Ezra 9 bob

1 Isroil xalqi butparastlar bilan qudalashib olganidan Ezra xabardor bo‘ladi. 5 Ezra iltijo qiladi.

1 Shu voqealardan keyin Isroil xalqining yo‘lboshchilari mening oldimga kelib, shunday deyishdi: “Asirlikdan qaytgan Isroil xalqining ko‘pchiligi, hatto ba’zi ruhoniylar bilan levilar mahalliy xalqlardan o‘zlarini saqlamadilar. Ular Kan’on, Xet, Pariz, Yobus, Ommon, Mo‘ab, Misr va Amor xalqlarining jirkanch odatlarini o‘zlashtirib oldilar.
2 Yahudiy erkaklarining ba’zilari o‘sha xalqlarning qizlariga uylandilar, o‘g‘illariga ham o‘sha xalqlarning qizlaridan olib berdilar. Shu tariqa muqaddas xalq yurtdagi boshqa xalqlar bilan chatishib ketdi. Bu xiyonatni yo‘lboshchilar bilan amaldorlar boshlab berishdi.”
3 Men bu gaplarni eshitganimda qayg‘udan ko‘ylagim va ridoimni yirtib tashladim, soch– soqolimni yuldim. Qattiq iztirobda qoldim.
4 Asirlikdan qaytganlarning bu xiyonati dastidan Isroil Xudosining so‘zlaridan qo‘rqadigan hamma odamlar mening atrofimga to‘plandilar. Men esa kechki qurbonliknazr qilinadigan paytgacha iztirob chekib o‘tiraverdim.
5 Kechki qurbonlik paytida men hamon iztirob chekkanimcha o‘tirgan o‘rnimdan turdim. Ko‘ylaklarim va ridoim yirtilgan holatda tiz cho‘kdim. Egam Xudoga qo‘llarimni cho‘zib,
6 yolvordim: “Ey Xudoyim! Qattiq xijolatdaman, huzuringda boshimni ko‘tarishga botinolmayman. Ey Xudoyim! Ayblarimiz boshimizdan ham oshib ketgan, gunohlarimiz tog‘day uyilib, osmonu falakka yetgan.
7 Ota–bobolarimiz davridan shu kungacha biz gunohga botib keldik. Ayblarimiz tufayli Sen bizni, shohlarimizni, ruhoniylarimizni boshqa yurtlarning shohlariga mag‘lub qilding. Ular bizni o‘ldirishdi, talon–taroj qilishdi, asir qilib olib ketishdi, xuddi hozirgiday, biz sharmandali ahvolga tushdik.
8 Endi esa, ey Egamiz Xudo, sen qisqa vaqt davomida bizga shafqatingni ko‘rsatib, bizni omon saqlading, muqaddas maskaning oldiga joylashtirding. Bizga umid berding, qulligimizda ozgina bo‘lsa ham, halovat ato qilding.
9 Ey Xudoyimiz, biz qul bo‘lsak ham, Sen bizni tark etmading. Bizga marhamat ko‘rsatib, Fors shohining iltifotiga sazovor qilding. Bizga yangi hayot ato qilding, uyingni qayta qurishimizga, uni tiklashimizga imkoniyat berding, Yahudo yurtida va Quddusda bexatar yashashimizga imkoniyat yaratding.
10 Ey Xudoyimiz, endi nima ham derdik?! Bularning hammasidan keyin ham biz amrlaringga rioya qilmadik.
11 Sen payg‘ambar qullaring orqali shunday amr bergan eding: — Sizlar egalik qilish uchun kirayotgan bu yurt mahalliy xalqlarning butparast udumlari tufayli harom bo‘lgan. Xalqlar jirkanch odatlari bilan butun yurtni u boshidan bu boshigacha bulg‘adilar.
12 Shuning uchun ularga qiz uzatmanglar, o‘g‘illaringizga ularning qizlarini olib bermanglar. Ularga hech qachon tinchlik va farovonlikni ravo ko‘rmanglar. Shundagina sizlar kuchli bo‘lasizlar, yurtning a’lo hosilidan yeb, rohatlanasizlar, bu yurtni bolalaringizga abadiy meros qilib qoldirasizlar.
13 Boshimizga tushgan hamma ko‘rgiliklarga qilgan qabih ishlarimiz, o‘zimizning ayblarimiz sabab bo‘ldi. Ey Xudoyimiz, shunga qaramay, sen bizni qilmishlarimizga yarasha jazolamay, oz jazolading, ayrimlarimizni omon saqlading. Mana shulardan keyin ham
14 biz amrlaringni buzdik. Jirkanch odatlarga mukkasidan ketgan xalqlar bilan quda–andachilik qildik! Endi Sen bizdan g‘azablanib, birontamizni ham tirik qoldirmay qirib tashlashing aniq!
15 Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz, Sen adolatlisan. Shunga qaramay, shu kungacha Sen bizni asrab kelding. Sening oldingda turishga haqimiz yo‘q, lekin mana, ayblarimiz bilan oldingda turibmiz.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18