Naximiyo 13 bob

1 Begona nasllardan ajralish. 4 Naximiyoning islohotlari.

1 O‘sha kuni xalqqa Musoning kitobidan o‘qib berildi. U yerda shunday yozilgan ekan: “Ommonliklar va Mo‘abliklar Xudoning jamoasiga kirolmaydi,
2 chunki Isroil xalqi Misrdan chiqqanda, Ommonliklar va Mo‘abliklar ularni non va suv bilan kutib olmadilar. Aksincha, Isroil xalqini la’natlash uchun Balomni yolladilar. Lekin Xudoyimiz la’natni duoga aylantirdi.”
3 Isroil xalqi Tavrot so‘zlarini eshitgach, Isroil jamoasidan hamma begona nasllarni chiqarib yubordi.
4 Bu voqea Quddus devori bag‘ishlanishidan ancha oldin sodir bo‘lgan edi. O‘sha vaqtda To‘viyoning qarindoshi Eliashab Xudoyimizning uyidagi omborxonalar uchun mas’ul edi.
5 Eliashab To‘viyo uchun Ma’badga qarashli katta bir xonani bo‘shatib beribdi. Ilgari bu xonada nazr qilingan don, xushbo‘y tutatqilar va Ma’bad buyumlari saqlanardi. Egamiz bergan amrga muvofiq, levilarga, qo‘shiqchilarga, Ma’bad darvozabonlariga atalgan don, sharob, zaytun moyi ushrlari va ruhoniylarga atalgan nazrlar ham o‘sha xonada saqlanardi.
6 Bu ishlar sodir bo‘lganda, men Quddusda emasdim. Bobil shohi Artaxshas hukmronligining o‘ttiz ikkinchi yilida men shoh huzuriga ketgan edim. Ma’lum vaqt o‘tgach, shohdan ijozat so‘rab,
7 Quddusga qaytib keldim. Shundagina Eliashabning qilgan bu rasvo ishidan xabardor bo‘ldim. U To‘viyoga Xudoning uyidagi bir xonani ajratib beribdi–ya!
8 Men qattiq g‘azablanib, To‘viyoning barcha uy jihozlarini xonadan uloqtirib tashladim.
9 So‘ng, omborxonalar poklansin, deb buyruq berdim. Omborxonalar poklangach, Xudoning uyi buyumlarini, don nazrlarini va xushbo‘y tutatqilarni o‘z joyiga qaytarib qo‘ydirdim.
10 Shuningdek, levilarga hosilning o‘zlariga tegishli ulushlari berilmaganini ham bilib qoldim. Shu sababdan Ma’badda xizmat qilib yurgan levilar va qo‘shiqchilar o‘zlarining dalalariga qaytib ketishgan ekan.
11 Yo‘lboshchilarga: “Nima uchun Xudoning uyini o‘z holiga tashlab qo‘ydingizlar?!” deb tanbeh berdim. Levilar va qo‘shiqchilarni to‘plab, hammalarini o‘z vazifalariga qo‘ydim.
12 Shundan keyin jamiki Yahudo xalqi don, sharob, zaytunmoyi ushrlarini Ma’bad omborxonalariga olib kelishdi.
13 Ruhoniy Shalamiyoni, kotib Zodo‘xni va levilardan Podiyoni omborxonalarga mas’ul qilib tayinladim. Mattaniyoning nabirasi Zakkur o‘g‘li Xanonni ularning yordamchisi qilib tayinladim. Ular ishonchli odamlar bo‘lib, vazifalari birodarlariga ulushni taqsimlashdan iborat edi.
14 Ey Xudoyim! Qilgan bu ishlarimni yodingda tut, mendan marhamatingni darig‘ tutmagin. Sening uying uchun va uyingda o‘tkaziladigan sajda marosimlari uchun sadoqat bilan qilgan savob ishlarimni unutma.
15 O‘sha vaqtda men Shabbat kunlari uzum ezayotgan yahudiylarni ko‘rardim. Uyum–uyum don, sharob, uzum, anjir va har xil yuklarni olib kelayotganlarni kuzatar edim. Ular bu narsalarni eshaklarga yuklab, Shabbat kuni Quddusga olib kelishar edi. Ular o‘z mahsulotlarini sotayotganlarida men ularni ogohlantirib, bunday ishlarni Shabbat kuni qilmanglar, deb aytardim.
16 Quddusda yashagan Tirliklar ham baliq va har xil mahsulotlarni olib kelib, o‘shalarni Shabbat kuni Yahudo xalqiga Quddusda sotayotgan edilar.
17 Men Yahudo yo‘lboshchilariga tanbeh berdim: “Bu qilayotganlaringiz qabihlik–ku! Axir, Shabbat kunini bulg‘ayapsizlar!
18 Xudo bizni va bu shaharni ota–bobolarimizning xuddi shunday qabihligi uchun jazolagan edi–ku! Endi esa sizlar Shabbat kunini bulg‘ab, xalqimizning boshiga Xudoning qahr–g‘azabini yanada ko‘proq olib kelyapsizlar.”
19 Shunda men buyruq berdim: “Shabbatdan oldin oqshom tushishi bilanoq Quddus darvozalari yopilsin, Shabbat tugamaguncha ochilmasin.” Shabbat kuni birortasi yuk olib chiqmasligi uchun darvoza oldiga odamlarimdan ba’zilarini o‘tqazib qo‘ydim.
20 Shunda savdogarlar va har xil mahsulotlarni sotuvchilar tunni bir–ikki marta Quddusdan tashqarida o‘tkazdilar.
21 Men ularni ogohlantirib, shunday dedim: “Nega sizlar tunni devor ortida o‘tkazasizlar?! Agar yana shunday qilsalaringiz, sizlarni qamayman.” O‘shandan keyin ular Shabbat kuni kelmay qo‘ydilar.
22 So‘ngra men levilarga, o‘zlaringizni poklab kelib, Shabbat kunini muqaddas saqlash uchun shahar darvozalarini qo‘riqlanglar, deb buyruq berdim. Ey Xudoyim! Qilgan bu ishlarimni ham yodingda tut, mendan marhamatingni darig‘ tutmagin. Buyuk sodiq sevging haqi menga shafqat qil.
23 O‘sha kunlarda Ashdodlik, Ommonlik va Mo‘ablik ayollarga uylangan yahudiylar haqida xabar topgan edim.
24 Bolalarining yarmi ibroniy tilida gaplashishni bilmasdilar, Ashdod tilida yoki boshqa tilda so‘zlashardilar.
25 Shuning uchun men ularga tanbeh berdim, ularni la’natladim, ba’zilarini urdim, sochlarini yuldim.
26 Ularga shunday dedim: “Hatto Isroil shohi Sulaymon bunday ayollarga uylanib, gunoh qilgan edi! Bir o‘ylab ko‘ringlar! Xalqlar orasida Sulaymonga o‘xshagan shoh yo‘q edi. Xudo uni yaxshi ko‘rib, uni Isroil ustidan shoh qilgan edi. Shunga qaramay, butparast ayollar uni gunohga boshladilar.
27 Mana endi sizlar ham huddi shunday gunohga qo‘l urganingizni eshitib turibmiz! Sizlar Xudoga qarshi o‘taketgan qabihlik qilyapsizlar! Butparast ayollarga uylanib, Xudoga bevafolik qilyapsizlar!” Men Xudoning nomini o‘rtaga qo‘yib: “Biz bu yerdagi begona xalqlar bilan quda–andachilik qilmaymiz”, deb ularga qasam ichdirdim.
28 Yo‘xadax oliy ruhoniy Eliashabning o‘g‘li edi. Yo‘xadaxning o‘g‘illaridan biri Bayt–Xo‘ronlik Sanballatning qiziga uylangan edi. Yo‘xadaxning o‘sha o‘g‘lini oldimdan haydab yubordim.
29 Ey Xudoyim! Bu uchala odamning qilmishini yodingda tut, ularning jazosini ber. Axir, ular ruhoniylikni bulg‘adilar, Sen ruhoniylar va levilar bilan tuzgan ahdni buzdilar.
30 Shunday qilib, men xalqni begonalarning ta’siridan pokladim. Ruhoniylar va levilarning burchlarini, har birining vazifasini belgilab berdim.
31 Qurbonliklarni kuydirish uchun o‘tinlarni o‘z vaqtida olib kelishni va birinchi hosildan ruhoniylar uchun nazrlarni olib kelishni yo‘lga qo‘ydim. Ey Xudoyim! Qilgan ishlarimni yodingda tut, mendan marhamatingni darig‘ tutmagin.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18