Naximiyo 6 bob

1 Naximiyoga qarshi fitna. 15 Devorni ta’mirlash ishlari tugaydi.

1 Sanballat, To‘viyo, Arabistonlik Gashim va boshqa dushmanlarimiz devorni qurib bo‘lganimni, devorda bironta ham o‘pirilgan joy qolmaganini eshitishdi. Lekin darvozalarning qanotlarini hali o‘rnashtirib bo‘lmagan edim.
2 Shunda Sanballat va Gashim menga: “Kel, Ono‘ tekisligidagi qishloqlardan birida uchrashaylik”, deb xabar jo‘natishdi. Lekin ular menga shikast yetkazishga qasd qilayotgan edilar.
3 Shuning uchun ularga xabarchilar orqali shunday javob berdim: “Men muhim ish bilan bandman, bora olmayman. Sizlarning oldingizga ketsam, ish to‘xtab qoladi!”
4 Ular menga to‘rt marta shunday xabar jo‘natishdi, men bir xil javob beraverdim.
5 Beshinchi marta Sanballatning odami qo‘lida ochiq maktub bilan keldi.
6 Maktub shunday yozilgan edi: “Boshqa xalqlar orasida shunday mish–mishlar yuribdi, Gashim ham o‘sha gapni aytyapti: sen va yahudiylar isyon qilmoqchi bo‘lib, devorni qurayotgan ekansizlar. Xabarlarga qaraganda, sen yahudiylarning shohi bo‘lishni mo‘ljallayotgan ekansan.
7 Sen Quddusda payg‘ambarlar tayinlabsan. Payg‘ambarlar: “Yahudoning shohi bor”, deb sen to‘g‘ringda bashorat qilishayotgan ekan. Bu gap–so‘zlar albatta shohning qulog‘iga yetib boradi. Taklifim shuki, kelgin, bu haqda maslahatlashib olaylik.”
8 Men unga shunday javob jo‘natdim: “Aytganlaringning hammasi yolg‘on. Hammasini o‘zing to‘qib chiqargansan.”
9 Ular bizni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan, “Shunday qilsak, ularning qo‘llari ishdan soviydi, ishlari oxiriga yetmay qolib ketadi”, deb o‘ylagan edilar. Shuning uchun, men: “Ey Xudo, menga kuch ber!” deb yolvordim.
10 Bir kuni men Maxitavalning nabirasi, Daloyoning o‘g‘li Shamayonikiga bordim. U uyiga berkinib olgan ekan. Shamayo menga shunday dedi: Kel, Xudoning uyida uchrashaylik, Muqaddas xonasiga kirib olaylik, Eshiklarini berkitib qo‘yaylik. Axir, dushmanlaring seni o‘ldirgani kelyaptilar, Shu kecha joningga qasd qilmoqchi bo‘lyaptilar.
11 — Lekin men shunday javob berdim: — Mening martabamdagi odam bunday vaziyatda qocharmidi?! Muqaddas xonada yashirinib olsam, jonimni haqiqatdan ham qutqara olaman, deb o‘ylayapsizmi?! Muqaddas xonaga hecham kirmayman!
12 Shamayoning so‘zlari Xudodan emasligini men aniq bildim. To‘viyo va Sanballat Shamayoni yollaganlari uchun, u menga shu xabarni bergan edi.
13 Ularning bundan maqsadi meni qo‘rqitish, aytganlarini qildirib, meni gunohga botirish edi. Shunda obro‘yim to‘kilib, ularga mazax bo‘lgan bo‘lardim.
14 Ey Xudoyim! To‘viyo bilan Sanballatning qilmishlarini yodingda tut. Meni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan payg‘ambar ayol Novadiyoning va boshqa payg‘ambarlarning qilmishlarini unutma, ularning jazosini ber.
15 Shunday qilib, devor Elul oyining yigirma beshinchi kuni — ellik ikki kunda bitkazildi.
16 Atrofdagi xalqlardan bo‘lgan dushmanlarimiz buni eshitishib, qo‘rqdilar, xijolatda qoldilar. Chunki bu ish Xudoyimizning madadi bilan qilinganini ular bildilar.
17 Ellik ikki kun davomida Yahudo yo‘lboshchilari va To‘viyo bir–birlari bilan maktub yozishib turdi.
18 Chunki Yahudo yurtidagi ko‘p odam To‘viyoga sodiq edi, bunga ikkita sabab bor edi: To‘viyoning qaynatasi Orax o‘g‘li Shaxaniyo edi, To‘viyoning o‘g‘li Yoxuxanon esa Barxiyo o‘g‘li Mashullomning qiziga uylangan edi.
19 O‘sha odamlar mening oldimda To‘viyoning savob ishlaridan gapirishar, o‘z navbatida mening gaplarimni unga yetkazishar edi. To‘viyo esa meni qo‘rqitish niyatida maktub jo‘natardi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18