Ezra 6 bob

1 Shoh Kurushning farmoni qidiriladi. 6 Shoh Doro Ma’baddagi ishlarni davom ettirishni buyuradi. 13 Ma’bad qurib bitkaziladi va Xudoga bag‘ishlanadi. 19 Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayrami.

1 Shundan so‘ng shoh Doro, Bobilda saqlanadigan hujjatlar sinchiklab qarab chiqilsin, deb farmon berdi.
2 Nihoyat, Midiya viloyatining markazi Yekbatana shahridagi arxivdan bir o‘rama qog‘oz topildi. Unda quyidagilar yozilgan edi:
3 “Shoh Kurush o‘z hukmronligining birinchi yilida Xudoning Quddusdagi uyiga oid shunday farmon chiqardi: Xudoning uyi oldingi o‘rnida qayta qurilsin, toki odamlar u yerda qurbonliklar keltira oladigan bo‘lishsin. Bu uyning balandligi oltmish tirsak, kengligi ham oltmish tirsak bo‘lsin.
4 Devorlari yo‘nilgan tosh va yog‘ochdan qurilsin, har uch qator toshning ustiga bir qator yog‘och yotqizilsin. Xarajatlar shoh xazinasidan to‘lansin.
5 Bundan tashqari, Navuxadnazar Quddusdagi Ma’baddan Bobilga olib kelgan Xudoning uyiga tegishli buyumlar ham Quddusga qaytarib olib borilsin. Hammasi Xudoning uyiga oldingiday joylashtirilsin.”
6 Shoh Doro shunday maktub jo‘natdi: “Furot daryosining g‘arbidagi viloyat hokimi Tattanay, Shatarbo‘zanay va sheriklaringiz — viloyat amaldorlari! Sizlar nari turinglar!
7 Xudoning uyidagi ishlarga aralashmanglar. Yahudo hokimi va yahudiy oqsoqollar Xudoning uyini oldingi o‘rnida qaytadan quraverishsin.
8 Bundan tashqari, sizlar yahudiy oqsoqollarga Xudoning uyini qayta qurishda quyidagicha yordam berishingizni amr qilaman: ish uchun kerak bo‘lgan hamma mablag‘ni ularga kechiktirmay yetkazib turinglar. Mablag‘ni Furot daryosining g‘arbidagi viloyatdan yig‘ilgan o‘lpondan — shoh xazinasidan to‘langlar.
9 Quddusdagi ruhoniylarSamoviy Xudoga har kuni kuydiriladigan nazrlarni keltira olishlari uchun ularni kerakli narsalar bilan ta’minlanglar. Ularga so‘raganini — buqa, qo‘chqor, qo‘zilarni, shuningdek, bug‘doy, tuz, sharob va zaytun moyini beringlar.
10 Shunda ular Samoviy Xudoga ma’qul keladigan qurbonliklarni nazr qila oladigan bo‘lishadi hamda meni va farzandlarimni duo qilib yurishadi.
11 Yana buyuraman: kim bu farmonimni o‘zgartirsa, o‘sha odamning uyidan xoda sug‘urib olinsin. Aybdor odam tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqilsin. Qilgan jinoyati uchun uyi buzib tashlanib, go‘ngtepaga aylantirilsin.
12 Bu farmonimni o‘zgartirishga uringan yoki Xudoning Quddusdagi uyini yo‘qotishga harakat qilgan har qanday shoh yoki xalqni Xudoning O‘zi yo‘q qilsin. Zotan Xudo ulug‘lanishi uchun O‘ziga Quddus shahrini tanlagan. Bu farmonni men, Doro, joriy qildim. Farmonim so‘zsiz bajarilsin.”
13 Shoh Doro yuborgan buyruqqa muvofiq, Furot daryosining g‘arbidagi viloyat hokimi Tattanay, Shatarbo‘zanay va ularning sheriklari shohning farmonini so‘zsiz bajarishdi.
14 Shunday qilib, yahudiy oqsoqollar Xudoning uyini quraverdilar, ish bir maromda ilgarilab borardi. Xaggey va Iddo o‘g‘li Zakariyo payg‘ambarlar esa ularni bashoratlari bilan ruhlantirib turdilar. Yahudiy oqsoqollar Isroil xalqining Xudosi amriga hamda Fors shohlari Kurush, Doro va Artaxshasning farmonlariga ko‘ra, qurilishni tamomladilar.
15 Adar oyining uchinchi kuni, shoh Doro hukmronligining oltinchi yilida Xudoning uyi qurilishi tugatildi.
16 Isroil xalqi — ruhoniylar, levilar va asirlikdan qaytgan boshqa odamlar shod–xurramlik bilan uyni Xudoga bag‘ishladilar.
17 Ular Xudo uyining bag‘ishlanishiga atab, 100 ta buqa, 200 ta qo‘chqor, 400 ta qo‘zini qurbonlik qildilar. Isroil qabilalarining soniga ko‘ra, butun Isroil xalqi uchun 12 ta takani gunoh qurbonligi qildilar.
18 So‘ng ruhoniy va levilarni guruhlarga bo‘ldilar, ularga Xudoning Quddusdagi uyida bajariladigan vazifalarni taqsimlab berdilar. Bularning hammasini Musoning kitobida yozilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha qildilar.
19 Asirlikdan qaytganlar keyingi yilning birinchi oyi, o‘n to‘rtinchi kunida Fisih ziyofatini nishonladilar.
20 Ruhoniylar va levilar o‘zlarini pokladilar. Hammalari pok bo‘lganlaridan keyin, levilar asirlikdan qaytgan xalq uchun, ruhoniylar uchun va o‘zlari uchun Fisih qo‘zisini so‘ydilar.
21 Asirlikdan qaytgan Isroil xalqi Fisih taomidan tanovul qildi. Yurtdagi boshqa odamlar ham yahudiylarga qo‘shilib, Fisih taomidan tanovul qildilar. Ular Isroil xalqining Xudosi — Egamizga sajda qilish uchun qo‘shni xalqlarning butparast udumlaridan voz kechgan edilar.
22 Hammasi shod– xurramlik bilan yetti kun davomida Xamirturushsiz non bayramini birgalikda nishonladilar. Ular xursand edilar, chunki Egamiz ularni Ossuriya shohining iltifotiga sazovor qilgan edi. Ossuriya shohi ularga Isroil xalqi Xudosining uyini qayta qurishda yordam bergandi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18