Ezra 4 bob

1 Dushmanlar Ma’badning qayta qurilishiga to‘sqinlik qiladilar. 6 Yahudiylar Quddus devorlarini ko‘targanlarida yana qarshiliklarga duch keladilar. 24 Ma’baddagi qurilish ishlari qayta boshlanadi.

1 Yahudo va Benyamin qabilasining g‘animlari: “Asirlikdan qaytib kelganlar Isroilning Xudosi — EgamizMa’badini qayta qurayotgan ekanlar”, degan xabarni eshitib qolishdi.
2 Ular Zarubabelning va urug‘boshilarning oldiga kelib, shunday dedilar: “Biz ham sizlarga qo‘shilib Xudoyingizning uyini quraylik, chunki biz ham, sizlar singari, Xudoyingizga sajda qilamiz. Ossuriya shohi Isarxaddo‘n bizni bu yerga olib kelgandan buyon Xudoyingizga qurbonlik qilib kelyapmiz.”
3 Lekin Zarubabel, Yoshua va Isroilning boshqa urug‘boshilari ularga shunday deb javob berdilar: “Sizlar Xudoyimizga uyni biz bilan birga qurmaysizlar. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz uchun uyni o‘zimiz quramiz. Fors shohi Kurush buni bizga buyurgan.”
4 Shundan keyin mahalliy xalqdan bo‘lgan bu g‘animlar Yahudo xalqini sarosimaga solib, qo‘rqitishga va qurilish ishlaridan qaytarishga harakat qilishdi.
5 Ular amaldorlarga pora berib, Fors shohi Kurushning butun hukmronligi davomida Ma’badni qayta qurish rejalariga qarshilik qilib keldilar. Doro taxtni egallab, Fors shohi bo‘lgunga qadar bu ahvol davom etib keldi.
6 Bir necha yildan keyin shoh Axashverash taxtga chiqdi. Axashverash hukmronligining boshlarida, g‘animlar Yahudo yurti va Quddus shahrida yashayotgan yahudiylarga qarshi aybnoma yozdilar.
7 Hatto keyinroq — Fors shohi Artaxshas hukmronligi davrida ham Bishlam, Mitradot, To‘val va ularning boshqa sheriklari shohga maktub yozdilar. Maktub oramiycha yozilib, tarjima qilindi.
8 Keyin hokim Raxum va kotib Shimshay ham shoh Artaxshasga Quddus aholisini qoralab maktub yozdi. Maktub shunday so‘zlar bilan boshlangan edi:
9 “Hokim Raxumdan, kotib Shimshaydan va ularning boshqa sheriklari — hakamlar, yo‘lboshchilar, amaldorlar, Eraxliklar, Bobilliklar, Shushanliklar (ya’ni Elam xalqi),
10 shuningdek, ulug‘ va qudratli shoh O‘snapar Samariya shaharlariga va Furot daryosining g‘arbidagi viloyatga olib kelib o‘rnashtirgan turli xalqlardan maktub.”
11 Ular yuborgan maktubning mazmuni quyidagicha edi: “Shoh Artaxshas janobi oliylari! Biz, Furot daryosining g‘arbidagi viloyatda istiqomat qiluvchi qullaringiz, sizga salom yo‘llamoqdamiz.
12 Janobi oliylariga shu narsa ma’lum bo‘lsinkim, sizning qo‘l ostingizdagi boshqa o‘lkalardan Quddusga kelib o‘rnashgan yahudiylar isyonkor, bexosiyat shaharni qaytadan tiklamoqdalar. Ular poydevor yotqizib, tez orada shahar devorlarini ham qurib tugatadilar.
13 Janobi oliylarini shundan xabardor qilmoqchimizki, agar shahar qaytadan qurilib, devorlari ham bitsa, yahudiylar o‘lpon, soliq va xiroj to‘lamay qo‘yadilar. Natijada shohlikning daromadi kamayib ketadi.
14 Saroyning tuziga biz ham sherik bo‘lganimiz uchun, shohimizning sharmanda bo‘lishiga qarab o‘tirishimiz bizga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun maktub jo‘natib, shohimizni xabardor qilmoqchi bo‘ldik.
15 Siz farmon bering: ota–bobolaringizning yilnomalarini ko‘rib chiqishsin. Bu shahar g‘alayon makoni bo‘lganini o‘sha yilnomalardan topasiz. Bu shahar oldindan hukmdorlar va viloyat hokimlariga qarshi bosh ko‘tarib, ko‘p muammolar tug‘dirgan, shu sababdan vayron qilingan edi.
16 Biz janobi oliylariga shuni ma’lum qilib qo‘ymoqchimizki, agar bu shahar qayta qurilib, devorlari bitsa, Furot daryosining g‘arbidagi bu viloyatga egalik qila olmay qolasiz.”
17 Shoh quyidagicha javob jo‘natdi: “Samariyada va Furot daryosining g‘arbidagi viloyatda istiqomat qilayotgan hokim Raxumga, kotib Shimshayga va ularning boshqa sheriklariga salom yo‘llayman.
18 Sizlar menga yuborgan maktub huzurimda tarjima qilinib, o‘qib eshittirildi.
19 Shunday qilib, mening farmonimga binoan, tekshiruv olib borildi va bu shahar oldindan shohlarga qarshi isyon ko‘targani aniqlandi. Haqiqatan ham, bu shahar isyonu g‘alayon makoni bo‘lgan ekan.
20 Quddusda qudratli shohlar bo‘lgan ekan. Ular Furot daryosining g‘arbidagi barcha yurtlarni boshqargan ekanlar, o‘sha yurtlardan o‘lpon, soliq va xiroj yiqqan ekanlar.
21 Shuning uchun yahudiylarga buyuringlar, ishni to‘xtatsinlar. Men farmon bermagunimcha shahar qayta qurilmasin.
22 Hushyor bo‘linglar: mening manfaatimga zarar keltiradigan ish boshqa qilinmasin.”
23 Shoh Artaxshasning maktubi Raxum, kotib Shimshay va ularning sheriklari huzurida o‘qilgach, ular shosha–pisha Quddusga bordilar, shahar qurilishini to‘xtatishga yahudiylarni majburladilar.
24 Xudoning Quddusdagi uyini qayta qurish ishlari to‘xtatilgan edi. Fors shohi Doro hukmronligining ikkinchi yiligacha u yerda hech qanday ish qilinmadi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18