Shohlar (ikkinchi kitob) 12 bob

1 Payg‘ambar Natan Dovudni koyiydi. 15 Dovudning o‘g‘li o‘ladi. 24 Sulaymonning tug‘ilishi. 26 Dovud Rabba shahrini qo‘lga oladi.

1 Egamiz payg‘ambar Natanni Dovudning huzuriga jo‘natdi. Natan Dovudning huzuriga kelib gap ochdi: — Bir shaharda ikki odam yashar ekan. O‘sha odamlardan biri boy, boshqasi kambag‘al ekan.
2 Boyning juda ko‘p mol–qo‘ylari bor ekan.
3 Kambag‘alning esa bittagina sotib olib boqayotgan sovliq qo‘zichoqdan boshqa hech narsasi yo‘q ekan. Qo‘zichoq kambag‘al odamning uyida bolalar bilan birga katta bo‘layotgan ekan. Qo‘zichoq uning taomidan yeb, idishidan suv ichar, qo‘ynida uxlarkan. Qisqasi, qo‘zichoq o‘sha odamning qiziday ekan.
4 Bir kuni boy odamning uyiga bir yo‘lovchi tashrif buyuribdi. Boy mehmonga taom hozirlash uchun o‘zining mol– qo‘ylaridan bittasini ham ko‘zi qiymabdi–da, kambag‘alning qo‘zisini so‘yib, mehmonga taom hozirlabdi.
5 Dovud boy odamning ishidan qattiq g‘azablandi: — Xudo shohid! Shunday ish qilgan odam o‘limga loyiqdir! — dedi Natanga.
6 — Bag‘ritoshlik qilib, shunday ish qilgani uchun u qo‘zichoq evaziga to‘rtta qo‘y to‘lashi lozim.
7 Shu gapdan keyin Natan Dovudga: — O‘sha odam sensan! — dedi. — Isroil xalqining Xudosi — Egam shunday aytmoqda: “Men senga moy surtib tanlab Isroilga shoh qildim, Shoulning qo‘lidan xalos etdim.
8 Senga xo‘jayiningning xonadonini in’om qildim, xotinlarini qo‘yningga solib qo‘ydim. Isroil va Yahudo xalqini senga berdim. Agar bular oz bo‘lsa edi, yana nimalarni bermasdim!
9 Nega Mening oldimda qabihlik qilib, so‘zimni pisand qilmading? Xet xalqidan bo‘lgan Uriyoni o‘ldirding, ha, Ommonlarning qilichi bilan jonini olding. Xotinini esa tortib olding.
10 Meni pisand qilmaganing uchun, Uriyoning xotinini tortib olganing uchun, bundan buyon qilich sening xonadoningga doim xavf solib turadi.”
11 Egam shunday aytmoqda: “O‘zingning xonadoningdan o‘zingga yomonlik keltiraman. Ko‘z o‘ngingda xotinlaringni yaqinlaringdan biriga beraman. O‘sha yaqining kuppa–kunduzi xotinlaringning qo‘yniga kiradi.
12 Ha, sen bu ishni yashirincha qilding, Men esa, butun Isroil xalqi ko‘rsin, deb kuppa–kunduzi qilaman.”
13 — Egam oldida gunoh qildim! — dedi Dovud Natanga. — Egam gunohingdan o‘tdi, o‘lmaysan, — dedi Natan.
14 — Biroq sen shu ishni qilib, Egamizni mensimaganliging uchun, tug‘ilgan bolang nobud bo‘ladi.
15 Natan shu gaplarni aytib, uyiga ketdi. Dovud Uriyoning xotinidan farzand ko‘rgan edi. Egamiz esa o‘sha bolani og‘ir xastalikka mubtalo qildi.
