Shohlar (ikkinchi kitob) 10 bob

1 Dovud Ommon va Oram xalqlarini bo‘ysundiradi.

1 Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, Ommon shohi Naxosh olamdan o‘tib, o‘rniga o‘g‘li Xanun shoh bo‘ldi.
2 Dovud: “Naxosh menga sodiq edi, men ham uning o‘g‘li Xanunga sodiq bo‘layin”, deb ko‘nglidan o‘tkazdi. Shunday qilib, otasi vafoti munosabati bilan tasalli berish uchun Dovud o‘z elchilarini uning huzuriga jo‘natdi. Dovudning elchilari Ommon yurtiga borgach,
3 Ommon beklari o‘zlarining shohi Xanunga shunday deb o‘rgatishdi: “Dovud bu odamlarini otangiz hurmati uchun jo‘natgan, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, Dovud elchilarini sizning huzuringizga yomon niyat bilan yuborgan, u shaharni kuzatib, tekshirib, keyin qo‘lga kiritmoqchi.”
4 Shu gapdan so‘ng Xanun Dovudning elchilarini ushladi, ularning soqollarining yarmini qirqib, kiyimlarini sonlarigacha kestirib, orqaga qaytarib yubordi.
5 Dovud bu voqeani eshitdi–yu, elchilarini kutib olish uchun odamlar jo‘natdi. Elchilar juda sharmandali ahvolda qolgan edilar. Shoh o‘sha elchilariga: “Soqolingiz o‘sguncha Yerixoda qolinglar, keyin mening oldimga qaytib kelinglar”, deb ayttirib yubordi.
6 Ommon xalqi “Endi Dovudning g‘azabiga duchor bo‘ldik”, deb o‘yladi. Ular har tomonga xabar jo‘natib, Bayt–Rexob va Zo‘vo shaharlaridan Oram xalqining yigirma ming piyoda sipohini, Maxo shahri shohidan mingta sipohni va Tov xalqidan o‘n ikki ming sipohni yolladilar.
7 Dovud bu xabarni eshitdi–yu, lashkarboshi Yo‘ab boshchiligida qo‘riqchilarining hammasini urushga safarbar qildi.
8 Ommon lashkari shahar darvozasi oldida Dovudga qarshi saf tortdi. Rexob va Zo‘vodan kelgan Oram sipohlari, Tov va Maxodan kelgan odamlar yalanglikda, alohida saf tortdilar.
9 Yo‘ab g‘anim to‘dalari orqayu oldindan hujum qilayotganini ko‘rib, Isroilning saralangan sipohlaridan tanlab oldi–da, Oram lashkarlariga qarshi saflantirdi.
10 Qolganlariga esa ukasi Abushayni bosh qilib, Ommonlarga qarshi shay qilib qo‘ydi.
11 Yo‘ab Abushayga: — Oram lashkari mendan ustun kelsa, sen yordamga kelasan, — dedi. — Bordi–yu, Ommonlar sendan baland kelsa, men yordamga boraman.
12 Bardam bo‘l! Xalqimiz va Xudoyimizning shaharlari uchun mardlarcha kurash olib boraylik. Egamizning xohish–irodasi bajo bo‘lsin.
13 Yo‘ab boshchiligidagi sipohlar Oram lashkariga qarshi tashlandilar. Oram lashkari esa ularning oldiga tushib qochib qoldilar.
14 Ularning qochganini ko‘rgan Ommonlar ham Abushaydan qochib, shaharga berkindilar. Shundan keyin Yo‘ab ular bilan jang qilmay, Quddusga qaytib ketdi.
15 Oram lashkarlari Isroil lashkaridan yengilganlarini anglab yetganlaridan so‘ng, yana bir joyga to‘planishdi.
16 Shoh Hadadzar Furot daryosining narigi tomonidagi Oram lashkariga xabar berib, endi ularni ham chaqirdi. Oram lashkari Hadadzarning lashkarboshisi Sho‘vax boshchiligida Xelam shahriga keldi.
17 Dovud bu voqeani eshitib, jamiki Isroil lashkarini yig‘di, Iordan daryosini kechib o‘tib, Xelamga yetib bordi. Oram lashkari saf tortib, Dovud lashkarlari bilan jang qildi.
18 Ammo Oram lashkari yana Isroil lashkarining oldiga tushib qochib qoldi. Dovud Oram lashkarining yetti yuzta jang aravasi aravakashini va qirq ming otliq sipohini o‘ldirdi. U Hadadzarning lashkarboshisi Sho‘vaxni ham yaralagan edi, Sho‘vax jang maydonidayoq jon berdi.
19 Shunday qilib, Hadadzarning qo‘l ostidagi hamma shohlar mag‘lubiyatga uchrab, Isroil xalqi bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi. Ular Isroil xalqiga qaram bo‘lib qoldi. Shundan keyin Oram xalqi Ommon xalqiga yordam berishdan qo‘rqib qoldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак