Rimliklarga maktub 3 bob

1 Xudoning sadoqati. 9 Hamma gunohkordir. 21 Gunohkorni oqlash — Xudoning ishi.

1 Xo‘sh, yahudiylarning qanday ustunligi bor? Yoki sunnatning nima foydasi bor?
2 Yahudiylar har jihatdan katta ustunlikka egadirlar. Bu ustunlik eng avval shundan iboratki, Xudoning kalomi ularga ishonib topshirilgan.
3 Ularning ba’zilari ishonmagan bo‘lsa, nima bo‘pti? Ularning ishonmaganligi Xudoning sadoqatini bekor qiladimi?
4 Yo‘q, aslo! Axir, har bir inson yolg‘onchi bo‘lsa ham, Xudo haqdir. Muqaddas Bitiklarda Xudo haqida shunday yozilgan–ku: “Shu bois hukm qilganingda Sen barhaqsan, Qoralaganingda doimo to‘g‘ri bo‘lib chiqasan.”
5 Insoniy fikr yuritib aytayin: Agar bizning qabihligimiz Xudoning odilligini yanada ochiqroq ko‘rsatsa, nima ham derdik?! Boshimizga qahr– g‘azab yog‘dirgani uchun Xudo adolatsizmi?!
6 Yo‘q, aslo! Xudo odildir. Xudo adolatsiz bo‘lganda edi, qanday qilib dunyoni hukm qila olardi?!
7 Mening yolg‘onchiligim Xudoning haqligiga urg‘u berib, Unga yanada ko‘proq shon– shuhrat keltirar ekan, nima uchun men gunohkor sifatida mahkum qilinyapman?
8 Shunday ekan, “Yaxshilik kelib chiqsin, deb yomonlik qilaveraylik”, — deyishimiz kerakmi?! Ba’zilar bizga tuhmat qilib, o‘shanday ta’lim beryapti, deb aytmoqdalar. Bunday tuhmat qilganlar jazoga loyiqdir.
9 Xo‘sh, biz, yahudiylar boshqalardan ustunmizmi? Yo‘q, aslo! Yuqorida isbotlab o‘tganimday, xoh yahudiy bo‘lsin, xoh g‘ayriyahudiy bo‘lsin, har bir inson gunohning hokimiyati ostidadir.
10 Axir, Muqaddas Bitiklarda quyidagiday yozilgan–ku: “Solih hech bir kimsa yo‘qdir, Hatto bironta ham yo‘q!
11 Bironta ham idrokli zot yo‘q, Hech kim Xudoga yuz burmaydi.
12 Hammasi yo‘ldan ozgan, birday buzilgan, Yaxshilik qiluvchi bir kimsa yo‘qdir, Hatto bironta ham yo‘q!
13 Og‘izlari ochilgan qabr kabidir, Ular yolg‘on gapiradi. Tillaridan ilon zahri tomadi.
14 Ularning og‘zidan la’nat, achchiq so‘zlar chiqadi.
15 Ularning oyoqlari qon to‘kishga shoshiladi,
16 Qadamidan halokatu vayrona keladi.
17 Ular tinchlik yo‘llarini bilmaydi,
18 Ular Xudodan qo‘rqmaydi.”
19 Biz bilamizki, qonun neki buyurgan bo‘lsa, qonunga qaram bo‘lganlarga buyurgan, toki har bir og‘iz yumilsin va butun dunyo Xudo oldida javobgar bo‘lsin.
20 Zotan qonunga amal qilsa–da, hech kim Xudoning oldida oqlana olmaydi, chunki qonun insonga o‘z gunohkorligini yanada aniqroq ko‘rsatadi.
21 Mana endi qonunga aloqasiz ravishda oqlanish yo‘lini Xudoning O‘zi aniq ko‘rsatdi. Bu haqda Tavrot va payg‘ambarlar guvohlik beradi.
22 Biz Iso Masihga bo‘lgan imonimiz orqali Xudoning oldida oqlanamiz. Odamlar orasida hech bir farq yo‘q.
23 Axir, hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug‘vorligidan mahrumdir.
24 Lekin gunohkorlar Iso Masih orqali gunohlaridan ozod bo‘ladilar. Ular oqlanishga loyiq bo‘lmasalarda, Xudoning inoyati bilan oqlanadilar.
25 26Xudo Iso Masihni bu dunyoga yubordi. Masihga ishonganlarning hammasi Uning to‘kilgan qoni orqali Xudo bilan yarashdilar.
26 Shunday qilib, Xudo O‘zining adolatini namoyon qiladi. U oldin sabr–toqat qilib, ilgari qilingan gunohlarni jazosiz qoldirgan edi, endi esa Iso Masihga ishonganlarni oqlab, O‘zining haq ekanligini ko‘rsatmoqda.
27 Endi maqtanishga arzigulik narsamiz qoldimi? Yo‘q, maqtovga o‘rin yo‘q. Qanday qilib? Amrlarni bajo keltirishni talab qiluvchi qonunga ko‘rami? Yo‘q, insonlar imon orqali oqlanganda maqtanishga hech o‘rin qolmaydi.
28 Biz qanoat hosil qildikki, inson qonun talablarini bajo qilish orqali emas, balki imon orqali oqlanadi.
29 Nahotki Xudo faqat yahudiylarning Xudosi bo‘lsa?! U boshqa xalqlarning ham Xudosi emasmi? Albatta, U boshqa xalqlarning ham Xudosi.
30 Axir, Xudo yagona–ku! Sunnatlilarni ham, sunnatsizlarni ham Xudo imon orqali oqlaydi.
31 Demak, biz bu imon bilan qonunni bekor qilyapmizmi? Yo‘q, aslo! Aksincha, qonunni tasdiqlayapmiz.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18