Shohlar (ikkinchi kitob) 3 bob

1 Dovudning Xevronda tug‘ilgan bolalari. 6 Abnur Dovudga qo‘shiladi. 22 Yo‘ab Abnurni o‘ldiradi. 31 Abnur dafn qilinadi.

1 Shoul xonadoni bilan Dovud xonadoni o‘rtasidagi urush uzoq davom etdi. Shoulning xonadoni zaiflashgan sari, Dovud xonadoni kuchayib boraverdi.
2 Dovudning Xevronda tug‘ilgan o‘g‘illari quyidagilardir: to‘ng‘ich o‘g‘li — Yizrillik Oxinavamdan tug‘ilgan Omno‘n,
3 ikkinchisi — Karmillik Navolning bevasi Obigayldan tug‘ilgan Xilov, uchinchisi — Gashur shohi Talmayning qizi Maxodan tug‘ilgan Absalom,
4 to‘rtinchisi — Xaggitdan tug‘ilgan Odoniyo, beshinchisi — Obidadan tug‘ilgan Shafatiyo,
5 oltinchisi — Dovudning boshqa xotini Eglaxdan tug‘ilgan Yitrayom. Dovudning bu o‘g‘illari Xevronda tug‘ilgan edilar.
6 Shoul xonadoni bilan Dovud xonadoni o‘rtasida urush bo‘lganda, Shoulning xonadonidan lashkarboshi Abnur tobora kuchayib boraverdi.
7 Shoulning Rizpa degan kanizagi bo‘lardi. U Oyo degan odamning qizi edi. Bir kuni Ishbosit Abnurga: — Nimaga otamning kanizagi bilan birga bo‘lding? — deb qoldi.
8 Abnur Ishbositning gapidan qattiq g‘azablanib: — Meni, Yahudoga xizmat qilayotgan ko‘ppaklardan, deb o‘ylayapsizmi? — dedi. — Bugungacha otangiz Shoulning xonadoniga, xesh– aqrabosiga, yor–birodarlariga sodiq qoldim–ku. Sizni Dovudning qo‘liga bermadim–ku. Endi esa o‘sha xotin tufayli meni ayblayapsiz.
9 -
10 Egamiz: “Shohlikni Shoul xonadonidan tortib olib, Dandan Bershevagacha bo‘lgan joyda yashovchi Isroil va Yahudo xalqi ustidan Dovudning shohligini barpo qilaman”, deb ont ichgan. Endi men ham Dovud uchun xizmat qilmasam, Egam meni ne ko‘yga solsa solsin, undan battarrog‘ini ko‘rsatsin.
11 Ishbosit Abnurdan qo‘rqdi, unga churq eta olmadi.
12 Shundan so‘ng Abnur o‘z nomidan Dovudga choparlar orqali shunday xabar berdi: “Bu yurtda siz hukmron bo‘lishingiz kerak. Men bilan ahd qiling. O‘shanda men siz tomonda bo‘laman, butun Isroil xalqini sizga moyil qilaman.”
13 Dovud shunday javob jo‘natdi: “Yaxshi, sen bilan ahd qilaman. Lekin bitta shartim bor: meni ko‘rgani kelganingda, Shoulning qizi, xotinim Mixalni ham olib kel. Aks holda meni ko‘ra olmaysan.”
14 Dovud Ishbositga ham elchilar orqali shu xabarni jo‘natdi: “Xotinim Mixalni o‘zimga qaytarib ber. Men uni yuzta Filistning sunnat terisi evaziga olgan edim.”
15 Ishbosit Mixalning eri Palti huzuriga odamlar jo‘natib, Mixalni oldirib keldi. Palti Layish deganning o‘g‘li edi.
16 Eri yo‘l bo‘yi yig‘lay–yig‘lay Boxurim shahrigacha Mixalga ergashib bordi. Keyin Abnur unga: — Orqangga qayt! — dedi. Palti qaytib ketdi.
17 Abnur Isroil oqsoqollariga shunday xabar jo‘natdi: — Sizlar anchadan beri, Dovud bizga shoh bo‘lsin, deb orzu qilib kelardingizlar.
18 Endi harakat qilinglar. Chunki Egamiz Dovud to‘g‘risida gapirib: “Xalqim Isroilni qulim Dovud orqali Filistlarning va jamiki g‘animlarining qo‘lidan qutqaraman”, degan.
19 Abnur Benyamin odamlari bilan yuzma–yuz gaplashdi. So‘ng Isroil xalqi va Benyamin qabilasiga ma’qul kelgan maslahat to‘g‘risida Dovud bilan gaplashgani Xevronga bordi.