16 Dovud o‘g‘li uchun Xudoga iltijo qilib, ro‘za tutdi, uyiga borib kechalari ko‘kragini zaxga berib yotaverdi.
17 Saroy oqsoqollari uni yerdan turg‘izmoqchi bo‘lishsa ham, Dovud turmadi, ular bilan birga taom ham yemadi.
18 Yettinchi kuni bola olamdan o‘tdi. A’yonlar, bolangiz olamdan o‘tdi, deb xabar berishga qo‘rqishdi. “Bola tirik paytida, biz shoh bilan suhbatlashdik, ammo u bizning gapimizga quloq solmadi”, deyishdi o‘zaro. “Bolangiz vafot etdi, deb shohga qanday aytamiz? U o‘zini o‘zi biror narsa qilib qo‘yishi mumkin.”
19 Dovud a’yonlarining o‘zaro shivir–shivir qilayotganlarini eshitib, bolasining nobud bo‘lganini bildi. — Bolam nobud bo‘ldimi? — deb so‘radi ulardan. — Ha, nobud bo‘ldi, — deyishdi a’yonlar.
20 Shundan keyin Dovud yerdan turdi. Yuvinib, xushbo‘y moy surtdi va kiyimlarini almashtirdi. Egamizning uyiga borib, sajda qildi. So‘ng uyiga qaytib kelib: — Menga taom keltiringlar, — deb buyurdi. Dovud oldiga qo‘yilgan taomni yedi.
21 Shunda a’yonlari so‘rashdi: — Nimaga bunday qilyapsiz? Bola tirikligida ro‘za tutdingiz, yig‘ladingiz, u nobud bo‘lgandan so‘ng esa, o‘rningizdan turdingiz, taom yedingiz.
22 Dovud shunday javob berdi: — Ha, bolam tirikligida ro‘za tutdim, yig‘ladim. Kim biladi, Egam menga shafqat qilar, bolam tirik qolar, deb o‘ylagan edim,
23 lekin endi bolam nobud bo‘ldi. Shunday bo‘lgach, nega ro‘za tutayin?! Bolani qaytarib olib kela olarmidim?! Men uning yoniga boraman, lekin u mening oldimga qaytib kelmaydi.
24 Dovud xotini Botshevaga tasalli berdi, qo‘yniga kirib, u bilan qovushdi. Botsheva bir o‘g‘il tug‘di. Dovud bolaga Sulaymon deb ism qo‘ydi. Egamiz ham bolani yaxshi ko‘rib suydi
25 va bu haqda Natan payg‘ambar orqali xabar berdi. Egamiz bolani sevgani uchun, Natan unga Yodidayo deb ism qo‘ydi.
26 Bu paytda Yo‘ab Ommonlarning Rabba shahriga hujumni davom ettiraverdi. Nihoyat, shaharning shoh saroyi joylashgan qal’asini bosib oldi.
27 Keyin Dovudga choparlar orqali shunday xabar jo‘natdi: “Rabba shahriga hujum qilib, hovuzni qo‘lga kiritdim.
28 Endi qolgan sipohni boshlab keling, shaharni siz o‘rab, bosib oling, toki shaharni men qo‘lga kiritgan bo‘lmayin, aks holda shaharni Yo‘ab olgan deb aytib yurishadi.”
29 Dovud hamma sipohlarini to‘plab, Rabba shahriga yo‘l oldi. Shaharga hujum qilib, qo‘lga kiritdi.
30 Dovud ularning shohi boshidagi tojni ham oldi. Qimmatbaho tosh bilan bezatilgan, og‘irligi ikki pud keladigan oltin toj Dovudning boshiga qo‘ndi. Dovud shahardan katta miqdorda o‘lja yig‘di.
31 U shahar aholisini arra, cho‘kich va bolta bilan qilinadigan ishlarga, g‘isht tayyorlashga majbur qildi. Dovud Ommon shaharlarining hammasida shu usulni qo‘lladi. Shundan keyin u hamma lashkarini boshlab, Quddusga qaytib ketdi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак