Ibroniylarga maktub 10 bob

1 Masih — oxirgi qurbonlik. 19 Imonimizga sodiq qolaylik.

1 Qonun bo‘lg‘usi xayr–barakalarning asl surati emas, bor–yo‘g‘i soyasidir. Har yili qonun bo‘yicha Xudoga bir xil qurbonliklar keltiriladi. Demak, qonun bu qurbonliklar orqali Xudoga sajda qiluvchilarni kamolotga yetkaza olmaydi.
2 Bordi–yu, o‘sha odamlar qurbonliklari orqali gunohdan poklana olganlarida edi, ularning vijdoni qiynalmasdi va ular qurbonlik keltirishni bas qilardilar.
3 Holbuki, qurbonliklar har yili odamlarga gunohlarini eslatadi, xolos.
4 Chunki buqayu takalarning qoni hech qachon gunohlarni yuva olmaydi.
5 Shuning uchun Masih dunyoga kelganda Xudoga shunday degan edi: “Sen qurbonligu nazrni istamading,
6 Kuydiriladigan qurbonligu gunoh nazridan mamnun bo‘lmading, Itoat qilishim uchun Menga badan hozirlading.
7 O‘shanda dedimki: ‘Mana, men keldim. Muqaddas Bitiklarda Men haqimda yozilgan. Sening xohishingni ado etish uchun keldim, ey Xudoyim.’”
8 Dastlab Masih qonun talab qilgan qurbonliklar haqida so‘z yuritib, Xudoga: “Sen qurbonligu nazrni istamading, kuydiriladigan qurbonligu gunoh nazridan mamnun bo‘lmading”, — deb aytgan.
9 So‘ng esa haqiqiy itoatkorlikni tilga olib, shunday degan: “Sening xohishingni ado etish uchun keldim, ey Xudoyim”. Bundan ko‘rinib turibdiki, Masih qurbonlik marosimlariga asoslangan avvalgi ahdni bekor qildi. Uning maqsadi yurakning itoatkorligiga asoslangan yangi ahdni o‘rnatish edi.
10 Masih Xudoning xohishini bajarib, O‘z tanasini biz uchun qurbon qildi. Bu yagona qurbonligi orqali bizni gunohdan pokladi.
11 Ruhoniylar har kuni Xudoga xizmat qiladilar. Bir xil qurbonliklarni qayta–qayta keltiradilar. Ammo bu qurbonliklar hech qachon gunohni yuva olmaydi.
12 Masih esa gunohlarni abadiy yuvib tashlaydigan yagona qurbonlikni keltirib, Xudoning o‘ng tomonida o‘tirdi.
13 “Xudo dushmanlarimni oyoqlarim ostiga poyandoz qiladi”, — deb Masih o‘sha vaqtdan beri kutmoqda.
14 Darvoqe, U bittagina qurbonlik orqali gunohdan poklagan odamlarini to abad barkamol qildi.
15 Muqaddas Ruh ham bu haqda bizga shahodat berib, dedi:
16 “Egamiz shunday demoqda: ‘Men kelajakda Isroil xalqi bilan tuzadigan ahd shunday bo‘ladi: Men qonunlarimni odamlarning yuragiga solib qo‘yaman, qonunlarimni onglariga yozaman.
17 Men ularning gunohlaru qabihliklarini hech qachon esga olmayman.’”
18 Demak, Xudo gunohlarni kechirgan bo‘lsa, boshqa qurbonlik keltirishning hojati yo‘q.
19 Ey birodarlarim, Iso Masihning qoni tufayli endi biz Eng muqaddas xonaga dadillik bilan kira olamiz.
20 Chunki Iso biz uchun yangi yo‘lni ochib berdi. U Chodirdagi parda orqali, ya’ni qurbon qilingan O‘z tanasi orqali hayot sari yetaklaydigan yo‘lni ochdi.
21 Ha, bizning ulug‘ Ruhoniyimiz bor, U Xudoning butun xonadoni ustidan mas’uldir.
22 Shunday ekan, samimiy qalb va mustahkam ishonch bilan Xudoga yaqinlashaylik. Axir, Masih O‘z qoni bilan qalblarimizni poklab, vijdonimizni qiynagan hamma gunohlardan tozaladi. Badanimiz ham toza suv bilan yuvildi.
23 Endi o‘zimiz e’tirof etgan umidimizni ikkilanmay mahkam tutaylik. Chunki va’da bergan Xudo O‘z so‘ziga sodiqdir.
24 Bir–birimizga e’tiborli bo‘lib, bir–birimizni mehr–muhabbatga va xayrli ishlarga chorlaylik.
25 Ba’zi odamlarga o‘xshab, yig‘ilishlarimizni qoldirmaylik. Aksincha, Rabbimiz Isoning keladigan kuni yaqinlashib qolganini bilib, bir– birimizni yanada ko‘proq ruhlantiraylik.
26 Agar biz haqiqatni bilib olgandan keyin, ataylab gunoh qilishda davom etsak, bu gunohlarimizni hech qanday qurbonlik yuva olmaydi.
27 Shunda qo‘rquv ichra Xudoning hukmini kutishdan boshqa ilojimiz qolmaydi. Oqibatda Xudoning dushmanlari bilan birga lovullagan olovda yonish bizning qismatimiz bo‘ladi.
28 Musoning Tavrotiga bo‘ysunishni rad etgan odam ikki yoki uch guvohning shahodati asosida shafqatsizlarcha o‘ldirilardi.
29 Shunday ekan, Xudoning O‘g‘lini oyoq osti qilgan odamni qanday jazo kutishini bir tasavvur qilib ko‘ringlar! Masihning ahd qoni bilan poklanib, so‘ng uni bulg‘agan odamning holi nima kechadi?! Xudoning inoyat Ruhini haqorat qilganning holi nima kechadi?!
30 Axir, biz quyidagi so‘zlarni aytgan Xudoni yaxshi bilamiz: “Men qasos olaman, jazosini beraman. Men O‘z xalqimni hukm etaman.”
31 Ha, barhayot Xudoning qo‘liga tushib qolish naqadar dahshatlidir!
32 O‘tmishingizni eslanglar. O‘shanda sizlar Xudoning nurini ko‘rib, ko‘p azob–uqubatlarga bardosh bergan edingizlar.
33 Ba’zida sizlarni hammaning oldida haqoratlab, xor qilishardi. Boshqa paytlarda bunday ahvolda qolgan birodarlaringizga yon bosardingiz.
34 Qamoqda bo‘lganlarga hamdard bo‘lardingiz, mulkingiz musodara qilinganda buni xursandchilik bilan qabul qilardingiz, chunki sizlarda boqiy boylik borligini bilardingizlar.
35 Shunday ekan, oldingiday imonda qat’iyatli bo‘linglar! Shunda buyuk mukofot olasizlar.
36 Sabr–toqatli bo‘lib, Xudoning irodasini bajaringlar. Shunda Xudoning va’dasiga erishasizlar.
37 Axir, Muqaddas Bitiklarda yozilganday, hademay kelishi kerak bo‘lgan Zot keladi. U kech qolmaydi.
38 Xudoning solihlari Unga bo‘lgan sadoqati tufayli tirik qolishadi. Bordi–yu, birortasi imondan qaytsa, Xudo undan rozi bo‘lmaydi.
39 Biz esa imondan qaytib, halok bo‘ladigan odamlardan emasmiz. Biz imonimizga sodiq qolgan, najot topgan odamlarmiz.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18