Ezra 7 bob

1 Ezra Quddusga keladi. 11 Artaxshasning Ezraga bergan xati. 27 Ezra Xudoni madh qiladi. 28 Ezra safarga tayyorlanadi.

1 Oradan ko‘p yillar o‘tdi. Fors shohi Artaxshas hukmronligi davrida Ezra degan bir odam bor edi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Ezra — Sarayoning o‘g‘li, Sarayo — Ozariyoning o‘g‘li, Ozariyo — Xilqiyoning o‘g‘li,
2 Xilqiyo — Shallumning o‘g‘li, Shallum — Zodo‘xning o‘g‘li, Zodo‘x — Oxitobning o‘g‘li,
3 Oxitob — Emoriyoning o‘g‘li, Emoriyo — Ozariyoning o‘g‘li, Ozariyo — Maroyo‘tning o‘g‘li,
4 Maroyo‘t — Zaraxiyoning o‘g‘li, Zaraxiyo — Uzzining o‘g‘li, Uzzi — Bukkining o‘g‘li,
5 Bukki — Abushuvaning o‘g‘li, Abushuva — Finxazning o‘g‘li, Finxaz — Elazarning o‘g‘li, Elazar — oliy ruhoniy Horunning o‘g‘li edi.
6 Ezra Isroil xalqining Xudosi — Egamizning Musoga bergan qonunini juda yaxshi biladigan mohir tafsirchi edi.
7 Shoh Artaxshas hukmronligining yettinchi yilida Ezra Bobildan Quddusga tomon yo‘lga otlandi. Isroil xalqidan, ruhoniylardan, levilardan, qo‘shiqchilardan, Ma’bad darvozabonlaridan, Ma’bad xizmatkorlaridan ba’zilari ham Ezra bilan birga Quddusga ketmoqchi bo‘ldilar. Ezraga Egasi Xudo yor bo‘lgani uchun, shoh unga so‘ragan narsasini in’om qildi.
8 -
9 Birinchi oyning birinchi kunida ular Ezraning boshchiligida Bobildan chiqdilar. Ezraga Xudoning marhamati yor bo‘lgani uchun, ular to‘rt oydan keyin — beshinchi oyning birinchi kunida Quddusga yetib keldilar.
10 Ezra butun hayotini Xudoning qonunlarini o‘rganishga, bu qonunlarni bajarishga, Isroil xalqiga Xudoning qonun–qoidalarini o‘rgatishga bag‘ishlagan edi.
11 Egamizning Isroil xalqiga bergan amr va qonunlarining mohir tafsirchisi — ruhoniy Ezraga shoh Artaxshas maktub bergan edi. Maktubning mazmuni quyidagicha edi:
12 “Samoviy Xudo qonunlarining mohir tafsirchisi — ruhoniy Ezraga shahanshoh Artaxshasdan salomlar bo‘lsin.
13 Mening shohligimda istiqomat qilayotgan Isroil xalqidan, shuningdek, ruhoniy va levilardan sen bilan Quddusga ketishni istagan har kimga ijozat berilsin, deb farmon beraman.
14 Men yettita maslahatchim bilan birga seni Yahudo yurti va Quddusga yuborib, u yerdagi vaziyatni tekshirib chiqishingga vakolat beramiz. Senga topshirilgan Xudoyingning qonuni u yerda ijro etilyaptimi yoki yo‘qmi, bilib kel.
15 Quddusda maskan qilgan Isroil xalqining Xudosiga biz ko‘ngildan chiqarib nazr qilgan kumush va oltinlarni ham o‘zing bilan olib ket.
16 Bobil viloyati bo‘ylab sen to‘playdigan hamma kumush va oltinni ol. Isroil xalqi va ularning ruhoniylari o‘z Xudosining Quddusdagi uyi uchun ko‘ngildan chiqarib beradigan nazrlarni ham olib ket.
17 Bu pulga, birinchi navbatda, buqalar, qo‘chqorlar, qo‘zilar, ularga qo‘shib qilinadigan don bilan sharob nazrlarini sotib ol. Bularni Xudoyingning Quddusdagi uyi qurbongohida nazr qil.
18 Qolgan kumush va oltinni esa Xudoyingning xohishiga muvofiq, o‘zingga va hamkorlaringga ma’qul kelganicha ishlatsang bo‘ladi.
19 Xudoyingning uyida foydalanish uchun berilgan buyumlarni Quddusdagi Xudoga in’om qil.
20 Bordi–yu, Xudoyingning uyi uchun yana boshqa xarajatlar talab qilinsa, mablag‘ni shoh xazinasidan olishing mumkin.
21 Men, shoh Artaxshas, Furot daryosining g‘arbidagi viloyat xazinabonlarining hammasiga farmon beraman: Samoviy Xudo qonunlarining mohir tafsirchisi — ruhoniy Ezra nima talab qilmasin, uning talabi so‘zsiz ijro etilsin.
22 210 pudga qadar kumush, 1000 tog‘oraga qadar bug‘doy, 200 ko‘zaga qadar sharob, 200 ko‘zaga qadar moy va keragicha tuz berilsin.
23 Samoviy Xudo O‘z uyi uchun nimalarni amr qilgan bo‘lsa, o‘sha narsalar albatta muhayyo qilinsin. Mendan va mening merosxo‘rlarimdan Xudo g‘azablanmasin.
24 Biz yana sizlarni xabardor qilamizki, ruhoniylardan, levilardan, qo‘shiqchilardan, Ma’bad darvozabonlaridan, Ma’bad xizmatkorlaridan, Xudoning uyidagi boshqa xizmatkorlardan o‘lpon, soliq yoki xiroj olish man etiladi.
25 Sen, Ezra, Xudo bergan donolik bilan qozi va hakamlarni tayinla. Ular Furot daryosining g‘arbidagi viloyatda Xudoyingning qonunlarini biladigan jamiki xalqni hukm qilsinlar. Qonunlarni bilmaydigan odamlarga sizlar ta’lim beringlar.
26 Xudoyingning qonuniga va shohning qonuniga itoat qilmaganlarning hammasi albatta jazoga tortilsin: qatl qilinsin yoki surgun qilinsin, mol– mulki musodara qilinsin yoki qamoqqa tashlansin.”
27 Ota–bobolarimizning Xudosiga hamdu sanolar bo‘lsin! Egam Quddusdagi uyini sharaflashi uchun bularni shohning yuragiga soldi.
28 Xudoning marhamati bilan men shohning, maslahatchilarining, barcha obro‘li a’yonlarining iltifotiga sazovor bo‘ldim. Egam Xudo menga yor bo‘lgani uchun, men dadil bo‘lib, Isroil yo‘lboshchilarini o‘zim bilan olib ketgani to‘pladim.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18