Ibtido 49 bob

1 Yoqubning so‘nggi so‘zlari. 29 Yoqub vafot etib, dafn qilinadi.

1 Yoqub o‘g‘illarini huzuriga chorlab dedi: “Yonimga kelinglar, kelgusida sizlarga nima bo‘lishini aytay.
2 Keling, quloq soling, ey, Yoqub o‘g‘illari, Eshiting otangiz Isroilning so‘zlarini.
3 Ruben, sensan mening to‘ng‘ichim, Quvvatimning ilk mevasi, ham qudratim, Shuhratu qudratda yuksagi sensan.
4 Lekin dengiz to‘lqiniday betizginsan, Bundan keyin aslo ustun bo‘lmaysan. Otangning yotog‘iga sen kirding, To‘shagimga chiqib, uni bulg‘ading.
5 Shimo‘n bilan Levi hamtovoqlardir, Jabr–jafo quroli qilichlaridir.
6 Hech qachon sherik bo‘lmasman ularning fitnalariga, Aslo qo‘shilmasman ularning yig‘inlariga. Ular g‘azab ila o‘ldirdilar insonlarni, Rohatlanish uchun mayib qildilar ho‘kizlarni.
7 La’nat bo‘lsin ularning rahmsiz g‘azabiga, La’nat bo‘lsin ularning beayov zulmlariga! Tarqatib yuboraman ularni har tomonga, Yoqubning yurtida — Isroilning yurtida.
8 Ey, Yahudo, seni madh etar birodarlaring, G‘animlaring gardanida bo‘lar qo‘llaring. Senga ta’zim qilishar otangning o‘g‘illari.
9 Yahudo sherning bolasiga o‘xshar, O‘g‘lim, ovdan qaytib kelding sen, Sherdek cho‘kib, cho‘zilib yotarsan. Seni uyg‘otmoqqa kim jur’at etar?!
10 Yahudoning qo‘lidan ketmas saltanat hassasi, Uning naslida qolar saltanat tamg‘asi, Xalqlar unga o‘lpon keltirarlar, Unga itoat etib ta’zim qilarlar.
11 Eshagini u doim bog‘laydi tokka, Xo‘tikchani — tok novdasiga. Sharobda yuvadi kiyimlarini A’lo sharobda — ko‘ylaklarini.
12 Sharobdan ham qora ko‘zlari, Sutdan ham oppoq tishlari.
13 Zabulun o‘rnashadi dengiz bo‘yida, Kemalarga u bandargoh bo‘lajak. Uning chegarasi Sidongacha borajak.
14 Issaxor qo‘rada o‘rnashib yotgan, Kuchli eshakka o‘xshar.
15 Ko‘rsaki, o‘rnashgan yeri naqadar yaxshi, Juda yoqimli ekan bu joylar. Yukni ko‘tarmak chun yelkasin tutdi, Og‘ir mehnatga u qul bo‘lib qoldi.
16 Isroil qabilasining bittasi bo‘lib, Dan o‘z xalqini hukm qiladi.
17 Dan yo‘lda yotgan bir ilon bo‘ladi, So‘qmoqda cho‘zilib yotgan zaharli ilon. Otlarning to‘pig‘ini u chaqib olar, Chavandoz yiqilar, chalqancha tushar.
18 Sendan najot kutarman, ey, Egam!
19 Gadni talab ketadi bosqinchilar, Gad ularning izidan bostirib borar.
20 Osher tansiq taom yetishtirar, Shohona noz–ne’matlar tayyorlar.
21 Naftali ozod yurgan ohuga o‘xshar, Ajoyib ohuchalar dunyoga keltirar.
22 Yusuf o‘xshar serhosil tokka — Buloq bo‘yidagi serhosil uzumga. Uning novdalari devordan oshib o‘tar.
23 Rahmsiz kamonchilar unga hujum qilishdi, O‘q otishdi unga, qattiq siqishdi.
24 Lekin Yusufning kamoni tarang tortildi, Uning qo‘llari ham chaqqonlashdi Yoqubning Qudratli Xudosi kuchi tufayli, Isroilning Cho‘poni, Qoyasi tufayli.
25 Otangning Xudosi senga madad bergay, Qodir Xudo senga marhamat ko‘rsatgay Yuqoridagi osmon barakalari ila, Yer qa’ridan chiqqan suvning barakalari ila, Ona ko‘kragiyu pushtining barakasi ila.
26 Abadiy tog‘lar barakasidan ham, Va qadim tepaliklar ne’matidan ham, Otangning duolari kuchlidir. Bu barakalar Yusufga nasib etur, Birodarlari ichra u yo‘lboshchi bo‘lur.
27 Benyamin och bo‘riga o‘xshar, Sabohda u o‘ljasini yamlab yutar, Oqshomda u topganini bo‘lishar.”
28 Isroilning o‘n ikki qabilasi ana shular bo‘lib, otasi ularni duo qilganda, yuqoridagi so‘zlarni aytgan edi. Har birini o‘ziga loyiq tarzda duo qildi.
29 Shundan so‘ng Yoqub o‘g‘illariga vasiyat qildi: — Mening kunim bitib boryapti. Meni Xet xalqidan Efro‘nning dalasidagi g‘orga — ota– bobolarim yoniga dafn qilinglar.
30 O‘sha g‘or Kan’on yurtida, Mamre sharqida joylashgan Maxpaladagi dalada. Ibrohim bu dalani Efro‘ndan qabriston uchun sotib olgan.
31 U yerga bobom Ibrohim bilan buvim Sora dafn qilingan, Otam Is’hoq bilan onam Rivqo ham u yerga dafn qilingan. U yerga men Leaxni dafn qilganman.
32 Bobom Ibrohim Xet xalqidan sotib olgan g‘or o‘shadir.
33 Yoqub o‘g‘illariga vasiyat qilib bo‘lgach, yana to‘shagiga yotdi–yu, joni uzilib, ota–bobolari yoniga ketdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18