Ibroniylarga maktub 11 bob

1 Imon nima? 3 Qadimgi imon qahramonlari.

1 Imon — umid qilingan narsalarning amalga oshishiga ishonish, ko‘rinmaydigan narsalarga amin bo‘lish demakdir.
2 Imon tufayli ota– bobolarimiz Xudoning maqtoviga sazovor bo‘ldilar.
3 Imon tufayli biz koinot Xudoning kalomi bilan yaratilganini anglab olamiz, ko‘rinadigan moddalar ko‘rinmaydigan voqelikdan vujudga kelganini bilamiz.
4 Imoni tufayli Hobil Xudoga Qobildan ko‘ra yaxshiroq qurbonlikni keltirdi. Xudo Hobilning qurbonligidan mamnun bo‘lib, Hobilni imoni tufayli solih kishi, deb bildi. Hobil o‘lgan bo‘lsa ham, uning imoni hanuz bizga namuna bo‘lib xizmat qilyapti.
5 Imoni tufayli Xano‘x o‘lmadi. U tiriklayin osmonga ko‘tarilib ketdi. Xano‘x birdaniga g‘oyib bo‘lib qolgandi, chunki Xudo uni olib ketgan edi. Muqaddas Bitiklarda aytilishicha, Xudo Xano‘xni olib ketmasidan oldin ham undan mamnun edi.
6 Ishonmagan odam hech qachon Xudoni mamnun qila olmaydi. Axir, Xudoga sajda qilayotgan har kim Xudoning borligiga ishonishi kerak, Xudoga yuz burganlarga Xudoning O‘zi mukofot berishiga u amin bo‘lishi kerak.
7 Imoni tufayli Nuh oilasini qutqarish uchun kema qurgandi. U misli ko‘rilmagan kulfat haqidagi Xudoning ogohlantirishlarini eshitib, Xudodan qo‘rqib, Unga quloq solgandi. Qilgan bu ishi bilan u Xudoning butun dunyo ustidan chiqargan hukmini e’lon qildi. Xudo uni imoni tufayli solih kishi, deb bildi.
8 Imoni tufayli Ibrohim Xudoga itoat qildi. Xudo unga: “Men senga mulk qilib beradigan yerga bor”, deb buyurganda, Ibrohim qayerga ketayotganini bilmasdan yo‘lga tushdi.
9 Imon bilan u Xudo va’da qilgan yerda o‘rnashdi, musofir bo‘lib, chodirlarda yashadi. Uning o‘g‘illari Is’hoq va Yoqub ham u kabi kun kechirishdi, chunki Xudo ularga xuddi shunday va’da bergandi.
10 Nega Ibrohim bunday qildi? Chunki u Xudo tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan, poydevori mustahkam, boqiy shaharni kutayotgan edi.
11 O‘zi qarib ketgan, xotini Sora esa bepusht bo‘lganiga qaramay, Ibrohim imoni tufayli farzand ko‘rdi. Chunki farzandni va’da qilgan Xudo sadoqatli ekaniga u ishonardi.
12 Shuning uchun bir oyog‘i go‘rda bo‘lgan bu bitta odamdan osmondagi yulduzlarday, dengiz qirg‘og‘idagi qumday son–sanoqsiz nasl kelib chiqdi.
13 Ibrohim, Is’hoq va Yoqub olamdan o‘tdilar, ammo Xudo bergan va’dasini bajarishiga ular ishonardilar. Ular Xudo va’da etgan yurtga erishmadilar, ammo o‘sha yurtni uzoqdan ko‘rib, xursand bo‘lgan edilar. Ular bu dunyoda kelgindi va musofir ekanliklarini ochiqchasiga tan oldilar.
14 Musofirligini tan olgan odamlar o‘zlarining haqiqiy vatanini qo‘msayotganini ko‘rsatadilar.
15 Bordi–yu, ular kelib chiqqan yurtini qo‘msagan bo‘lganlarida edi, u yerga qaytib borish uchun ilojini topar edilar.
16 Aslida ular yaxshiroq yurtni, ya’ni samoviy vatanni qo‘msayotgan edilar. Shuning uchun Xudo O‘zini ularning Xudosi, deb atashdan or qilmaydi. Xudo hatto ular uchun bir shahar hozirlagan edi.
17 Xudo Ibrohimni sinovdan o‘tkazayotganda Ibrohim o‘z imoni tufayli o‘g‘li Is’hoqni qurbonlikka olib bordi.
18 Garchi Xudo unga: “Men senga va’da qilgan nasling Is’hoq orqali kelib chiqadi”, — deb va’da bergan bo‘lsa–da, u yagona o‘g‘lini qurbonlik qilishga tayyor edi.
19 Demak, Xudo hatto o‘liklarni ham tiriltirishga qodir ekanligiga Ibrohim ishonardi. Shuning uchun Xudo Is’hoqni Ibrohimga tiriklayin qaytarib berdi. Is’hoq o‘likdan tiriladigan hamma odamlarning ramzi bo‘lib xizmat qiladi.
20 Imoni tufayli Is’hoq o‘z o‘g‘illari Yoqub va Esovni duo qildi. Kelajakda duolari amalga oshishiga u ishongandi.
21 Imoni tufayli Yoqub ham Yusufning o‘g‘illarini birma–bir duo qildi. U olamdan ko‘z yumayotganda ham, o‘z hassasiga suyanganicha, Xudoga sajda qildi.
22 Imoni tufayli Yusuf Isroil xalqining Misrdan chiqib ketishi to‘g‘risida karomat qildi. U o‘sha paytda o‘lim to‘shagida yotgan bo‘lib: “Mening suyaklarimni o‘zlaringiz bilan bu yerdan olib ketinglar”, — deb vasiyat qilgandi.
23 Imoni tufayli Musoning ota–onasi, yangi tug‘ilgan Musoni uch oy yashirishdi. Ular chaqaloqning chiroyli ekanligini ko‘rib, Fir’avnning farmonidan qo‘rqishmadi.
24 Voyaga yetganda Muso imoni tufayli Fir’avn qizining o‘g‘li deb atalishni rad etdi.
25 Gunoh qilib, vaqtinchalik huzur–halovatda yashashdan ko‘ra, Xudoning xalqi bilan birga azob–uqubat chekishni u o‘ziga ravo ko‘rdi.
26 U kelajakdagi mukofotni ko‘zlagani uchun, Masihni deb, xo‘rlanishni Misrning xazinalaridan afzal deb bildi.
27 Imoni tufayli Muso Misrni tark etdi. U fir’avnning g‘azabidan qo‘rqmadi. Go‘yo ko‘rinmas Xudoni ko‘rgandek, tanlagan yo‘lidan qaytmadi.
28 Imoni tufayli u Isroil xalqiga Fisih qo‘zilarini so‘yishni buyurdi. So‘ng qo‘zilarning qonini eshiklar kesakilariga sepishni buyurdi. Bundan maqsadi Isroil xalqining to‘ng‘ich o‘g‘illarini Azroildan asrab qolish edi.
29 Imoni tufayli Isroil xalqi Qizil dengizdan xuddi quruqlikdan o‘tayotgandek kechib o‘tdi. Misrliklar ham o‘tmoqchi bo‘lishdi, ammo cho‘kib ketishdi.
30 Isroil xalqi yetti kun Yerixo shahri devorlari atrofida aylanib bo‘lgandan keyin, ularning imoni tufayli shahar devorlari qulab tushdi.
31 Imoni tufayli fohisha Rahoba halok bo‘lmadi. U ayg‘oqchilarga mehmondo‘stlik qilgani uchun, Xudoga itoat qilmagan hamshaharlari bilan birga o‘lmadi.
32 Yana kimni misol qilib keltiray?! Gido‘n, Baraq, Shimsho‘n, Yiftox, Dovud, Shomuil va boshqa payg‘ambarlar haqida hikoya qilish uchun vaqtim yetarli emas.
33 Ular imon bilan shohliklarni bosib oldilar, davlatni adolat bilan boshqardilar va Xudo bergan va’dalarga erishdilar. Sherlarning jag‘larini yopdilar,
34 lovullagan olovni o‘chirdilar va qilich tig‘idan omon qoldilar. Holdan toygan paytlarida kuchga to‘ldilar, jangda bahodirlik ko‘rsatdilar va o‘zga yurt lashkarlarini tor–mor qildilar.
35 Ayollar marhum qarindoshlarini tirilgan holda qaytarib oldilar. Boshqalar esa imoni tufayli qiynoqlarni boshdan kechirdilar. Ular Xudodan voz kechib, o‘limdan qutulishlari mumkin edi. Ammo ular bunday qilmadilar, chunki a’loroq narsani, ya’ni abadiy hayot uchun tirilishni umid qilgan edilar.
36 Ba’zilar haqoratu kaltaklarga chidadilar, ba’zilar zanjirband bo‘lib, zindonlarda yotdilar.
37 Ularni toshbo‘ron qildilar, tanalarini arralab ikkiga bo‘ldilar, qilichdan o‘tkazdilar. Ular qo‘y va echki po‘stinlarini kiyib, sarson–sargardon bo‘ldilar, muhtojlikda yashadilar, zulm ostida qoldilar, xor bo‘ldilar.
38 Ular cho‘l–sahrolarda, tog‘–toshlarda daydib yurdilar, g‘orlarda, yerning kavaklarida yashirindilar. Dunyo ularning tirnog‘iga ham arzimas edi!
39 Ular imoni tufayli Xudoning maqtoviga sazovor bo‘ldilar. Shunday bo‘lsa–da, Xudoning va’dasiga erishmadilar.
40 Xudoga sodiq qolgan bu odamlarni Xudo biz bilan birga barkamol qilishni istadi. Chunki U bizni ham o‘ylagan holda a’loroq rejani tayyorlab qo‘ygandi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак