Ezra 1 bob

Kirish

Bu kitob Ezra degan mohir tafsirchi sharafiga nomlangan. Ezra kitobning ikkinchi qismida bosh qahramon bo‘lib gavdalanadi.

Fors shohi Kurush miloddan oldingi 539 yili maxsus farmon joriy qilgani to‘g‘risida “2 Solnomalar” kitobining oxirida bayon qilingan edi. Bu farmonga ko‘ra, Kurush yahudiylarga: “O‘z yurtlaringizga qaytib borib, Egangizning uyini tiklanglar”, deb ijozat berdi. “Ezra” kitobining birinchi qismi (1-6–boblar) Kurushning o‘sha farmoni bilan boshlanadi. Bu qismning davomida bir qancha yahudiylar Quddusga qaytib borib, Ma’badda ish boshlagani to‘g‘risida hikoya qilinadi. Lekin qo‘shni xalqlar yahudiylarga ko‘p xalaqit berar, shuning uchun qurilish ishlari sust borardi. Hatto bir necha yil ish to‘xtab ham qoladi. Nihoyat, miloddan oldingi 515 yili Ma’bad qayta qurib bitkaziladi.

Kitobning bu qismidan yana keyingi davrda yuz bergan muammolar ham o‘rin olgan (4:6-23). Darvoqe, shoh Artaxshas hukmronligi davrida yahudiylar shahar devorini tiklash ishlarini to‘xtatgan edilar.

Kitobning ikkinchi qismi (7-10–boblar) Ezraning Quddusga kelishi bilan boshlanadi. Ezra Yahudo xalqiga Xudoning qonunlarini o‘rgatish uchun Quddusga qaytib keladi. Lekin Isroil xalqi, ota–bobolari singari, gunoh qilayotganini Ezra ko‘rib, dahshatga tushadi. Bu paytda Isroil xalqi butparast xalqlar bilan quda–andachilik qilar, buning oqibatida ular butparastlikka ruju qo‘yib, Xudoning qonunlarini buzayotgan edilar. Bu gunohlari tufayli Isroil xalqi Xudoning qahriga uchrash xavfi ostida qolgan edi (“Qonunlar” 7:1-5 ga qarang). Shu bois Ezra ibodat qilib, Isroil xalqining gunohlaridan o‘t, deb Xudoga iltijo qiladi. Xalq Xudoning qonunlariga itoat etishga rozi bo‘ladi.

“Naximiyo” kitobida ham Ezraning boshqa ishlari to‘g‘risida hikoya qilinadi.

Xudoning xalqi uzoq vaqtgacha mustaqil bo‘la olmadi. Lekin ularning ustidan qaysi shohlik hukmronlik qilmasin, baribir, yahudiy xalqini Xudo boshqarayotganini Ezra bilar edi. Shuning uchun u aytgan ediki: “Ota–bobolarimizning Xudosiga hamdu sanolar bo‘lsin! Egam Quddusdasgi uyini sharaflashi uchun bularni shohning yuragiga soldi. Xudoning marhamati bilan men shohning, maslahatchilarining, barcha obro‘li a’yonlarining iltifotiga sazovor bo‘ldim.” (7:27-28)

 

1–BOB - Ezra

Shoh Kurush yahudiylarga vatanlariga qaytishga ijozat beradi

1 Egamizning Yeremiyo orqali aytganlarini bajo qilish uchun Fors shohi Kurushning ruhini qo‘zg‘atdi. Bu voqea Kurush hukmronligining birinchi yilida sodir bo‘ldi. Shoh Kurush shohligining hamma tomoniga xabarchilar jo‘natib, yozma farmonda quyidagilarni e’lon qildi:
2 “Fors shohi Kurush shunday demoqda: — Samoviy Xudo — Egamiz yer yuzidagi jamiki shohliklarni menga bergan. U Yahudo yurtidagi Quddus shahrida O‘ziga bir uy qurishni menga topshirdi.
3 Xudoning xalqidan bo‘lganlarga men ijozat beraman: ular Quddusga borishlari va Isroil xalqining Xudosi — Egamizning uyini qayta qurishlari mumkin. Quddusda sajda qilinadigan Xudo Udir. Isroil xalqiga o‘zlarining Xudosi yor bo‘lsin.
4 Surgundagi yahudiylar yashaydigan hamma joyda shunday deb e’lon qilinsin: Quddusga qaytmaydigan yahudiylar qaytadigan yahudiylarga yordam bersin. Ularga kumush, oltin, safar uchun zarur buyumlar va chorva berishsin. Shuningdek, Xudoning Quddusdagi uyi qayta qurilishi uchun ko‘ngildan chiqarib nazrlar berishsin.”
5 Shunday qilib, Yahudo va Benyamin qabilalarining urug‘boshilari, ruhoniylar va levilar, shuningdek, Xudo ruhlantirgan har bir odam Egamizning Quddusdagi uyini qayta qurish uchun safarga tayyorlandi.
6 Barcha qo‘shnilari ularga chin ko‘ngildan chiqarib nazrlar berdilar. Bulardan tashqari, kumush idishlar, oltin, safar uchun buyumlar, chorva va boshqa qimmatbaho hadyalar berib yordam qildilar
7 Shoh Kurush Egamizning uyiga tegishli bo‘lgan buyumlarni olib kelishni buyurdi. Bu buyumlarni shoh Navuxadnazar Quddusdan olib kelib, o‘zining xudolari uyiga qo‘ygan edi.
8 Shoh Kurush bu buyumlarni xazinabon Mitradot nazorati ostiga topshirtirdi. Mitradot esa bularni Yahudo yo‘lboshchisi Shashbazzarga sanab berdi.
9 Buyumlarning ro‘yxati quyidagicha edi: oltin tog‘orachalar — 30 ta kumush tog‘orachalar — 1000 ta boshqa idishlar — 29 ta
10 oltin kosalar — 30 ta kumush kosalar — 410 ta boshqa buyumlar — 1000 ta.
11 Oltin va kumush buyumlarning jami 5400 ta edi. Shashbazzar boshqa asirlar qatorida Bobildan Quddusga qaytib ketayotganda, bu buyumlarning hammasini o‘zi bilan olib ketdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак