Korinfliklarga birinchi maktub 7 bob

1 Nikoh masalasi. 17 Xudoning da’vatiga qarab yashanglar.

1 Endi sizlar menga yozganlaringizga kelaylik. Orangizda ba’zilar: “Er xotini bilan qovushmasin”, deb aytayotgan ekan.
2 Lekin jinsiy axloqsizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun har bir kishi o‘z xotini bilan, har bir ayol esa o‘z eri bilan qovushishi kerak.
3 Er o‘z xotiniga nisbatan va xotin o‘z eriga nisbatan er-xotinlik vazifasini bajo keltirsin.
4 Xotinning badani ustidan xotin emas, balki eri hokimlik qiladi. Xuddi shu singari, erning badani ustidan er emas, balki xotini hokimlik qiladi.
5 Bir– biringizdan bosh tortmanglar. Faqatgina o‘zaro kelishgan holda, o‘zingizni ibodatga bag‘ishlash uchungina jinsiy aloqadan o‘zingizni tutib turing. Bundan so‘ng yana qovushinglar, toki o‘zingizni tiya olmaganingizdan foydalanib, shayton sizlarni vasvasaga solmasin.
6 Men buni buyruq tariqasida emas, nasihat tariqasida aytyapman.
7 Qaniydi, hamma menga o‘xshab so‘qqabosh bo‘lsa! Ammo har bir odamda Xudodan berilgan in’om bor, biriniki bu bo‘lsa, boshqasiniki udir.
8 Beva ayollaru xotini o‘lgan erkaklarga shunday deyman: “Men kabi bo‘lsangiz, sizlar uchun yaxshidir.”
9 Ammo ular o‘zlarini tiya olmasalar, uylansinlar, erga tegsinlar. Chunki shahvoniy ishq bilan yonishdan ko‘ra uylanish, erga tegish yaxshiroqdir.
10 Quyidagi amr esa uylangan va erga tekkanlarga berilgan. U mendan emas, Rabbimiz Isodandir: xotin eri bilan ajrashmasin.
11 Ajrashgan bo‘lsa, boshqa erga tegmasin yoki o‘z eri bilan yarashsin. Er ham o‘z xotini bilan ajrashmasin.
12 Eri yoki xotini imonli bo‘lmaganlarga esa shunday deb aytaman. Bular Rabbimizning emas, mening so‘zlarimdir: “Birorta imonli erkakning xotini imonsiz bo‘lsa–yu, ammo eri bilan yashashga rozi bo‘lsa, er xotini bilan ajrashmasin.
13 Shuningdek, imonli ayolning eri imonsiz bo‘lsa va u xotini bilan yashashga rozi bo‘lsa, o‘sha ayol eridan ajrashmasin.
14 Axir, imonsiz er imonli xotini tufayli poklanadi. Shuningdek, imonsiz ayol imonli eri tufayli poklanadi. Natijada ularning farzandlari harom emas, pok bo‘ladi.
15 Qayerdan bilasan ey, xotin, balki sen orqali ering najot topar?! Ey, er, qayerdan bilasan, balki sen orqali xotining najot topar?! Ammo imonsiz inson o‘zining imonli turmush o‘rtog‘idan ajrashmoqchi bo‘lsa, ajrashaversin. Shundan keyin o‘sha ajrashgan imonli odamning boshi bog‘liq emas. Xudo bizni tinchlikka chorlagan.
16 -
17 Har bir inson Xudo uni qanday da’vat qilgan bo‘lsa, Rabbimiz Iso uni qanday sharoitga solgan bo‘lsa, shunday yashashda davom etaversin. Barcha jamoatlarda mana shunday ta’lim berib kelyapman.
18 Birov sunnatli bo‘lganda da’vat etildimi, jarrohlik yordamida sunnatini qayta sunnat qilinmaganday qilib o‘zgartirmasin. Boshqa birov sunnatsiz bo‘lganda da’vat etildimi, sunnat qilinmasin.
19 Axir, sunnat qilingan yoki qilinmaganlikning hech ahamiyati yo‘q. Eng muhimi, Xudoning amrlariga amal qilishdir.
20 Har kim qanday holatda da’vat etilgan bo‘lsa, holatini o‘zgartirishga urinmasin.
21 Agar qul bo‘lganingda da’vat etilgan bo‘lsang, tashvishlanma. Ammo ozod bo‘lishga imkon bor bo‘lsa, fursatni g‘animat bil.
22 Rabbimiz Isoga tegishli bo‘lishga da’vat etilgansiz. Kim qul bo‘lgan paytida da’vat etilgan bo‘lsa, endi Rabbimizning nazarida u ozod insondir. Shuningdek, kim ozod bo‘lgan paytida da’vat etilgan bo‘lsa, endi u Masihning qulidir.
23 Sizlar qimmat bahoga sotib olindingiz, shuning uchun o‘zingizni insoniy g‘oyalarga qul qilmanglar.
24 Birodarlar, Xudo kimni qanday vaziyatda da’vat qilan bo‘lsa, o‘sha vaziyatda qolib yashayversin.
25 Hali oila qurmagan erkagu ayollar masalasiga kelsak, Rabbimiz Iso bu haqda amr bermagan. Ammo men Egamizning mehr–shafqati bilan ishonchli bo‘lgan kishi sifatida maslahat bera olaman.
26 Hozirgi tang vaziyat sababli kishi qay holda bo‘lsa, shunday qolgani yaxshidir.
27 Uylanganmisan? Xotining bilan ajrashma. Bo‘ydoqmisan? Xotin olmagin.
28 Bordi–yu, uylansang, bu gunoh emas. Shuningdek, qiz erga tegsa ham, gunoh bo‘lmaydi. Ammo uylanganlarning tashvish–iztiroblari ko‘p bo‘ladi, men sizlarni shulardan asramoqchiman.
29 Ey birodarlar, sizlarga yana shuni aytmoqchimanki, vaqt endi qisqa. Vaqti kelib, uylanganlaru uylanmaganlarning farqi bo‘lmaydi.
30 Yig‘layotganlaru sevinayotganlar, buyum xarid qilganlar o‘zlarining qayg‘u–alamlari, xursandchiligi va mol–dunyosi bilan ovora bo‘lib qolmasin.
31 Bu dunyoning ishlari bilan ovora bo‘lganlar endi buni bas qilsinlar. Axir, bu dunyo o‘tkinchi dunyo–ku!
32 Men sizlarning tashvishsiz bo‘lishingizni istayman. Bo‘ydoqning asosiy tashvishi Rabbimiz Isoni mamnun qilish, Uning ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishdir.
33 Uylangan kishi esa xotinini mamnun qilish niyatida dunyoviy ishlar haqida qayg‘uradi.
34 Uning fikri ikkiga bo‘lingan. Hozir ersiz bo‘lgan ayollar va erga tegmagan qizlarning ham tashvishi Rabbimizning ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishdir, ularning maqsadi ham jismonan, ham ruhan Rabbimizga bag‘ishlanishdir. Erga tekkan ayol esa erini mamnun qilish niyatida dunyoviy ishlar haqida qayg‘uradi.
35 Men sizlarni chegaralash niyatida emas, balki sizlarning manfaatingizni ko‘zlab bularni aytyapman. Toki sizlar fikringizni chalg‘itmasdan, sidqidildan Rabbimiz Isoga berilib, adabli hayot kechiringlar.
36 Agar unashtirilgan kishi o‘z qaylig‘iga uylanmay, unga nisbatan noto‘g‘ri muomila qilyapman, deb o‘ylasa, hamda unga uylanishni qattiq xohlasa, o‘z bergan so‘zida turib, uylansin. Bu gunoh emas.
37 Ammo u uylanishni ehtiyoj deb bilmay, o‘z qaylig‘iga uylanmaslikka qattiq qaror qilib, bu borada irodasini ko‘rsata olsa, bu ham yaxshi.
38 Shunday qilib, o‘z qaylig‘iga uylangan kishi yaxshi ish qilgan bo‘ladi, uylanmagan esa undan ham yaxshiroq ish qilgan bo‘ladi.
39 Xotin kishining eri tirik ekan, uning boshi bog‘liqdir. Agar eri o‘lsa, u istagan kishiga turmushga chiqishi mumkin, faqat u erkak Rabbimiz Isoga tegishli bo‘lishi kerak.
40 Ammo menimcha o‘sha ayol tulligicha qolsa, u yana ham baxtli bo‘ladi. Ishonamanki, menda ham Xudoning Ruhi bor.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак