Shohlar (ikkinchi kitob) 22 bob

1 Dovudning zafar qo‘shig‘i.

1 Egamiz Dovudni jamiki dushmanlari va Shoulning qo‘lidan ozod qilgan kuni Dovud Egamizga atab shu qo‘shiqni aytdi:
2 “Egam — mening ishongan qoyam, qal’am, qutqaruvchim.
3 Xudodir mening qoyam, Undan panoh topaman. Egamdir qalqonim, bahodir kurashchim, Qo‘rg‘onimu boshpanam. Najotkorim, zulmdan meni Sen qutqarursan!
4 Egamga iltijo qilaman, G‘animlarimdan U meni xalos qiladi. Egamizga hamdu sanolar!
5 O‘lim to‘lqinlari meni qurshab olgandi, Balo–qazo sellari dahshat–la bosgandi,
6 O‘liklar diyorining to‘rlari meni o‘rab olgandi, O‘lim domi qarshimda paydo bo‘lgandi.
7 Kulfatda qolganimda Egamga iltijo qildim, Ha, Xudoyimga iltijo qildim. Ma’badidan turib U ovozimni eshitdi, Ohu nolam qulog‘iga yetib bordi.
8 O‘sha zamon yer yuzi titrab, tebrandi, Samolarning poydevori larzaga keldi, Egam g‘oyat g‘azabga mingan edi.
9 Burnidan tutun o‘rlardi, Og‘zidan otash pishqirardi, Undan toshko‘mir cho‘g‘i yog‘ilardi.
10 U ko‘klarni yorib, pastga tushdi, Oyoqlari ostida — qora bulut.
11 Bir karubga minib uchib keldi, Yel qanotlari uzra ko‘ringan edi.
12 Atrofini zulmat bilan o‘radi, Atrofidagi qora bulutlarni O‘ziga chayla qildi.
13 Ulkan nur Egamning oldidan chiqdi, Qip–qizil cho‘g‘ yog‘ilib turdi.
14 Egamning ovozi ko‘klardan guldiradi, Xudoyi Taoloning sadosi eshitildi.
15 O‘qlar otdi, chaqmoq chaqtirib, yovlarini tirqiratdi, Ularni sarosimaga soldi.
16 Egamning gina–kuduratidan, Uning qahrli nafasidan Dengizning tubi ko‘rinib qoldi, Zaminning poydevori yalang‘och bo‘lib qoldi.
17 Egam yuqoridan qo‘l uzatib, meni tutdi, Bahaybat suvlardan meni chiqarib oldi.
18 Meni kuchli g‘animlarim qo‘lidan, Mendan nafratlangan yovlarimdan qutqardi, Chunki ular mendan kuchli edilar.
19 Ular qora kunimda menga qarshi turdilar, Ammo Egam menga tayanch bo‘ldi.
20 Meni keng joyga chiqarib qo‘ydi, Mendan mamnun bo‘lib, najot berdi.
21 Solihligim–chun meni mukofotlar, Aybsizligim–chun Egam taqdirlar.
22 Zero, men Egam yo‘llariga rioya etdim, Axloqsizlik qilmadim, Xudoyimdan yuz o‘girmadim.
23 Uning hamma taomilini mahkam ushladim, Farmonlaridan bo‘yin tovlamadim.
24 Uning oldida benuqson bo‘ldim, Gunoh qilishdan o‘zimni saqladim.
25 Shu sababli Egam meni pok deb bildi, Solihligimga yarasha mukofot berdi.
26 Ey, Egam! O‘zingga sodiq bo‘lganga sodiq bo‘lursan, To‘g‘ri kishiga O‘zing to‘g‘ri bo‘lursan.
27 Pok kishiga pokligingni ko‘rsatursan, Egriga esa ayyorligingni ko‘rsatasan.
28 Ahli kamtarga–chi, yordam berursan, Dimog‘dorni kuzatib, manmanligi–chun yerga urursan.
29 Ey, Egam! Sen O‘zing chirog‘imsan, Zulmatni men uchun yorug‘likka aylantirursan.
30 Ey, Xudoyim! Senga suyanib lashkarni yo‘q qilaman, Senga suyanib devorlardan oshib o‘taman.
31 Xudoning yo‘li komildir, Egamning kalomi chin haqiqatdir, Panoh izlab borganga U qalqondir.
32 Egamdan boshqa Xudo kim ekan?! Xudomizdan bo‘lak qoya bormikan?!
33 Mening mustahkam qal’am — Xudodir, Yo‘limni O‘zi bexatar qilar.
34 Oyoqlarimni kiyik oyog‘i kabi qilar, Meni tepalikka eson–omon o‘tqazar.
35 Qo‘llarimga jang qilishni o‘rgatar, Barmoqlarim bronza yoyni buka olar.
36 Sen menga zafar qalqoningni bergansan, Madading esa meni yuksaltirar.
37 Oyoqlarim uchun yo‘limni keng qilgansan, Oyoqlarim sira og‘ib ketmas.
38 G‘animlarimni quvlab, halok qilaman, Ularni yo‘q qilmay ortga qaytmayman.
39 Ularni shunday ezamanki, hech ham tura olmaslar. Oyoqlarim ostida cho‘zilib qolarlar.
40 Sen menga quvvat berib, jangga yubording, Menga qarshi otlangan yovni oldimda bosh egdirding.
41 G‘animlarimni mendan qochirding, Mendan nafratlanganlarni yo‘q qilding.
42 Ular najotkorni to‘rt ko‘z–la izlab, topmadilar, Egamga yolvordilar, vale U javob bermadi.
43 Yerdagi tuproq singari ularni ezdim, Yo‘ldagi loydek tepkilab bosdim.
44 Sen meni xalqim g‘iybatidan xalos qilding, Meni ellarga rahnamo qilish uchun saqlading. O‘zim tanimagan elat menga qaram bo‘ldi.
45 Yot ellar menga bo‘yin egdilar, Ovozimni eshitiboq quloq tutdilar.
46 Yot ellar holsizlanib yiqildilar, Qaltirab manzilidan chiqib qochdilar.
47 Egam barhayotdir! Men ishongan qoyamga hamdu sanolar bo‘lsin! Najotim qoyasi — Xudoyim yuksalsin!
48 Men uchun qasd olgan Xudodir, Xalqlarni menga U tobe qilgan.
49 Meni g‘animlarimdan qutqargan, Bosqinchilardan meni ustun qilgan, Meni zo‘ravonlar qo‘lidan xalos etgan.
50 Ey, Egam, xalqlar ichra Senga hamdlar ayturman, Sening ismingni kuylab sano ayturman.
51 Egam O‘z shohini ulug‘ zafarlarga erishtirar, O‘zi moy surtib tanlagan Dovuddan va uning naslidan To abad marhamatini darig‘ tutmas.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18