Timo‘tiyga birinchi maktub 5 bob

Imonlilar jamoatidagi munosabatlarga oid ko‘rsatmalar.  1 Yoshu qariyalar. 3 Bevalar. 17 Jamoat oqsoqollari.

1 Yoshi katta odamga qattiq gapirma, uni otang o‘rnida ko‘rib, hurmat bilan nasihat qil. Yoshlarga ukalaringdek,
2 kampirlarga onalaringdek munosabatda bo‘l. Yosh ayollarni singillaring o‘rnida ko‘rib, ularga pokdillik bilan nasihat qil.
3 Suyanchig‘i yo‘q beva xotinlarga g‘amxo‘rlik qil.
4 Agar bevaning bolalari yoki nabiralari bor bo‘lsa, ular eng avvalo o‘z oilasi oldidagi, Xudo buyurgan farzni ado etib, farzandlik burchini bajarsinlar, chunki bu Xudoga maqbuldir.
5 Yolg‘iz qolgan, suyanchig‘i yo‘q beva xotin butun umidini Xudoga bog‘lab, kechayu kunduz toat–ibodat qiladi.
6 Ammo kayf–safoga berilib ketgan beva xotin ruhan o‘likdir.
7 Bevalarga va ularning oila a’zolariga bularni o‘rgat, toki ular malomatga qolmasinlar.
8 Zero, o‘z qarindoshlariga, xususan oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilmagan kishi imonni inkor etgan bo‘ladi. U imonsizdan ham battardir.
9 Tullar ro‘yxatiga faqatgina oltmish yoshdan oshgan, marhum eriga vafodor bo‘lgan beva ayollarni kirit.
10 Bu ayollar qilgan ezgu ishlari bilan tanilgan, ya’ni bolalariga yaxshi tarbiya bergan, musofirlarga mehmondo‘st bo‘lgan, Xudo azizlarining oyoqlarini yuvgan, qiynalganlarga yordam bergan, o‘zlarini turli xil xayrli ishlarga bag‘ishlagan bo‘lishlari lozim.
11 Beva qolgan yoshroq xotinlarni ro‘yxatga kiritma. Chunki ularning ehtirosi junbishga kelganda, erga tegishni istab qoladilar.
12 Shunda ular erga tegmaslik haqidagi Masihga bergan va’dasini buzib, odamlar orasida yomon otli bo‘lib qoladilar.
13 Bundan tashqari, ular boshqa bir xatarga yo‘liqadilar: yalqovlikka berilib, uyma–uy yurishga o‘rganib qoladilar. Shunisi yetmaganday, g‘iybat qilishga, boshqalarning ishiga burun suqib, lozim bo‘lmagan narsalarni gapirishga odatlanadilar.
14 Shu sabablarga ko‘ra men yosh bevalarning erga tegishini istardim. Ular bola tug‘ib, ro‘zg‘or ishlari bilan mashg‘ul bo‘lsinlar, g‘animlarimizning yomon gapirishlariga imkon yaratib bermasinlar.
15 Chunki shundoq ham ba’zi bevalarimiz to‘g‘ri yo‘ldan ozib, shayton yo‘liga kirib ketdilar.
16 Agar birorta imonli ayolning beva qolgan qarindoshlari bo‘lsa, ularga o‘zi yordam bersin, bu vazifani imonlilar jamoatiga yuklamasin. Shunda suyanchig‘i yo‘q beva xotinlarga jamoat yaxshiroq yordam bera oladi.
17 Imonlilar jamoatini yaxshi boshqarayotgan, xususan astoydil va’z aytib, ta’lim berayotgan oqsoqollar hurmatga sazovordirlar, ular qilgan mehnatlariga yarasha taqdirlansinlar.
18 Zero, Muqaddas Bitiklarda: “G‘alla yanchayotgan ho‘kizning og‘zini to‘smang” va “Mehnatkash ish haqini olishga munosibdir”, — deyilgan.
19 Ikki yoki uch guvoh bo‘lmasa, hech bir oqsoqolga qo‘yilgan aybni qabul qilma.
20 Gunoh qilib yurgan oqsoqollarni esa hammaning oldida fosh qilib, tavbaga chaqir, toki boshqalarning ham diliga qo‘rquv kirsin.
21 Xudo, Iso Masih va tanlangan farishtalar huzurida senga qat’iy buyuraman: hech bir ishda yuz–xotirchilik va tarafkashlik qilmay, bu ko‘rsatmalarimga rioya qil.
22 Biror odamni jamoat oqsoqoli vazifasiga tayinlashga shoshilma, tag‘in birovning gunohlariga sherik bo‘lib qolma. O‘zingni pok saqla.
23 (Lekin suv ichish bilan cheklanib qolmay, ozginadan sharob ham ichib tur. Bu oshqozoningga yaxshi ta’sir qilib, tez–tez yuz berayotgan kasalliklaringning oldini oladi.)
24 Ba’zi odamlarning gunohlari hozirdan ochiq–oshkor bo‘lib, hatto qiyomat kunidan oldin fosh bo‘lmoqda. Boshqalarning gunohlari esa oxiratda ma’lum bo‘ladi.
25 Shuningdek, qilingan xayrli ishlar ham oshkordir. Ba’zilari oshkor bo‘lmasa– da, baribir pinhon qolmaydi.


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18