Shohlar (ikkinchi kitob) 17 bob

15 Dovudga xabar beriladi.

1 Oxito‘fel Absalomga shunday dedi: — Ijozat bersang, o‘n ikki ming kishini tanlab olaman, shu bugunoq kechasi otlanib, Dovudning orqasidan tushaman.
2 Dovud charchagan, holdan toygan, unga hujum qilib qo‘rqitsam, yonidagilarning hammasi qochib ketadi. Men faqat shoh Dovudni o‘ldiraman, xolos.
3 Keyin jamiki xalqni sening ixtiyoringga qaytarib olib kelaman. O‘zing qidirayotgan odamni topib o‘ldirsang bo‘ldi — hamma senga bosh egadi, butun xalq tinchiydi.
4 Bu maslahat Absalomga ham, jamiki Isroil oqsoqollariga ham ma’qul keldi.
5 — Orx urug‘idan bo‘lgan Xushay bor–ku, uni ham chaqirib kelinglar, — dedi Absalom, — u nimalar der ekan, eshitaylik–chi.
6 Xushay keldi. — Oxito‘fel shunday–shunday maslahat berdi, — dedi Absalom. — Uning maslahatiga amal qilsak bo‘ladimi? Bo‘lmasa, sen maslahat ber.
7 — Oxito‘felning bu safargi maslahati yaxshi emas, — dedi Xushay Absalomga.
8 — Otang Dovud bilan uning odamlari mohir jangchilar ekanligini bilasan. Ular dashtda bolalaridan ayrilgan ayiqday g‘azabga minganlar. Otang tajribali jangchi, tunni lashkar yonida o‘tkazmaydi.
9 Shu paytda u birorta g‘orda yoki boshqa bir joyda yashirinib yuribdi. U Absalomning odamlaridan ba’zilarini birinchi hujumdayoq halok qilganda, bu haqda eshitgan har bir odam: “Absalomga ergashganlar tor–mor bo‘ldi”, deydi.
10 U paytda hatto sher yurakli bahodir yigitlar ham qo‘rquvga tushadi. Chunki Isroildagi har bir odam otangning jasurligini, jangchilarining ham botirligini bilishadi.
11 Senga maslahatim shu: Dandan Bershevagacha cho‘zilgan joylardagi butun Isroil lashkari atrofingga to‘plansin. Axir, Isroil xalqi dengiz qirg‘og‘idagi qum singari son–sanoqsiz–ku! Ularni sen o‘zing jangga boshla.
12 Dovud qayerda yashirinib yurgan bo‘lsa ham, unga qarshi yurish qilamiz, butun yer yuzini shudring qoplaganiday, biz ham uning ustiga bostirib boramiz. Dovudni ham, yonidagilarning ham birortasini tirik qoldirmaymiz.
13 Agar u biror shahardan boshpana topsa, hamma Isroil odamlari arqon olib, o‘sha shaharga kelishadi. Shaharni ag‘darib, biror dona toshini ham qoldirmay, soylikka tortib tushiramiz.
14 Absalomga qo‘shilib hamma bir og‘izdan: — Orx urug‘idan bo‘lgan Xushayning maslahati Oxito‘felning maslahatidan ancha ma’nili, — deyishdi. Sababi, Egamiz Absalomni kulfatga duchor qilish niyatida Oxito‘felning yaxshi maslahatini behudaga chiqarishni mo‘ljallab qo‘ygan edi.
15 Xushay ruhoniylar Zodo‘x bilan Abuatarga shunday dedi: — Oxito‘fel Absalomga va Isroil oqsoqollariga unday maslahat berdi, men esa boshqacha maslahat berdim.
16 Sizlar hoziroq shu xabarni Dovudga yetkazinglar: bu kecha qirda — daryoning kechuvida tunamasin, hoziroq narigi qirg‘oqqa o‘taversin. Bo‘lmasa, shohning o‘zi ham, yonidagi odamlari ham qirilib ketadi.
17 Bu paytda Abuatar o‘g‘li Yo‘natan bilan Zodo‘x o‘g‘li Oximas En–Ro‘g‘ol bulog‘ida kutib turishardi. Bir cho‘ri qiz bo‘lib o‘tgan gap– so‘zlarni ularga yetkazar, Yo‘natan bilan Oximas esa eshitganlarini shoh Dovudga yetkazib turishardi. O‘zlari tavakkal qilib shaharga kirolmas, birortasi ko‘rib qolishi mumkin edi.
18 Lekin bir o‘spirin nogahon ularni ko‘rib qoldi va Absalomga xabar berdi. Shundan keyin Yo‘natan bilan Oximas tezda bu shahardan chiqib, Boxurim shahriga — bir odamning uyiga kelishdi. O‘sha uyning hovlisida bir quduq bor edi. Yo‘natan bilan Oximas quduqqa tushishdi.
19 Haligi odamning xotini quduq og‘zini yopinchiq bilan berkitdi. Quyoshda quritayotganday bo‘lib, ustiga boshoq yoyib qo‘ydi. Shuning uchun hech kim, bu yerda odam bor, deb shubhalanmasdi.
20 Absalomning odamlari o‘sha uyga borib, ayoldan: — Oximas bilan Yo‘natanni ko‘rmadingmi? — deb so‘rashdi. — Irmoqning narigi tomoniga o‘tib ketishdi, — deb javob berdi ayol. Absalomning odamlari ularni qidirib ketishdi, lekin topa olmay Quddusga qaytishdi.
21 Ular ketgandan so‘ng Oximas bilan Yo‘natan quduqdan chiqishdi–da, bo‘lib o‘tgan hodisalardan shoh Dovudni xabardor qilish uchun uning yoniga jo‘nashdi. — Qani, hoziroq daryoni kechib o‘tinglar, chunki Oxito‘fel sizlarga qarshi shunday–shunday maslahat berdi, — deyishdi ular shohga.
22 Shu zahoti Dovud hamma odamlarini ergashtirib, Iordan daryosini zudlik bilan kechib o‘tdi. Tong otganda, hamma Iordan daryosidan o‘tib bo‘lgan, orqada birorta ham odam qolmagan edi.
23 Oxito‘fel bergan maslahati amalga oshmaganini ko‘rib, eshagini egarlab jo‘nadi. O‘z shahriga — uyiga qaytib keldi. Ishlarini saranjom–sarishta qilib bo‘lgandan keyin, o‘zini osib o‘ldirdi. Uning jasadini ota–bobolarining xilxonasiga dafn qilishdi.
24 Absalom bilan hamma Isroil lashkari Iordan daryosini kechib o‘tishayotganda, Dovud Moxanayim shahriga yetib borgan edi.
25 Absalom Yo‘abning o‘rniga Emosani lashkarboshi qilib tayinlagandi. Emosa Yo‘abning jiyani bo‘lib, Ismoil qavmidan Eter degan odamning o‘g‘li edi. Onasining ismi Obigayl bo‘lib, Naxosh degan odamning qizi edi. Obigayl Zeruyaning singlisi, Zeruya Yo‘abning onasi edi.
26 Absalom va uning qo‘l ostidagi Isroil lashkari Gilad yerlarida qarorgoh qurishdi.
27 Dovud Moxanayimga borganda, uni bir necha odam kutib turishardi. Ular Ommonlarning Rabba shahridan Naxosh o‘g‘li Sho‘vi, Lo‘davor shahridan Omiyol o‘g‘li Moxir va Ro‘g‘olim shahridan Giladlik Borzulay edilar.
28 Ular, odamlar cho‘lda toliqqan, och qolib, chanqagandir, deb Dovud bilan uning odamlariga ko‘rpa–to‘shaklar, kosalar, sopol idish–tovoqlar, bug‘doy, arpa, kepakli un, qovurilgan don, loviya, yasmiq doni,
29 asal, suzma, qo‘y, pishloq olib kelishgan edi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак