Ibtido 7 bob

1 To‘fon.

1 Nihoyat, vaqti kelib, Egamiz Nuhga aytdi: “Sen butun oila a’zolaring bilan kema ichiga kir. Yer yuzidagi xalqlar orasida Mening oldimda solih bo‘lib yurganlardan faqat seni topdim, xolos.
2 O‘zing bilan halol hayvonlarning urg‘ochi va erkagidan yetti juft, harom hayvonlarning urg‘ochi va erkagidan esa bir juft ol.
3 Qushlarning har bir turidan — erkagi va urg‘ochisidan ham yetti juft tanlab ol, toki butun yer yuzida bu jonzotlarning turlari saqlanib qolsin.
4 Yetti kundan keyin, men yer yuziga qirq kechayu qirq kunduz davomida yomg‘ir yog‘diraman. O‘zim yaratgan har bir tirik narsani yer yuzidan yo‘q qilaman.”
5 Nuh hammasini Xudo amr etganday qildi.
6 Yer yuzini to‘fon bosganda, Nuh 600 yoshda edi.
7 Nuh bilan birga o‘g‘illari, xotini, kelinlari to‘fondan omon qolish uchun kemaning ichiga kirdilar.
8 Halol va harom hayvonlardan, qushlardan, yerda sudralib yuruvchi jonivorlardan, hasharotlardan har biri
9 — erkak va urg‘ochisi juft–juft bo‘lib Nuh bilan birga kemaga kirdi. Zotan, Xudo Nuhga shunday amr qilgan edi.
10 Yetti kundan keyin yer yuzini to‘fon bosa boshladi.
11 Nuh 600 yoshga kirganda, ikkinchi oyning o‘n yettinchi kuni yer ostidagi buloqlar otilib chiqdi, osmonning qopqalari ochildi.
12 -
13 Ayni o‘sha kuni Nuh bilan birga uning o‘g‘illari Som, Xom va Yofas, xotini va uchala kelini kema ichiga kirdilar. Qirq kechayu qirq kunduz tinmay yomg‘ir yog‘di.
14 Ular bilan birga yovvoyi hayvonlardan, chorvadan, yerda sudralib yuruvchi hamma jonivor va hasharotlardan, qushlardan — hammasining har bir turidan kemaga kirdi.
15 Bu tirik jonzotlar ikkita–ikkitadan bo‘lib Nuh bilan birga kemaga kirdi.
16 Xudo Nuhga amr qilganday, hamma jonivorlarning erkak va urg‘ochisi kemaga kirib bo‘lgach, Egamiz Nuhning orqasidan eshikni yopdi.
17 Yer yuzida qirq kun davomida to‘fon bo‘lib, suv yerni ko‘mdi, kemani yerdan yuqori ko‘tardi.
18 Suv yer ustida tobora ko‘payib borar, kema suv yuzida suzardi.
19 Suv yer yuzida shunchalik to‘lib– toshdiki, baland tog‘lar ham ko‘milib ketdi.
20 Suv tog‘lardan o‘n besh tirsak balandlikka ko‘tarildi.
21 Yer yuzida yurgan jamiki jonzot — qushlar, chorva, yovvoyi hayvonlar, uymalashib yurgan jonivorlar, inson zoti nobud bo‘ldi.
22 Quruq yer ustida yashab turgan hamma tirik jonzot nobud bo‘ldi.
23 Yer yuzidagi har qanday jonzotni — insonlarni, hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni, qushlarni Xudo yo‘q qilib yubordi, hammasi yer yuzidan qirilib ketdi. Faqat Nuh va u bilan birga kemada bo‘lganlargina tirik qoldilar, xolos.
24 Suv 150 kun davomida yer yuzini qoplab turdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18