Ezra 3 bob

1 Quddusda sajda qilish qaytadan boshlanadi. 7 Xalq Ma’badni qayta qura boshlaydi.

1 Isroil xalqi o‘z shaharlariga o‘rnashib olganlardan keyin, yettinchi oyda hammasi Quddusda yig‘ilishdi.
2 Yohuzadax o‘g‘li Yoshua, uning ruhoniy hamkorlari va Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel urug‘–aymog‘i bilan birgalikda Isroil xalqining Xudosiga atalgan qurbongohni qaytadan qurdilar. Ularning maqsadi: Xudoning odami — Musoning Tavrotida yozilgan amrlarga muvofiq, qurbongohda kuydiriladigan qurbonliklarni keltirish edi.
3 Ular mahalliy xalqlardan qo‘rqardilar, ammo shunga qaramay, qurbongohni oldingi poydevori ustiga qurdilar. Qurbongohning ustida har kuni ertalab va kechqurun Egamizgaqurbonliklarni kuydirib nazr qildilar.
4 So‘ngra Musoning qonunida yozilgani singari, Chayla bayramini nishonladilar. Har bir bayram kuniga oid qurbonliklar qilib, kuydirdilar.
5 Ular kunda kuydiriladigan qurbonliklardan tashqari, har oyda nishonlanadigan yangi oy shodiyonasida va yil davomida Egamizga atab nishonlanadigan bayramlarda qurbonliklar keltirdilar. Shuningdek, ko‘ngildan chiqarib qurbonliklar olib keldilar.
6 Xullas, odamlar yettinchi oyning birinchi kunidan boshlab, Egamizga kuydiriladigan qurbonliklarni keltira boshlagan edilar. Lekin Egamizning Ma’badi poydevori hali yotqizilmagan edi.
7 Xalq tosh yo‘nuvchilarni va duradgorlarni pul bilan ta’minlab turdi. Ular Fors shohi Kurushning ijozati bilan O‘rta yer dengizi orqali Lubnondan Yaffa shahriga sadr yog‘ochlarini keltirdilar. Yog‘ochlarni olib kelgan Sidonliklar va Tirliklarga yegulik, ichimlik va zaytun moyi berdilar.
8 Asirlikdan qaytganlar Xudoning Quddusdagi uyi vayronalari oldiga kelganlariga bir yilu ikki oy bo‘lgach, ular Egamizning uyini qayta qurishni boshladilar. Qurilishda Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel, Yohuzadax o‘g‘li Yoshua, ularning birodarlari ruhoniy va levilar, shuningdek, asirlikdan qaytib kelgan hamma odamlar ishtirok etdi. Ular qurilish ishlarini nazorat qilish uchun yigirma va undan yuqori yoshdagi levilarni tayinladilar.
9 Xudoning uyi qurilishini Yeshuva, uning o‘g‘illari va qarindoshlari, Kadmil va uning o‘g‘illari nazorat qilar edilar. (Yeshuva va Kadmil Xo‘daviyo naslidan edilar.) Ularga bu ishda levilarning Xanadod urug‘i yordam berar edi.
10 Binokorlar Egamiz Ma’badining poydevorini yotqizib bo‘lganlaridan keyin, ruhoniylar o‘z liboslarini kiydilar. Isroil shohi Dovudning ko‘rsatmalariga muvofiq, ruhoniylar karnaylari bilan, Osif naslidan bo‘lgan levilar zanglari bilan, Egamizga hamdu sano aytish uchun o‘z joylarini egalladilar.
11 Ular Egamizga hamdu sano va shukronalar aytib, shunday naqorat kuyladilar: “Egamiz yaxshidir, Uning Isroilga bo‘lgan sodiq sevgisi abadiydir.” Egamizning uyi poydevori yotqizilganidan, butun xalq baland ovoz bilan Egamizga hamdu sano aytdi.
12 Odamlar xursandchilikdan baqirardi, Egamizning oldingi uyini ko‘rgan yoshi ulug‘ ruhoniylar, levilar va urug‘boshilarning ko‘pchiligi esa uyning poydevorini ko‘rganlarida ho‘ngrab yig‘ladilar.
13 Xalq shunchalik qattiq baqirardiki, ovozlari uzoqdan ham eshitilib turardi. Buni eshitganlar xursandchilik ovozlarini yig‘i tovushidan farqlay olmasdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18