Ibroniylarga maktub 2 bob

1 Buyuk najotga e’tiborsiz bo‘lmaylik. 5 Bizga najot berish uchun Iso inson bo‘lib keldi.

1 Shu sababdan biz butun e’tiborimizni eshitganlarimizga qaratishimiz kerak. Shunda haqiqatdan og‘ib ketmaymiz.
2 Farishtalar orqali ota–bobolarimizga berilgan Tavrotqonunlari majburiy edi. Agar Tavrot qonunlarini buzgan va ularga itoat etmagan odamlar har bir qilmishiga yarasha jazolangan bo‘lsa,
3 nahotki biz buyuk najot xabariga e’tiborsiz qolsak jazodan qochib qutula olamiz?! Axir, dastlab bu najot xabarini bizga Rabbimiz Isoning O‘zi e’lon qildi–ku. Rabbimizga quloq solgan shohidlar bu xabarning haqiqiyligini bizga tasdiqlashdi.
4 Xudo ham bu xabarni tasdiqladi: U alomatu mo‘jizalar va turli xil ajoyibotlar ko‘rsatdi, O‘z xohish–irodasiga ko‘ra Muqaddas Ruhning in’omlarini ulashib berdi.
5 Biz aytayotgan kelajak dunyoni Xudo farishtalarga tobe qilmadi.
6 Aksincha, Muqaddas Bitiklarda Xudoga shunday deb aytilgan: “Inson zoti nedirki, u haqda o‘ylagaysan?! Inson o‘g‘li nedirki, Sen uni ardoqlaysan?!
7 Sen uni qisqa vaqtgagina farishtalardan past qilding, Keyin esa izzatu sharaf tojini unga kiygizding.
8 Bor narsani uning oyog‘i ostiga qo‘yding.” “Bor narsani uning oyog‘i ostiga qo‘yding” degani, Xudo butun borliqni o‘sha insonning hokimiyatiga tobe qilganini bildiradi. Hozirgi kunda esa butun borliq unga tobe bo‘lganini biz ko‘rayotganimiz yo‘q.
9 Ammo “qisqa vaqtgagina farishtalardan past bo‘lgan” insonni, ya’ni Isoni biz ko‘rib turibmiz. U inson bo‘lib keldi, Xudoning inoyati tufayli butun insoniyat uchun azob chekib, o‘ldi. Shu sababdan endi “izzatu sharaf tojini kiydi.”
10 Xudo hamma narsani yaratgan va hamma narsa Uning ulug‘vorligi uchun mavjuddir. U ko‘p insonlarni O‘z ulug‘vorligidan bahramand qilish uchun najotga erishtirmoqchi bo‘ldi. Iso odamlarni najotga boshlab borsin deb, Xudo Uni azob– uqubatlar orqali barkamol Sardor qilib tayyorladi.
11 Insonlarni gunohlardan poklovchi Iso va poklangan insonlarning hammasi bir oilaga mansubdir. Shu sababdan Iso ularni birodarlarim deb atashdan or qilmay,
12 Xudoga shunday deydi: “Birodarlarimga Sen haqingda aytaman, Jamoa orasida Senga hamdu sano o‘qiyman.”
13 Iso yana shunday deydi: “Umidim Xudodadir”, so‘ng yana aytadi: “Xudo bergan farzandlarim bilan birga Men shu yerdaman!”
14 Bu farzandlar foniy bandalar bo‘lganlari uchun, Iso ham ular singari inson bo‘ldi. Zero, U O‘z o‘limi orqaligina o‘lim keltiruvchi iblisning qudratini yo‘q qila oldi va
15 umr bo‘yi o‘lim qo‘rquviga qul bo‘lgan odamzodni ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi.
16 Iso farishtalarni emas, balki Ibrohimning naslini qullikdan qutqargani aniq.
17 Shu sababdan, U har jihatdan birodarlariga o‘xshagan bo‘lishi shart edi. Shundagina U xalqni gunohlaridan poklay oladigan, Xudoning xizmatidagi rahmdil va sodiq Oliy ruhoniy bo‘la olardi.
18 Isoning O‘zi sinovdan o‘tib, azob chekdi. Shuning uchun U sinovdan o‘tayotganlarga yordam bera oladi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18