Timo‘tiyga birinchi maktub 6 bob

1 Xo‘jayinlar va qullar. 3 Soxta ustozlarning asl qiyofasi. 11 Timo‘tiyga so‘nggi buyruqlar. 17 Boy birodarlar uchun nasihatlar. 20 Timo‘tiyga so‘nggi pand–nasihatlar.

1 Qullik bo‘yinturug‘i ostida bo‘lganlar o‘z xo‘jayinlarini kamoli ehtiromga loyiq hisoblasinlar. Toki, hech kim Xudoning nomini va ta’limotini haqoratlamasin.
2 Xo‘jayinlari imonli bo‘lgan qullar, “bir–birimizga birodarmiz”, deb xo‘jayinlariga hurmatsizlik qilmasinlar. Aksincha, yanada ko‘proq tirishib, ularga xizmat etsinlar. Chunki aziz birodarlari bo‘lmish xo‘jayinlari o‘z qullarining farovonligini ko‘zlab, nonini but qilyaptilar. Ana shu barcha ko‘rsatmalarim haqida ta’lim berib, nasihat qil.
3 Agar kim begona ta’limotni yoysa va Rabbimiz Iso Masihning haqiqiy kalomiga qarshi chiqib, xudojo‘ylikka chorlovchi ta’limotimizni rad etsa,
4 u bosar–tusarini bilmay qolgan nodondir. Bunday odam biror masala borasida talashish va ikir– chikir gaplar haqida bahslashish kasaliga yo‘liqqan, uning g‘alamisona gaplari hasad, janjal, tuhmat, tuban gumonlar
5 va to‘polonlarga sabab bo‘ladi. Fikri buzuq bunday odamlar haqiqatdan mahrumdirlar. Ular soxta xudojo‘yligini foyda manbayi, deb biladilar.
6 To‘g‘ri, xudojo‘ylikdan foyda katta, qachonki biz bori bilan qanoatlansak.
7 Axir, biz bu dunyoga hech narsa olib kelmadik va undan hech narsa olib keta olmaymiz.
8 Qornimiz to‘q, ustimiz but bo‘lsa, shular bilan qanoat qilaylik.
9 Boylikka o‘ch bo‘lganlar esa vasvasa tuzog‘iga tushadilar, ular ko‘p bema’ni va zararli havaslarga berilib, halokat girdobiga g‘arq bo‘ladilar.
10 Pulparastlik har qanday yomonlikning negizidir. Mana, ba’zilar boylik ketidan quvib, imondan qaytib ketdilar va o‘zlarini ko‘pgina azoblarga duchor qildilar.
11 Ey Xudoning quli Timo‘tiy, sen esa o‘zingni bu illatlardan olib qoch. Solihlik, xudojo‘ylik, imon, sevgi, sabr–toqat va muloyimlikning payida bo‘l.
12 Abadiy hayotga erishish maqsadida, imon uchun bo‘ladigan ulug‘ kurashda jang qil. Axir, Xudo seni abadiy hayotga da’vat etgan. Sen bu hayotga ega bo‘lish uchun ko‘p guvohlar oldida Iso Masihga bo‘lgan imoningni mardlarcha tan olgansan.
13 Po‘ntiy Pilat qoshida haqiqatni mardlarcha tan olgan Iso Masih huzurida va butun borliqqa hayot bag‘ishlagan Xudo huzurida senga buyuraman:
14 zimmangdagi xizmatingni halollik bilan bajar. Rabbimiz Iso Masih keladigan kungacha o‘zingni gap tegmaydigan qilib tut.
15 Yagona muborak Hokim bo‘lgan Xudo O‘zi belgilagan paytda Iso Masihni yuboradi. Xudo shohlarning Shohi, hukmdorlarning Hukmdoridir.
16 U yagona mangu Xudodir. U yaqinlashib bo‘lmaydigan nurda yashaydi, Uni hech bir inson ko‘rmagan hamda ko‘rishi mumkin emas. Abadiy saltanat Sohibi bo‘lgan Xudoga shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.
17 Bu dunyoda boylik topgan birodarlarga ayt, mag‘rurlanmasinlar, bevafo boylikka umid qilmasinlar. Aksincha, umidini Xudoga bog‘lasinlar. Xudo bizga hamma narsani xursand bo‘lishimiz uchun saxovat bilan beradi.
18 Ularga buyur, yaxshilik qilsinlar, xayrli ishlarga boy, saxiy, ochiq qo‘l bo‘lsinlar.
19 Shunda ular asl xazina to‘plab, kelgusi dunyo uchun o‘zlariga mustahkam zamin yaratgan bo‘ladilar, haqiqiy hayotga erishadilar.
20 Ey Timo‘tiy, senga ishonib topshirilgan Xushxabarni asragin. Xudodan uzoqlashtiradigan quruq gaplaru haqiqatga zid bo‘lgan ta’limotlardan qochgin. Ba’zi odamlar adashib, bularni “bilim”, deb ataydilar.
21 Bunday “bilimga” tayangan ba’zilar haq yo‘ldan ozdilar. Xudoning inoyati sizlarga yor bo‘lsin.


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18