Rimliklarga maktub 7 bob

1 Nikoh qonunidan misol. 7 Qonun va gunoh. 14 Gunohga qarshi kurash.

1 Ey birodarlar, axir sizlar bilasizlar–ku, (men qonunni biladiganlarga aytyapman), qonun faqat tirik insonning ustidan hukmronlik qiladi.
2 Masalan, erli xotinning eri tirik ekan, qonun bo‘yicha u eriga bog‘liq. Ammo eri o‘lsa, u nikohdan ozod bo‘ladi.
3 Shuning uchun hali eri tirik bo‘lgan xotin boshqa erga tegsa, u zinokor, deb hisoblanadi. Ammo eri o‘lsa, xotin o‘sha qonundan ozod bo‘ladi va boshqa erga tegsa ham, zino qilgan hisoblanmaydi.
4 Shunga o‘xshab, sizlar ham, ey birodarlarim, Masihning o‘limi orqali qonun uchun o‘lgansizlar. Endi o‘zingizni Boshqasiga, ya’ni o‘likdan tirilgan Masihga bag‘ishlash ozodligiga egasizlar. Buning natijasida esa biz Xudoning yo‘lida samarali ishlar qila olamiz.
5 Zero, biz bashariy tabiatimiz amri bilan yashagan paytimizda, qonun bizning a’zoyi badanimizda gunohkor ehtiroslarni qo‘zg‘atardi. Ularning samarasi esa o‘limdir.
6 Endi esa bizni asir qilgan qonun uchun o‘ldik va undan ozod bo‘ldik. Shunday qilib, biz eskichasiga, ya’ni yozilgan qonun yetakchiligida emas, balki yangichasiga, ya’ni Muqaddas Ruh yetakchiligida Xudoga xizmat qilamiz.
7 Xo‘sh, unda nima deymiz? Qonun gunohning manbaimi? Yo‘q, aslo! Ammo qonun bo‘lmaganda edi, men gunoh nima ekanligini bilmagan bo‘lar edim. Masalan, qonun “boshqalarning mulkiga ko‘z olaytirma” deb buyurmaganda edi, men buning gunoh ekanligini bilmagan bo‘lardim.
8 Shu tariqa gunoh bu amrdan foydalanib, mening yuragimda har xil nafsu hasadni qo‘zg‘atdi. Qonun bo‘lmagan joyda, gunoh o‘likdir.
9 Bir vaqtlar men qonunni bilmay yashardim. Ammo amr bor ekanligini bilganimdan keyin, gunoh tirildi,
10 men esa o‘ldim. Amr hayot keltirishi kerak edi, ammo mening o‘limimga sababchi bo‘ldi.
11 Chunki gunoh amrdan foydalanib, meni aldadi va amr orqali meni o‘ldirdi.
12 Ammo qonun baribir muqaddasdir, uning har bir amri muqaddas, odil va yaxshidir.
13 Xo‘sh, yaxshi bo‘lgan qonun menga o‘lim keltirdimi? Mutlaqo! Gunoh menga o‘lim keltirish uchun yaxshi narsadan foydalandi. Gunohning gunoh ekanligi ochiq ko‘rinishi uchun shunday bo‘ldi. Shunday qilib, amr orqali gunohning naqadar yomon ekanligi oshkor bo‘ldi.
14 Qonunni Xudo bergan. Men esa gunohga qul qilib sotilgan ojiz bandaman.
15 Axir, o‘zim qilayotgan ishlarni o‘zim tushunmayman, chunki qilishni xohlaganlarimni qilmayman, aksincha nimani yomon ko‘rsam, shuni qilaman.
16 O‘zim xohlamagan ishlarni qilayotgan ekanman, bu bilan qonunning yaxshi ekanligini ma’qullayotgan bo‘laman.
17 Demak, bu ishlarni men o‘zim emas, balki yuragimdagi gunoh qilayotgan bo‘ladi.
18 Menda, ya’ni bashariy tabiatimda yaxshi narsa yo‘qligini aniq bilaman. Yaxshilik qilish istagi dilimda bor bo‘lsa-da, uni ro‘yobga chiqarishga kuchim yetmaydi.
19 O‘zim qilishni xohlagan yaxshilikni qilmayman–da, uning o‘rniga o‘zim qilishni xohlamagan yomonlikni qilaman.
20 O‘zim xohlamagan ishni qilayotgan ekanman, demak, bu ishni men emas, balki yuragimdagi gunoh qilyapti.
21 Men bundan ushbu xulosani chiqaraman: yaxshilik qilmoqchi bo‘lganimda, qalbimda hamisha yomonlik poylab turadi.
22 Butun qalbim bilan Xudoning qonunidan zavq olaman.
23 Ammo a’zoyi badanimda boshqa bir qoida amal qilmoqda. Bu qoida ongimdagi qonunga qarshi kurash olib borib, a’zoyi badanimda amal qiluvchi gunoh qoidasiga meni asir qilyapti.
24 Oh, men sho‘rlik odam! O‘lim soyasi ostidagi bu ahvolimdan kim meni qutqarar ekan?
25 Xudoga shukr! Rabbimiz Iso Masih orqali U bizni qutqaradi! Xullasi kalom, men ongim bilan Xudoning qonuniga qul bo‘lsam-da, bashariy tabiatim gunoh qoidasiga quldir.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18