Ibroniylarga maktub 7 bob

1 Ulug‘ ruhoniy Maliksidiq. 11 Maliksidiqqa o‘xshash boshqa bir Ruhoniy.

1 Maliksidiq — Salim shohi va Xudoyi Taoloning ruhoniysi edi. Ibrohim to‘rtta shohni mag‘lub etib, qaytib kelayotganda, Maliksidiq uni kutib olgani chiqib, duo qilgan edi.
2 Ibrohim esa Maliksidiqqa olgan hamma o‘ljasining o‘ndan birini bergandi. Maliksidiq ismining ma’nosi “adolat shohi” demakdir. U yana “tinchlik shohidir”, chunki Salim “tinchlik” ma’nosini beradi.
3 Uning na otasi, na onasi, na nasabnomasi bor. Hayotining boshi ham, oxiri ham yo‘q. U Xudoning O‘g‘li singari to abad ruhoniy bo‘lib qoladi.
4 Maliksidiq qanchalik buyuk zot ekanligini bilib qo‘ying! Hatto ulug‘ ajdodimiz Ibrohim ham o‘ljasining o‘ndan birini unga bergandi.
5 Levi naslidan bo‘lgan ruhoniylar esa Tavrotda buyurilishicha Isroil xalqidan, ya’ni o‘z birodarlaridan ushr yig‘ishlari kerak edi. Vaholanki, Isroil xalqining hammasi Ibrohimning avlodlaridir.
6 Maliksidiq Levi naslidan bo‘lmasa– da, Ibrohimdan ushr oldi. So‘ng Ibrohimni — Xudoning va’dalarini olgan zotni duo qildi.
7 Hammamizga ma’lumki, duo qilgan odam duo olgan odamdan ulug‘roqdir.
8 Ushr yig‘adigan ruhoniylar foniy bandalar edi. Ibrohimdan ushr olgan Maliksidiq esa, Muqaddas Bitiklarda yozilishicha hanuz barhayotdir.
9 Hatto aytishimiz mumkinki, ushr oluvchi levi ruhoniylari ham Ibrohim orqali Maliksidiqqa ushr bergandilar.
10 Chunki Maliksidiq Ibrohimni kutib olganda, levi ruhoniylari hali bobokaloni Ibrohimning pushti kamarida edilar.
11 Levi ruhoniylari bizni barkamol qila olmaydilar. Shuning uchun Xudo Horunning nasabidan bo‘lgan ruhoniyni emas, balki Maliksidiqqa o‘xshagan boshqa bir ruhoniyni yubordi. Isroil xalqiga berilgan qonunlar levi ruhoniylari orqali joriy qilingan edi.
12 Shunday ekan, Xudo yangi ruhoniylikni tashkil qilganda, yangi qonunlarni ham joriy qildi.
13 Buni biz aytib o‘tgan ruhoniy, ya’ni Rabbimiz Iso misolida aniq ko‘rishimiz mumkin. Biz bilamizki, Rabbimiz Iso Levi qabilasidan emas, balki Yahudo qabilasidan kelib chiqqan. Yahudo qabilasidan hech kim ruhoniy bo‘lib, qurbongohda xizmat qilmagan. Buning ustiga, Muso bu qabila haqida gapirganda ruhoniylikka doir biron ko‘rsatma bermagan.
14 -
15 Yangi qonunlar joriy qilinganini yana shundan aniq ko‘rishimiz mumkin: Rabbimiz xuddi Maliksidiq kabidir.
16 Uning ruhoniyligi bu foniy dunyoning talabiga, ya’ni nasl–nasabga doir qoidalarga asoslanmagan, balki Maliksidiqning ruhoniyligi singari cheksiz hayot qudratiga asoslangan.
17 Zotan Muqaddas Bitiqda U haqda shunday yozilgan: “Sen Maliksidiq singari To abad ruhoniysan.”
18 Demak, avvalgi qonun–qoidalar ojiz va samarasiz bo‘lgani uchun bekor qilindi.
19 Chunki qonun biron–bir kishini kamolotga yetkaza olmagan. Endi qonun o‘rniga bizga a’loroq bir umid berildi, biz bu umid orqali Xudoga yaqinlasha olamiz.
20 Bundan tashqari, Isoni Xudo Oliy ruhoniy qilib tayinlaganda ont ichgandi.
21 Muqaddas Bitiklarda bu haqda shunday deyilgan: “Egamiz ont ichgan, qarorini o‘zgartirmas: ‘Sen to abad ruhoniysan.’” Ammo levi ruhoniylari tayinlanganda, Xudo biron marta ont ichmagan.
22 Demak, Xudo Iso orqali bizni a’loroq bir ahdga erishtirdi, Isoning O‘zi bunga kafildir.
23 Yana bir farq shundaki: levi ruhoniylarining soni ko‘p edi, chunki o‘lim ruhoniylarga xizmatlarini davom etishga monelik qilar edi.
24 Ammo Iso mangu bo‘lgani uchun, to abad ruhoniy bo‘lib xizmat qiladi.
25 Shuning uchun U O‘zi orqali Xudoga yaqinlashuvchilarga abadiy najot bera oladi. Axir, Iso doim barhayot bo‘lib, ular uchun Xudoga iltijo qiladi.
26 Bizga aynan shunday — muqaddas, beg‘ubor va pok Oliy ruhoniy kerak edi. Iso gunohkorlardan ayrilgan, osmondan ham yuqoriga ko‘tarilgan.
27 U boshqa oliy ruhoniylar kabi har kuni, oldin o‘z gunohlari uchun, keyin xalqning gunohlari uchun qurbonlik keltirishi kerak emas. Chunki U bir marta O‘zini qurbon qilib, xalqning gunohlari uchun keltiriladigan hamma qurbonliklarga chek qo‘ydi.
28 Tavrotga binoan oliy ruhoniylikka ojiz bandalar tayinlanardi. Ammo endi Xudoning ont ichib bergan va’dasiga binoan oliy ruhoniylikka barkamollikka erishgan va to abad barkamol qoladigan Xudoning O‘g‘li tayin etildi. Xudo buni ont ichib bergan va’dasiga ko‘ra amalga oshirdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18