Shohlar (ikkinchi kitob) 15 bob

1 Absalom Dovudga qarshi bosh ko‘taradi. 13 Dovud Quddusdan qochib ketadi.

1 Absalom o‘zi uchun bitta jang aravasi, otlar va ellikta qo‘riqchini tayyorlab qo‘ydi.
2 U ertalab turib, shahar darvozasiga boradigan yo‘l bo‘yida turadigan bo‘ldi. Janjalli ish bilan shoh huzuriga arz qilib kelayotgan har bir odamni Absalom to‘xtatib: — Qayerliksan? — deb so‘rardi. O‘sha odam: “Isroilning falon qabilasidanman”, deb javob berardi.
3 Absalom esa unga: — Qara, da’volaring to‘g‘ri, sen haqsan. Lekin sening gapingga quloq soladigan, shoh tayinlagan biror vakil yo‘q, — derdi.
4 Keyin: — Agar yurtga men hakam bo‘lganimda edi, — deb qo‘shib qo‘yardi, — shikoyat yoki biror masala bilan mening oldimga kelgan odamga adolat qilardim.
5 Birortasi uning oldiga muk tushib, ta’zim qilib kelishi bilanoq, Absalom o‘sha odamni turg‘izib, o‘pib qo‘yardi.
6 Absalom shoh huzuriga shikoyat qilib kelgan Isroil xalqining hammasiga shunday muomala qilardi. Xullas, Absalom shu yo‘sinda Isroil xalqini o‘ziga og‘dirib oldi.
7 Oradan to‘rt yil o‘tgach, Absalom shohga dedi: — Ijozat bersangiz, men Xevronga borib, Egamga atagan nazrimni ado etayin.
8 Chunki men, qulingiz, Oramda — Gashur yurtida yashayotganimda, Egam meni Quddusga qaytarsa, albatta Xevronga borib Unga sajda qilaman, deb nazr atagan edim.
9 — Eson–omon bor! — dedi shoh Absalomga. Absalom Xevronga borgan zahoti
10 hamma Isroil qabilalariga maxfiy xabarchilar jo‘natib, ularga shunday dedi: “Burg‘u ovozini eshitishingiz bilanoq, Absalom Xevronda shoh bo‘ldi, deb ovoza qilasizlar.”
11 Absalom Quddusdan taklif qilgan ikki yuz kishi u bilan birga Xevronga borgandi. Taklif qilingan odamlar, bo‘lib o‘tgan voqealardan bexabar, yaxshi niyat bilan Absalomga ergashishgandi.
12 Absalom Xevronda qurbonlik qilayotib, Dovudning maslahatchisi Oxito‘felni ham chaqirtirib keldi. Oxito‘fel Giloxda yashardi. Shu tariqa fitna kuchayib, Absalomni qo‘llayotganlar tobora ko‘payib borardi.
13 Bir xabarchi Dovudning oldiga kelib: — Absalom Isroil xalqining ishonchini qozondi, — dedi.
14 Shundan so‘ng Dovud Quddusda o‘ziga xizmat qilib yurgan hamma odamlariga shunday buyruq berdi: — Qani, qochib qolaylik! Bo‘lmasa, Absalom bizni sog‘ qo‘ymaydi. Hoziroq ketaylik, aks holda Absalom orqamizdan birpasda yetib olib bizni bir baloga giriftor qiladi, shahar aholisini bittama– bitta qilichdan o‘tkazadi!
15 — Shoh hazratlari nima qarorga kelgan bo‘lsalar, biz, qullaringiz, bajarishga tayyormiz, — deyishdi shohning a’yonlari.
16 Shunday qilib, shoh butun saroy ahlini ergashtirib, yo‘lga tushdi. Saroyga qarab tursin, deb faqat o‘nta kanizagini u yerda qoldirdi.
17 Shoh va uning hamrohlari shaharning eng chetidagi uyga yetib borishgach, o‘sha yerda to‘xtashdi.
18 Shohning hamma lashkari, Xaretlik va Palatlik hamma qo‘riqchilar, Gat shahridan unga ergashib kelgan olti yuzta odam shohning oldidan o‘tdi.
19 Shoh Gatlik lashkarboshi Etxayga: — Nimaga sen biz bilan kelyapsan? — dedi. — Orqangga qayt, kim shoh bo‘lsa, o‘sha shoh bilan qol, chunki sen vatanidan quvilgan bir begonasan.
