Rimliklarga maktub 15 bob

7 Xushxabar barcha xalqlar uchundir. 14 Pavlus g‘ayriyahudiylarga xizmat qilishga da’vat etilgan. 22 Pavlusning Rimga borish niyati.

1 Biz, imoni kuchlilar, o‘zimizni mamnun qilishni ko‘zlamasdan, imoni sust bo‘lgan birodarlarning ojizligiga sabr–bardosh qilishimiz kerak.
2 Har birimiz o‘zganing manfaatini ko‘zlab, unga dalda berish niyatida uni mamnun qilish harakatida bo‘laylik.
3 Hattoki Masih ham O‘zini mamnun qilishni ko‘zlamagan, zero, Muqaddas Bitiklarda yozilganiday: “Seni haqoratlaganlar meni haqorat qilgan bo‘lar.”
4 Qadimgi Bitiklarda nimaiki yozilgan bo‘lsa, bizning ta’lim olishimiz uchun yozilgan. Biz bu Bitiklardan sabr va tasalli topib, umidimizda mahkam turishimiz lozim.
5 Sabr va tasalli manbayi bo‘lgan Xudoning O‘zi esa Iso Masihning shogirdlariga mos ravishda bir– biringiz bilan hamfikr bo‘lishni sizlarga ato qilsin.
6 Shunda sizlar yakdillik bilan, bir ovozda Rabbimiz Iso Masihning Otasi — Xudoni ulug‘laysizlar.
7 Masih sizlarni o‘z birodarlariday qabul qilgani kabi, sizlar ham bir–biringizni birodarlarday qabul qiling. Shunday qilish Xudoga shuhrat keltiradi.
8 Men sizlarga aytyapman: Xudoning ota– bobolarimizga bergan va’dalarini bajarib, Uning sodiqligini ko‘rsatish niyatida Iso Masih yahudiylarning xizmatkori bo‘lib keldi.
9 Masihning kelishidan yana bir maqsadi shu ediki, g‘ayriyahudiylar ham Xudoning mehr–shafqati uchun Uni ulug‘lasinlar. Muqaddas Bitiklarda yozilganiday: “Xalqlar ichra Senga hamdlar ayturman, Sening ismingni kuylab sano ayturman.”
10 Yana boshqa joyda shunday yozilgan: “Ey ellar, Uning xalqi bilan shodlaning.”
11 Yana shunday deb ham yozilgan: “Ey barcha xalqlar, Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Ey jamiki elatlar, Uni olqishlanglar!”
12 Ishayo kitobida ham quyidagicha yozilgan: “Essay tomiridan bir Zot kelib chiqar, U xalqlar ustidan hukmronlik qilar, Xalqlar esa Unga umid bog‘laydilar.”
13 Imon yo‘lidan yurar ekansiz, umid manbayi bo‘lgan Xudo qalbingizni sevinch va tinchlikka to‘ldirsin, shunda sizlar Muqaddas Ruhning kuchi ila umidga boy bo‘lasizlar.
14 Ey birodarlarim, men aminmanki, sizlar ezgulikka va ilm–ma’rifatga boysizlar, bir– biringizga pand–nasihat qilishga qodirsizlar.
15 Shuning uchun, ba’zi bir narsalarni eslatay deb, sizlarga bu xatni yozishga jur’at qildim, chunki men Xudoning inoyati bilan
16 Iso Masihning xizmatkori etib tayinlanganman. Xudoning Xushxabarini aytib, ruhoniy sifatida g‘ayriyahudiylarga xizmat qilmoqdaman. Buning natijasida, g‘ayriyahudiylar Xudoga manzur bo‘ladigan, Muqaddas Ruh orqali tabarruk qilingan qurbonlikday Xudoga tortiq etilmoqdalar.
17 Shunday qilib, Iso Masih tufayli Xudoning yo‘lida qilgan ishlarim bilan maqtansam bo‘ladi.
18 Kuchli mo‘jizalaru alomatlar bilan, mening aytganlarim va qilganlarim orqali Masih g‘ayriyahudiylarni Xudoga itoat qilish yo‘liga boshladi. Ammo Iso Masihning men orqali qilgan ishlaridan boshqa narsalar haqida gapirishga jur’at etmayman, chunki bularning hammasi Xudo Ruhining qudrati ila sodir bo‘ldi.
19 Shunday qilib, men Quddusdan boshlab, to Illiriya hududiga qadar Masihning Xushxabarini yoyib, o‘z vazifamni bajardim.
20 Shu bilan birga, men boshqalarning poydevori ustiga bino qurmayin, deb hali Masihning nomi ovoza qilinmagan yerlarda Xushxabarni yoyish uchun jon kuydiryapman.
21 Muqaddas Bitiklarda yozilganiday: “U haqda xabarsiz bo‘lganlar endi ko‘radilar, U haqda eshitmaganlar endi anglab yetadilar.”
22 Xushxabarni yoyish xizmatim tufayli anchadan beri sizlarning oldingizga bora olganim yo‘q.
23 Endi esa bu joylarda menga boshqa ish qolmagan. Men ko‘p yillardan beri sizlarni ko‘rishni orzu qilaman.
24 Shuning uchun Ispaniyaga borayotganimda, yo‘lda sizlarni ko‘rib o‘taman. Oz bo‘lsa–da, diydoringizga to‘yganimdan keyin, yo‘limda davom etishim uchun kerakli bo‘lgan muhtojliklarimni qondirarsizlar, degan umiddaman.
25 Hozircha men Xudo azizlariga yordam bergani Quddusga ketyapman.
26 Chunki Makedoniya va Axayadagi birodarlar mablag‘ yig‘ib, Quddusdagi kambag‘al birodarlarga yordam berishga qaror qildilar.
27 Buni ham qarz, ham farz, deb bilganlari uchun, xursandchilik bilan shunday qildilar. Axir, g‘ayriyahudiylar yahudiylar tufayli ruhiy ne’matlarga sazovor bo‘ldilar–da, shuning uchun ular o‘z moddiy boyliklarini yahudiylar bilan baham ko‘rishni loyiq topdilar.
28 Men bu ishni bajarib, to‘plangan mablag‘ni ularga topshirganimdan keyin, sizlarning oldingizda to‘xtab o‘taman. So‘ngra Ispaniyaga ketaman.
29 Aminmanki, men sizlarni ko‘rishga borganimda, biz birgalikda Masih Xushxabari keltiradigan qut– barakalarni to‘liq baham ko‘ramiz.
30 Ey, birodarlarim, Rabbimiz Iso Masih va Muqaddas Ruh ato qiladigan mehr–muhabbat haqi sizlarga yolvoraman: men uchun birgalikda Xudoga ibodat qilaylik.
31 Yahudiyadagi imonsizlarning qo‘lidan qutulushim uchun va Quddusdagi xizmatim u yerdagi Xudoning azizlariga ma’qul bo‘lishi uchun ibodat qilinglar.
32 Xudo xohlasa, men shod–xurramlik bilan sizlarning oldingizga boraman, sizlar bilan birga bo‘lganimdan qalbim orom topadi.
33 Tinchlik manbayi bo‘lgan Xudo hammangizga yor bo‘lsin. Omin!


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18