonlar uchun, Isroil xalqini poklaganda qilinadigan gunoh qurbonliklari uchun, Xudoyimizning uyida qilinadigan boshqa sarf– xarajatlar uchun.
34 Biz qur’a tashlab, ruhoniylar, levilar va xalqning har bir xonadoni qay vaqtda Xudoning uyi uchun o‘tin olib kelishlari kerakligini aniqlab oldik. So‘ng shunday va’da berdik: biz har yili belgilangan paytda o‘tin olib kelamiz. Shu yo‘l bilan Tavrotda, Egamiz Xudoningqurbongohida doimo olov yonib tursin, deb yozilgan amrni bajaramiz.
35 Biz har yili yerimizning birinchi hosilini va hamma mevali daraxtlarimizning birinchi hosilini Egamizning uyiga olib kelamiz, deb va’da qilamiz.
36 Shuningdek, Tavrotda yozilganiga muvofiq, to‘ng‘ich o‘g‘illarimizni, mol–qo‘ylarimizning birinchi tug‘ilganlarini Xudoyimizga bag‘ishlaymiz, deb va’da qilamiz. Biz ularni Xudoyimizning uyida o‘z vazifasini o‘tayotgan ruhoniylarga olib kelamiz.
37 Ruhoniylarga atalgan mahsulotlarni Xudoyimizning uyidagi omborxonalarga olib kelamiz. Unimizning va boshqa don mahsulotlarimizning a’losini, mevalarimizning a’losini, yangi sharob va zaytun moyimizning a’losini omborxonalarga olib kelamiz. Biz yerimizning hosilidan levilarga ushr berishga va’da qilamiz. Dehqonchilik bilan mashg‘ul hamma shaharlarimizdan levilar ulush yig‘adilar.
38 Levilar ushrni olayotganlarida, Horun naslidan bo‘lgan ruhoniy ularning yonida bo‘ladi. Levilar ushrning o‘ndan birini Xudoyimizning uyiga olib kelib, omborxonalarga joylashtiradilar.
39 Xullas, Isroil xalqi va levilar ehson qilgan don, sharob va zaytunmoylarini Ma’baddagi omborlarga olib kelishadi. Bu omborxonalar vazifasini o‘tayotgan ruhoniylar, darvozabonlar va qo‘shiqchilarning xonalari yonida joylashgan bo‘lib, u yerda Ma’bad buyumlari ham saqlanadi. Biz Xudoyimizning uyini qarovsiz qoldirmaymiz, deb va’da beramiz.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18