20 Sen kechagina kelding. Men esa bugun qayerga borishimni o‘zim bilmayman–u, seni birga olib ketib sarson qilaymi? Qani, birodarlaring bilan orqaga qayt. Xudo marhamatini va sadoqatini sendan darig‘ tutmasin!
21 Etxay shohga shunday javob berdi: — Shoh hazratlari! Xudo haqi, xoh hayot uchun bo‘lsin, xoh o‘lim uchun bo‘lsin, siz qayerda bo‘lsangiz, men, qulingiz ham, o‘sha yerda bo‘laman.
22 — Bo‘pti, men bilan yuraver, — dedi Dovud Etxayga. Shundan keyin Gatlik Etxay, uning yonidagi hamma odamlari, bola–chaqalari bilan, Dovudning yonidan o‘tib yo‘lda davom etdilar.
23 Xalq yo‘lda davom etarkan, atrofda el–yurt zor–zor yig‘lab faryod chekardi. Shoh Qidron soyligini bosib o‘tdi. Xalq sahroga boradigan yo‘l bo‘ylab ketardi.
24 Ruhoniy Zodo‘x bilan Xudoning ahd sandig‘ini ko‘tarib borayotgan levilar, ruhoniy Abuatar ham shu yerda jam bo‘lgan edilar. Ular Xudoning sandig‘ini yerga qo‘yib, xalq shahardan chiqib bo‘lguncha kutib turishdi.
25 Bir payt shoh Zodo‘xga dedi: — Xudoning sandig‘ini shaharga qaytarib olib bor. Agar Egam mendan rozi bo‘lsa, meni qaytarsin, sandiq turadigan joyni va sandiqni menga yana ko‘rsatsin.
26 Ammo Egam: “Sendan rozi emasman”, desa, mayli, Unga nima ma’qul bo‘lsa, shuni qilsin.
27 Shoh ruhoniy Zodo‘x bilan suhbatini davom ettirdi: — Sen valiy emasmisan?! O‘g‘ling Oximasni va Abuatarning o‘g‘li Yo‘natanni yoningga ol. Abuatar bilan birga shaharga eson–omon qaytib boringlar.
28 Sizlardan aniq xabar kelmaguncha, men Iordan daryosining kechuvida yashirinib o‘tiraman. Men sahroda ko‘zdan g‘oyib bo‘lgunimcha, Quddusda nima bo‘layotganini bilayin.
29 Xullas, Zodo‘x bilan Abuatar Xudoning sandig‘ini Quddusga qaytarib olib ketishdi va o‘zlari ham o‘sha yerda qolishdi.
30 Dovud esa yig‘lay–yig‘lay Zaytun tog‘iga ko‘tarila boshladi. U qayg‘u–alamlardan boshini o‘rab olgan, yalangoyoq, yonidagi hamma odamlar ham boshlarini o‘ragan, yig‘laganlaricha toqqa chiqishardi.
31 Shu payt kimdir Dovudga: — Maslahatchi Oxito‘fel ham Absalom bilan birga fitna uyushtirganlarning orasida ekan, — deb qoldi. — Ey, Egam! Iltijo qilaman: Oxito‘fel Absalomga ahmoqona maslahat bersin! — dedi Dovud.
32 Dovud Zaytun tog‘ining tepasidagi Xudoga sajda qilinadigan joyiga chiqib borganda, u yerda Dovudni Orx urug‘idan bo‘lgan Xushay kutib oldi. Xushay ayanchli ahvolda bo‘lib, qayg‘udan kiyimlarini yirtgan, boshiga tuproq sochgan edi.
33 Dovud unga: — Agar men bilan borsang, menga yuk bo‘lasan, — dedi.
34 — Sen shaharga qaytib bor, Absalomga: “Ey, shohim, men sizning qulingizman, otangizga oldin qanday itoat etgan bo‘lsam, sizga ham shunday itoat etaman”, deysan. Men uchun Oxito‘felning maslahatini yo‘qqa chiqarasan.
35 Ruhoniylar Zodo‘x bilan Abuatar o‘sha yerda sening yoningda bo‘lishadi. Shoh saroyida nima eshitsang, ularni xabardor qilib tur.
36 Zodo‘xning o‘g‘li Oximas bilan Abuatarning o‘g‘li Yo‘natan ham o‘sha yerda. Nimaiki eshitsangizlar, ruhoniylarning o‘g‘illari orqali meni xabardor qilib turasizlar.
37 Shunday qilib, Dovudning do‘sti Xushay Quddusga keldi. Xuddi shu paytda Absalom ham Quddusga kirayotgan edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18