Ibroniylarga maktub 12 bob

1 Xudoga sodiq qolinglar! 4 Xudo O‘z farzandlarini tarbiyalaydi. 12 Xudoning yo‘lidan yuringlar! 18 Xudodan yuz o‘girmanglar!

1 Imoni bizga ibrat bo‘lib xizmat qiladigan ana shu odamlarning hammasi atrofimizni o‘rab olgan. Bu katta olomon bizni kuzatib turarkan, taqdirimizdagi musobaqada sabr–toqat bilan chopaylik. Yugurishimizga xalaqit berayotgan har qanday yukni, ayniqsa, to‘sqinlik qilayotgan har qanday gunohni bir chetga uloqtirib tashlaylik.
2 Isoga ko‘z tikaylik. Axir, U bu imon musobaqasida biz uchun yo‘l ochib, butun masofani bizdan oldin yugurib o‘tdi. Iso kelajakdagi shodlikka erishish uchun, sharmandali o‘limni pisand qilmay, xochda azob bilan jon berdi. Hozir esa U Xudo taxtining o‘ng tomonida o‘tiribdi.
3 Jasoratingiz so‘nmasligi va ko‘nglingiz cho‘kmasligi uchun, Iso haqida fikr yuritinglar. U gunohkorlar tomonidan ko‘p xo‘rlanib, hammasiga chidagan–ku!
4 Sizlar esa qoningizni to‘kish darajasigacha gunohga qarshi kurashmadingizlar.
5 Xudoning sizlarga O‘z farzandlari sifatida aytgan bu dalda so‘zlarini unutibsizlar: “O‘g‘lim, Egamizning tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lmagin, Undan tanbeh olganingda ko‘ngling cho‘kmasin.
6 Zero, Egamiz yaxshi ko‘rgan bandasini tarbiyalaydi, Farzand qilib olgan har bir odamni jazolaydi.”
7 Chekayotgan azoblaringizni Xudoning tarbiyasi, deb bilib, sabr–toqat qilinglar. Chunki Xudo sizlarni O‘z farzandlariday ko‘rib, tarbiya qilyapti. Axir, har bir ota o‘z farzandini tarbiya qiladi–ku!
8 Agar Xudo sizlarni boshqa farzandlarini tarbiyalaganday tarbiyalamasa, demak, sizlar Xudoning farzandlari emas, haromzodasizlar.
9 Biz jismoniy otalarimizning tarbiyasini olib, ularni hurmat qilib kelyapmiz. Shunday ekan, yangi hayotga ega bo‘lish uchun osmondagi Otamizga bundan–da ko‘proq itoat qilishimiz kerak emasmi?!
10 Jismoniy otalarimiz qisqa vaqt davomida, bizni o‘z bilganiday tarbiyalagan edilar. Xudo esa bizning manfaatimizni ko‘zlaydi. Biz U kabi muqaddas bo‘lishimiz uchun Xudo bizni tarbiyalaydi.
11 Odam tarbiya olayotganda xursand bo‘lmaydi, aksincha, qayg‘uradi. Ammo bunday tarbiyani olgan odam keyinchalik tinch–totuv va solih hayot kechiradi.
12 Qo‘llaringiz toliqqan, tizzalaringiz bukilgan, ammo mahkam turing.
13 O‘zingiz uchun to‘g‘ri yo‘lni tanlab yuring. Toki orangizdagi “ojiz” va “oqsoq” odamlar yiqilmasin, balki shifo topsinlar.
14 Hamma bilan tinch–totuv yashashga harakat qilinglar. Halol hayot kechirishga tirishinglar, aks holda, Egamizni ko‘ra olmaysizlar.
15 Ehtiyot bo‘linglar, tag‘in, o‘zingizni Xudoning inoyatidan mahrum qilib qo‘ymanglar. Oralaringizda achchiq ildiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymanglar, aks holda uning zahri muammolar tug‘dirib, ko‘plaringizni harom qiladi.
16 Qaranglar, orangizda Esovga o‘xshaganlar bo‘lmasin. Esov to‘ng‘ich o‘g‘il huquqini bir kosa ovqat uchun sotgan axloqi buzuq, betavfiq bir odam edi.
17 O‘zingizga ma’lumki, keyin Esov va’da qilingan merosni olish uchun, otasidan: “Meni duo qiling”, deb so‘radi, ammo otasi uni rad etdi. Esov ko‘z yosh to‘kib, otasiga yolvorsa–da, voz kechgan merosini qaytarib olishga aslo imkoni yo‘q edi.
18 Sizlar yaqinlashgan tog‘ Sinay tog‘i emas. Sinay tog‘i jismoniy bir tog‘ bo‘lib, unga qo‘l tekkizib ko‘rsa bo‘lardi. U yerda alanga lovullab yonardi, ustini zulmat, qora bulut qoplagan, bo‘ron bosgan edi.
19 Burg‘u sadosi yangrab, Xudoning ovozi eshitilgandi. Buni eshitgan odamlar: “Yolvoramiz, Xudo bizga boshqa gapirmasin”, deb o‘tingandi.
20 Chunki “Toqqa hatto hayvon ham tegsa, toshbo‘ron qilinsin”, degan Xudoning buyrug‘iga ular dosh bera olmagan edilar.
21 Sinay tog‘idagi manzara shu qadar dahshatli ediki, Musoning o‘zi: “Qo‘rqqanimdan titrab ketyapman”, — degandi.
22 Sizlar, aksincha, samodagi Sion tog‘iga va barhayot Xudoning shahri — samoviy Quddusga yaqinlashgansizlar. Shod–xurramlik qilgani yig‘ilgan minglab farishtalar oldiga kelgansizlar.
23 Ismlari osmonda yozilgan Xudoning merosxo‘rlariga sizlar sherik bo‘ldingizlar. Hammani hukm qiluvchi Xudoning huzuriga kirdingizlar. Xudo barkamol qilgan solihlarning ruhlari oldiga keldingizlar.
24 Sizlar Yangi Ahdning vositachisi Isoning huzuriga kirdingizlar. Isoning qoniga yaqinlashdingizlar. Uning qoni Hobilning qoniga o‘xshab qasos talab qilmaydi, aksincha, gunohlarimizni yuvish uchun sepilgan.
25 Ehtiyot bo‘linglar, sizlarga gapirayotgan Xudodan yuz o‘girmanglar! Xudo yer yuzida gapirgan vaqtda Uni rad etganlar halokatdan qutula olmaganlar. Shunday ekan, biz osmondan gapirayotgan Xudoni rad etsak, ikki dunyoda ham jazodan qutula olmaymiz!
26 O‘sha vaqtda Uning ovozi yerni larzaga solgan edi. Endi esa U shunday demoqda: “Men yana bir bor yerni larzaga solaman, ammo bu safar osmonni ham titrataman.”
27 “Yana bir bor” degani shuni bildiradiki, yaratilgan butun mavjudot yo‘q bo‘lib ketadi, faqat tebranmas, abadiy mavjudot qoladi.
28 Bizga tebranmas shohlik berilgan. Shunday ekan, Xudodan minnatdor bo‘lib, ehtirom va qo‘rquv ila Unga manzur ravishda sajda qilaylik.
29 Axir, bizning Xudoyimiz yamlamay yutadigan olovdir.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18