20 Abnur yigirmata hamrohi bilan Dovudning huzuriga keldi. Dovud Abnur va uning hamrohlari sharafiga ziyofat berdi.
21 Abnur Dovudga: — Endi ketishga ijozat bering, butun Isroil xalqini shoh hazratlari huzuriga yig‘ib kelay, — dedi. — Ular siz bilan ahd qilganlaridan keyin, o‘zingiz istagan hamma joyda shohlik qiling. Dovud Abnurga ijozat berdi. Abnur sog‘– salomat o‘z yo‘liga ketdi.
22 Xuddi shu paytda Dovudning Yo‘ab boshliq odamlari bir bosqindan qaytishdi. Ular bir qancha mol–mulkni o‘lja qilib olib kelishdi. Ammo Abnur Xevronda — Dovudning huzurida emas edi. Dovud Abnurga ijozat bergandan keyin, u sog‘–salomat ketgan edi.
23 Yo‘ab hamma jangchilari bilan Xevronga yetib kelganda, unga: “Abnur shoh huzuriga kelgan edi, shoh unga qaytib ketishga ijozat berdi, Abnur eson–omon ketdi”, deb aytib berishdi.
24 — Nima qilib qo‘ydingiz? — dedi Yo‘ab shohning huzuriga borib. — Bu qanaqasi, sizning huzuringizga Abnur o‘z oyog‘i bilan kelsayu, siz esa uni qo‘yib yuborsangiz?! Abnur ketib qolibdi– ku.
25 Abnurni bilasizmi o‘zi?! U sizni aldagan, qayerga borishingizni, kelishingizni, nima qilayotganingizni bilish uchun kelgan.
26 Yo‘ab Dovudning huzuridan chiqiboq, Abnurning orqasidan choparlar jo‘natdi. Choparlar Abnurni Siro sardobasi bo‘yidan qaytarib kelishdi. Dovud bu voqeadan bexabar edi.
27 Abnurni Xevronga qaytarib kelishgach, Yo‘ab: “Xoli gaplashib olaylik”, deb uni darvoza yo‘lagiga olib o‘tdi. Ukam Osoyilning o‘limi uchun qasos olay, deb Abnurning qorniga pichoq urib, o‘ldirdi.
28 Dovud bu voqeani eshitgach, dedi: — Egam oldida men ham, shohligim ham to abad Abnurning qoni uchun aybdor emas.
29 Uning qoni Yo‘ab va uning jamiki ota xonadoni gardaniga tushsin. Yo‘abning avlodidan yara toshgan, teri kasalligiga chalingan, cho‘loq, urushda o‘lgan, nonga zor bo‘lgan kishilar hech arimasin.
30 Yo‘ab akasi Abushay bilan birgalikda Abnurni o‘ldirdi. Abnur Givondagi urushda ularning ukasi Osoyilni o‘ldirgan edi.
31 So‘ngra Dovud Yo‘ab bilan uning hamma odamlariga shunday amr berdi: — Abnurning jasadi tepasida yig‘langlar. Kiyimlaringizni yirtib, qanorga o‘raninglar. Shoh Dovudning o‘zi tobutning orqasida bordi.
32 Abnurni Xevronda dafn qilishdi. Shoh Dovud Abnurning qabri ustida yig‘ladi. O‘sha yerda hamma ho‘ng–ho‘ng yig‘ladi.
33 Shoh Dovud Abnur uchun yig‘layotib, shunday marsiya aytdi: “Ey Abnur, ahmoqlarday o‘lishing kerakmidi?!
34 Jinoyatchilarday qo‘llaring bog‘liq emasdi, Jinoyatchilarday oyoqlaringga kishan urilmagandi. Insofsizlar qo‘liga tushib qolding sen, Vijdonsizlar dastidan nobud bo‘lding sen.” Hamma Abnurning tepasida yana yig‘ladi.
35 Quyosh botmasdan oldin xalq Dovudning yoniga borib: — Biror narsa tanovul qilib oling, — deb ko‘ndirmoqchi bo‘lishdi. — Quyosh botmasdan oldin non yoki boshqa biror narsa tanovul qilsam, Xudo meni ne ko‘yga solsa solsin, hatto undan battarrog‘iga duchor qilsin, — deb ont ichdi Dovud.
36 Shohning hamma qilgan ishlari barchaga ma’qul kelgani singari, xalq uning bu ishini ham ma’qul topdi.
37 O‘sha kuni butun Isroil xalqi Abnurning o‘ldirilishida shohning qo‘li yo‘qligini bildi.
38 Shoh odamlariga dedi: — Bilmaysizlarki, bugun Isroildan bir yo‘lboshchi, ulug‘ bir inson ketdi.
39 Xudo moy surtib tanlagan shoh bo‘lsam ham, bugun ojizman. Anavi Zeruyaning o‘g‘illari mendan ancha kuchli. Egam yomonlarning qilmishiga yarasha jazosini bersin.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак