Timo‘tiyga birinchi maktub 4 bob

1 Soxta ustozlarning yolg‘on ta’limoti fosh etiladi. 6 Iso Masihning sodiq xizmatkori bo‘lgin.

1 Xudoning Ruhi yaqqol aytyaptiki, oxirgi zamonlarda ba’zi odamlar imondan qaytadilar. Ular yolg‘onchi ruhlarga va jinlar ta’limotiga quloq soladilar.
2 Bunday ta’limotni tarqatgan odamlar riyokor va yolg‘onchidirlar. Ularning vijdoni o‘lgan, go‘yo qizdirilgan temir bilan kuydirilib yo‘q qilingan.
3 Ular uylanishni va erga tegishni man etadilar, ma’lum ovqatlarni taqiqlaydilar. Holbuki, bu ovqatlarni Xudo bergan. Haqiqatni bilib olgan imonlilar Unga shukrona aytib, yeyishlari uchun yaratgan.
4 Chunki Xudo yaratgan har bir narsa yaxshidir. Biz hech bir taomni taqiqlamay, shukrona aytib, hammasini yeyishimiz lozim.
5 Biz ovqatimiz uchun Xudoga shukrlar aytganimizda, Xudo barcha ozuqani halol deb e’lon qilganini e’tirof etgan bo‘lamiz.
6 Sen bu nasihatlarimni birodarlaringga o‘rgatsang, Iso Masihning layoqatli xizmatkori bo‘lasan. O‘zing rioya qilayotgan sog‘lom ta’limotni va imonimizning aqidalarini o‘zlashtirib, ruhan oziqlanib borasan.
7 Safsataboz kampirlarga xos bema’ni afsonalardan yuz o‘gir. Xudojo‘y bo‘lishga astoydil harakat qil.
8 Axir, shunday bir maqol bor–ku: “Jismoniy mashq tana uchun foyda berar, xudojo‘ylik esa har tomonlama foyda keltirar, u dunyoyu bu dunyoda hayot baxsh etar.”
9 Bu gap to‘g‘ri va asoslidir, u har jihatdan qabul qilinishga loyiqdir.
10 Odamlar abadiy hayotga ega bo‘lishlari uchun biz jon–jahdimiz bilan xizmat qilyapmiz. Barhayot Xudoga umid bog‘laganmiz. U barcha insonlarning, ayniqsa imonlilarning Qutqaruvchisidir.
11 Sen birodarlarga ta’lim bergin, bu o‘gitlarga rioya qilishlarini ularga o‘rgatgin.
12 Yoshsan deb, hech kim seni kamsitmasin. Aksincha, hammaning hurmatini qozonish uchun, sen so‘zda, yurish– turishda, mehr–oqibatda, imonda va axloqda imonlilarga o‘rnak bo‘lgin.
13 Men oldingga borgunimcha jamoatdaMuqaddas Bitiklarni ovoz chiqarib o‘qishga, nasihat va ta’lim berishga vaqtingni bag‘ishla.
14 O‘zingga berilgan in’omga e’tiborli bo‘l, uni ishga sol. Axir, sen bu in’omingni aytilgan bashoratlar va oqsoqollar boshingga qo‘l qo‘yib qilgan duolari natijasida olgansan.
15 Aytganlarimning hammasini amalda qo‘lla. O‘zingni bu vazifaga sidqidildan bag‘ishla, shunda sen Xudoning yo‘lida shaxdam qadam bilan, ildamlab borayotganingni hamma ko‘radi.
16 Hayot tarzingga, nimalar o‘rgatayotganingga e’tibor qil. Bu faoliyatingni astoydil davom ettir, shunday qilsang, o‘zingni ham, tinglovchilaringni ham qutqarasan.


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18