Ibtido 43 bob

1 Yusufning akalari Benyaminni Misrga olib kelishadi.

1 Kan’on yurtida qahatchilik haddan ortiq kuchaydi.
2 Yoqubning o‘g‘illari Misrdan olib kelgan donni yeb tugatishdi. Shundan keyin Yoqub o‘g‘illariga: — Yana borib, bir oz don sotib olib kelinglar, — dedi.
3 Yahudo otasiga shunday dedi: — O‘sha odam, ukangizni olib kelmagunlaringizcha, ko‘zimga ko‘rinmanglar, deb bizni ogohlantirgan.
4 Agar ukamizni biz bilan birga jo‘natsangiz, borib, sizga don sotib olib kelardik.
5 Lekin Benyaminni yubormasangiz, biz ham bormaymiz. Chunki o‘sha odam, ukangizni olib kelmasangiz, ko‘zimga ko‘rinmanglar, deb aytgan.
6 Yoqub: — Nimaga o‘sha odamga, yana ukamiz bor, deb boshimga balo orttirdingiz?! — deb zorlandi.
7 Ular shunday javob berdilar: — U odam: “Otangiz hayotmi? Boshqa ukangiz ham bormi?” deb o‘zimiz, oilamiz to‘g‘risida so‘rab–surishtirdi. Biz uning savollariga javob berdik. “Ukangizni mening oldimga olib kelinglar”, deb aytishini qayerdan bilibmiz?!
8 Yahudo otasiga dedi: — Ukamizni men bilan jo‘nating, endi yo‘lga chiqaylik, toki sizu biz, bolalarimiz ochlikdan o‘lmay, tirik qolaylik.
9 Unga men o‘zim kafil bo‘laman, u uchun meni mas’ul, deb bilavering. Agar uni qaytarib olib kelib qo‘lingizga topshirmasam, umr bo‘yi sizning oldingizda aybdor bo‘lib qolay.
10 Agar orqaga surmaganimizda edi, hozirgacha ikki marta borib kelgan bo‘lardik.
11 Nihoyat, Yoqub o‘g‘illariga dedi: — Boshqa iloji yo‘q ekan, endi bunday qilinglar: yurtimizning noz–ne’matlaridan qoplaringizga solinglar. Bir oz mumiyo, asal, xushbo‘y ziravorlar, mirra, pista, bodom ham olib, o‘sha odamga hadya qilib olib boringlar.
12 O‘tgan safar qoplaringizga kumushlarni solib qaytarib yuborishgan edi, shuning uchun kumushni ikki barobar ko‘p olinglar. Kimdir adashgan bo‘lishi mumkin.
13 Ukangizni ham olinglar–u, hoziroq o‘sha odamning oldiga jo‘nanglar.
14 O‘sha odam bolalarimga rahm qilsin, deb Qodir Xudoga iltijo qilaman, toki u Shimo‘n bilan Benyaminni qaytarib yuborsin. Agarda farzandlarimdan judo bo‘ladigan bo‘lsam, mayli, bo‘la qolay.
15 Shunday qilib, ular har xil hadyalar, ikki barobar ko‘p kumush oldilar–da, Benyaminni ham ergashtirib, Misrga shoshildilar. Misrga yetib kelib, Yusufning huzuriga kirdilar.
16 Yusuf ularning yonida Benyaminni ham ko‘rdi va qulboshisiga buyurdi: “Bu odamlarni uyga olib bor, bironta jonliq so‘yib, tayyorgarlik ko‘r. Ular tushlikni men bilan birga yeydilar.”
17 Qulboshi Yusuf aytganday qildi: aka–ukalarni Yusufning uyiga olib ketdi.
18 Qulboshi aka–ukalarni Yusufning uyiga olib kelgani uchun, ular juda qo‘rqib ketishdi. Ular bir–biriga dedilar: “O‘tgan safar qoplarimizga kumushlarimizni qaytarib solib qo‘yishgan edi. Shu sababdan bizni bu yerga oldirib kelgan. Endi u bizni o‘g‘irlikda ayblaydi. Bizni ushlab, qul qilib oladi, eshaklarimizni ham tortib oladi.”
19 Yusufning darvozasi oldida aka– ukalar qulboshiga aytdilar:
20 — Kechirasiz, hazrat, biz o‘tgan safar ham don sotib olgani kelgan edik.
21 Uyga qaytib ketayotganimizda, tunda dam olgani bir joyda to‘xtab, qoplarimizni ochdik. Don sotib olganimizda to‘lagan kumushimizning hammasi qoplarimizning ichida ekan. Mana, o‘sha kumushlarni qaytarib olib keldik.
22 Biz yana don sotib olgani qo‘shimcha kumush olib keldik. Kim u kumushlarni qoplarimizga solib qo‘ygan ekan, bilmaymiz.
23 — Xotirjam bo‘linglar, — dedi Yusufning qulboshisi, — bu to‘g‘rida xavotir olmanglar. Don sotib olishga keltirgan kumushlaringizning hammasini men olgan edim. Xudoyingiz — otangizning Xudosi qoplaringizga xazina solib qo‘ygan bo‘lsa kerak. So‘ng qulboshi Shimo‘nni ularning oldiga olib keldi.
24 Qulboshi aka–ukalarni Yusufning uyiga olib kelgandan keyin, ularga suv berdi. Aka–ukalar oyoqlarini yuvib olishdi. Qulboshi ularning eshaklariga ham yem berdi.
25 Aka–ukalarga, Yusuf hazrati oliylari bilan birga tushlik qilasizlar, deb aytishdi. Shuning uchun Yusuf kelguncha, ular hadyalarini tayyorlab qo‘ydilar.
26 Yusuf uyga kelgach, ular hadyalarini Yusufga berib, muk tushib ta’zim qilishdi.
27 Yusuf ulardan hol–ahvol so‘radi. — Otangizning ahvollari qalay? Keksa otamiz bor, deb aytgan edingiz. U hozir ham hayotmi?
28 — Qulingiz — otamiz yaxshi yuribdilar, hozir hayotlar, — deb javob berishdi aka–ukalar. So‘ng ular Yusufga egilib ta’zim qilishdi.
29 Yusuf tug‘ishgan ukasi Benyaminni ko‘rib, ulardan so‘radi: — Kenja ukamiz bor, deb aytgan edingiz. Shu bola ukangizmi? Xudo senga marhamat qilsin, o‘g‘lim!
30 Yusuf shunday deb, ukasiga mehri tovlanib ketganidan yig‘lab yuboray derdi. Shuning uchun Yusuf darrov ichkari xonaga chiqdi–yu, u yerda yig‘lab yubordi.
31 Bir ozdan keyin Yusuf yuzlarini yuvib, o‘zini qo‘lga oldi va aka–ukalarining oldiga qaytib kirdi. “Taomlar keltirilsin!” deb buyruq berdi.
32 Yusufga alohida dasturxonda, aka– ukalariga esa boshqa dasturxonda taomlar tortildi. Yusufnikidagi Misrliklar esa alohida dasturxonda taom yeyishdi. Misrliklar ibroniylar bilan dasturxon atrofida birga o‘tirib ovqat yeyishdan hazar qilishar edi.
33 Yusuf har bir akasiga qaysi joyda o‘tirishini ko‘rsatdi. Har birini yoshi bo‘yicha, katta–kichikligiga qarab o‘tqazdi. Aka– ukalar bir–birlariga taajjub bilan qarab qo‘ydilar.
34 Aka–ukalarga taomlarni Yusufning dasturxonidan tarqatishdi. Benyaminga berilgan taom boshqa akalarinikiga qaraganda besh hissa ko‘p edi. Aka– ukalar taomni yeb, Yusuf bilan birga may ichib, xushnud bo‘ldilar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18