Ibtido 19 bob

1 Sado‘mning gunohkorligi. 12 Lut Sado‘mdan ketadi. 24 Sado‘m va G‘amo‘ra vayron qilinadi. 30 Mo‘ab va Ommon xalqlarining kelib chiqishi.

1 O‘sha kuni kechqurun ikkala farishta Sado‘mga yetib keldi. Lut Sado‘m darvozasi yonida o‘tirgan edi. Lut farishtalarni ko‘rib, ularga peshvoz chiqdi va muk tushib ta’zim qildi.
2 — Janoblar, marhamat, shu kecha bu qulingizning uyiga kiringlar, oyoqlaringizni yuvib, menikida tunab qolinglar. Ertaga ertalab yo‘llaringizga ketsalaringiz ham bo‘ladi. — Rahmat, biz tunni shahar maydonida o‘tkazamiz, — deb aytishdi ular.
3 Lut hadeb qistayvergandan keyin, farishtalar Lutnikiga kelishdi. Lut xizmatkorlariga non yopib, ziyofat tayyorlashni buyurdi. Ziyofat tayyor bo‘lgach, ular ovqatlanishdi.
4 Lekin ular endi uxlashga yotmoqchi bo‘lib turganlarida, Sado‘m shahrining hamma erkagi — yoshu qarisi kelib, Lutning uyini o‘rab olishdi.
5 Ular Lutni chaqirishib, so‘rashdi: — Bugun kechqurun sening uyingga kelgan odamlar qani? Ularni olib chiq bizning oldimizga! Ular bilan birga bo‘laylik.
6 Lut tashqariga chiqib, orqasidan eshikni yopib qo‘ydi.
7 — Birodarlarim! — dedi u, — o‘tinaman, zinhor bunday qabihlik qila ko‘rmanglar!
8 Mana, ikkita bokira qizim bor. Qizlarimni sizlarga olib chiqib berayin, ular bilan bilganlaringizni qilinglar. Lekin bu odamlarga tegmanglar, ular mening mehmonim, mening panohim ostidadirlar.
9 Lekin ular: — Yo‘ldan qoch! — deb shovqin soldilar. — Sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan? Biz senga oramizdan joy beraylik–da, endi bizga aql o‘rgatadigan bo‘lib qoldingmi?! Mana endi ko‘rasan. Anavi kelgan odamlarga qiladiganimizdan ham battarrog‘ini senga qilamiz! Odamlar Lutni siqib kelib, eshikni sindirmoqchi bo‘ldilar.
10 Shu payt ichkaridagi ikkala farishta qo‘llarini tashqariga chiqarib, Lutni uyning ichkarisiga — yonlariga oldilar va eshikni yopdilar.
11 Keyin uyning eshigi oldida turgan hamma odamlarni — kattalarni ham, kichiklarni ham farishtalar ko‘r qilib qo‘ydilar. Shuning uchun odamlar eshikni topa olmay qoldilar.
12 Shundan keyin farishtalar Lutdan so‘rashdi: — Bu shaharda sening yana kiming bor? Kuyovingmi, o‘g‘illaringmi, qizlaringmi — senga qarashli kim bo‘lsa ham, shahardan olib chiqib ket.
13 Biz shaharni butunlay qirib tashlaymiz. Egamiz bu shahar xalqining jinoyatlari g‘oyat dahshatli ekani to‘g‘risida eshitib, bu shaharni qirib tashlanglar, deb bizni yubordi.
14 Shundan keyin Lut bo‘lajak kuyovlari oldiga borib: — Tezda shahardan chiqib ketinglar! — dedi. — Egam bu shaharni qirib tashlamoqchi. Lekin Lutning gapi kuyovlariga hazil bo‘lib tuyuldi.
15 Tong otgach, farishtalar Lutni shoshiltirishdi: — Tez bo‘l! Xotining bilan ikkala qizingni olib, hoziroq bu yerdan jo‘na! Bo‘lmasa, shaharga qirg‘in kelganda, sizlar ham halok bo‘lasizlar!
16 Lut hali ham ikkilanib turganda, farishtalar Lutni, xotinini va ikkala qizini qo‘llaridan ushlab, shahar tashqarisiga olib chiqib qo‘ydilar. Chunki Egamiz shafqatli edi.
17 Farishtalar ularni shahar tashqarisiga olib chiqib qo‘yganlaridan keyin, ulardan biri ogohlantirdi: — Qochinglar, jonlaringni qutqaringlar! Orqaga qaramanglar, vodiydagi biron joyda to‘xtamanglar! Toqqa qarab qochinglar! Bo‘lmasa, halok bo‘lasizlar!
18 — Yo‘q, Hazratim! — deb iltijo qildi Lut.
19 — Bu qulingizga ko‘p inoyat ko‘rsatdingiz, hayotimni qutqarib qoldingiz, menga ko‘p shafqat qildingiz. Lekin tog‘ juda ham uzoq. Men falokatga yo‘liqib u yerga yetib borolmay, o‘lib ketaman–ku!
20 Hov anavi shaharchani ko‘ryapsizmi? O‘zi kichkinagina shaharcha, uncha uzoq emas. Men o‘sha yoqqa qochib bora qolay. O‘shanda men jonimni saqlab qolaman.
21 — Bo‘pti! — dedi farishta Lutga. — Sen aytganday bo‘lsin. O‘sha kichkina shaharni yo‘q qilmayman.
22 Tez bo‘l, o‘sha yoqqa qoch! Sen o‘sha shaharga yetib bormaguningcha, men hech narsa qilolmayman. Lut shaharni kichkina degani uchun, bu shahar Zo‘var, deb yuritiladigan bo‘ldi.
23 Quyosh chiqayotganda, Lut Zo‘varga yetib keldi.
24 Shundan keyin Egamiz Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlari ustiga yonayotgan oltingugurt yog‘dirdi.
25 Yonayotgan oltingugurt bu shaharlar qatorida vodiydagi hamma shaharlarni aholisiyu o‘t– o‘lanlari bilan birga qirib tashladi.
26 Lutning ortidan xotini kelayotgan edi. Xotini orqasiga qaragan edi, tuz ustuniga aylanib qoldi.
27 Keyingi kuni ertalab Ibrohim Egamizning oldida turgan joyga qaytib bordi.
28 Sado‘m, G‘amo‘ra va butun vodiyga qarab, u yerlardan tutun ko‘tarilayotganini ko‘rdi. Bu manzara go‘yo tandirdan chiqayotgan tutunni eslatardi.
29 Xudo vodiydagi shaharlarni qirib, Lut yashayotgan shaharlarga falokat yog‘dirganda, Ibrohimni esdan chiqarmagan edi. Shuning uchun Xudo Lutni falokatdan asrab qoldi.
30 Lut Zo‘varda turishdan qo‘rqib, ikkala qizi bilan tog‘dagi bir g‘orga joylashib, o‘sha yerda yashayverdi.
31 Bir kuni katta qizi kichigiga dedi: — Bu atroflarda bizga uylanadigan birorta erkak qolmagan. Otamiz esa qarib qolyapti.
32 Kel, otamizga sharob ichiramiz–da, keyin uning yoniga kiramiz. Shu yo‘l bilan otamizdan oilamizni davom ettiramiz.
33 Shunday qilib, ular o‘sha kuni kechasi otalariga sharob ichirdilar. Katta qizi otasining yoniga kirdi. Otasi qizining qachon kirib, qachon turganini bilmadi.
34 Keyingi kuni katta qizi kichigiga dedi: — Kecha tunda men otamning yoniga kirdim. Bugun ham otamizga sharob ichiraylik, keyin sen otamizning yoniga kirasan. Shu yo‘l bilan otamizdan oilamizni davom ettiramiz.
35 Shunday qilib, ular o‘sha kuni kechasi ham otalariga sharob ichirdilar. Kichik qiz otasining yoniga kirdi. Otasi kichik qizining qachon kirib, qachon turganini bilmadi.
36 Shunday qilib, Lutning ikkala qizi ham otalaridan homilador bo‘ldilar.
37 Katta qizi o‘g‘il tug‘di va ismini Mo‘ab qo‘ydi. U bugungi kunda Mo‘ab xalqining ota– bobosi hisoblanadi.
38 Kichik qiz ham o‘g‘il tug‘di va ismini Banommi qo‘ydi. U bugungi kunda Ommon xalqining ota–bobosi hisoblanadi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак