Rimliklarga maktub 14 bob

1 Birodaringni hukm qilma. 13 Birodarlar bilan tinch–totuv yashash haqida.

1 Imoni sust bo‘lganlarni imonlilar qatoriga qabul qiling, ularning fikrlari haqida bahslashmang.
2 Zero, ba’zilar hamma narsani tanovul qilib bo‘ladi, deb ishonadi, ba’zi imoni sustlar esa faqat sabzavot yeydi.
3 Hamma narsani yeydigan odam, har qanday narsani yemaydigan odamdan nafratlanmasin. Shuningdek, har narsani ham yeyavermaydigan odam, hamma narsani yeydigan odamni hukm qilmasin, chunki Xudo uni imonlilar qatoriga qabul qilgan.
4 Sen kim bo‘libsanki, birovning xizmatkorini tergaysan? Xizmatkorning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ish qilganini uning xo‘jayini tasdiqlaydi–ku! Xo‘jayin xizmatkorni boshqargani uchun xizmatkor to‘g‘ri ish qiladi, bu xo‘jayin Rabbimiz Isodir.
5 Ayrim odamlar bir kunni boshqa kundan ustunroq hisoblaydi, yana boshqa bir odamlar esa kunlarning hammasini baravar, deb hisoblaydilar. Har bir kishi o‘z fikrida mahkam tursin.
6 Biror kunni boshqasidan ustun, deb bilgan odam Rabbimiz Isoni ulug‘lash uchun shunday qiladi. Hamma narsani yeyish mumkin, deb bilgan odam ham Rabbimizni ulug‘lash uchun shunday fikrlaydi, chunki ovqati uchun u Xudoga shukr aytadi. Har narsani yemaydigan odam ham Rabbimizni ulug‘lash uchun shunday qiladi, u ham ovqati uchun Xudoga shukr aytadi!
7 Zero, hech birimiz faqat o‘zimiz uchun yashamaymiz, faqatgina o‘zimiz uchun o‘lmaymiz.
8 Axir, yashasak, hayotimiz bilan Rabbimiz Isoga shuhrat keltiramiz, o‘lsak ham, o‘z o‘limimiz bilan Rabbimizga shuhrat keltiramiz. Demak, yashasak ham, o‘lsak ham, Rabbimizga tegishlimiz.
9 Masih o‘liklarning hamda tiriklarning Rabbiysi bo‘lish uchun o‘ldi va o‘likdan tirildi.
10 Shunday ekan, nima uchun birodaringizni hukm qilyapsiz? Nima uchun birodaringizdan nafratlanyapsiz? Axir, hammamiz Xudoning hukm kursisi oldida turib, javob beramiz–ku!
11 Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan: “Egamiz shunday demoqda: ‘Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi aytamanki: Mening oldimda har bir tizza cho‘kka tushadi, Har bir til Menga hamdu sano aytadi.’”
12 Demak, har birimiz Xudoning oldida o‘zimiz uchun javobgarmiz.
13 Shuning uchun endi bir–birimizni hukm qilmaylik. Aksincha, birodarlaringizning yo‘liga g‘ov qo‘ymaslikka, uni vasvasaga solmaslikka qaror qilinglar.
14 Men Rabbim Isoga tegishli bo‘lganim uchun qat’iy aminmanki, hech bir narsa o‘z–o‘zidan harom emas. Ammo kimdir biror narsani harom hisoblasa, o‘sha narsa u uchun haromdir.
15 Agar sizlar biror narsa yeb, birodaringizni xafa qilayotgan bo‘lsangiz, mehr– muhabbat bilan ish tutmayotgan bo‘lasiz. Masih bu odam uchun o‘lgan, yegan ovqatingiz bilan o‘sha odamni halokatga yo‘liqtirmang.
16 Siz yaxshi deb bilgan narsa haqida boshqalar yomon gap gapirmasin.
17 Xudoning shohligi ovqat va ichimlikdan emas, balki Muqaddas Ruh ato qiladigan solihlik, tinchlik va quvonchdan iborat.
18 Masihga shu tarzda xizmat qilgan odam Xudoni ham mamnun qiladi, insonlarning ham maqtoviga sazovor bo‘ladi.
19 Shuning uchun o‘zaro tinch–totuv yashash va bir–birimizning imonimizni mustahkamlash harakatida bo‘laylik.
20 Yegulikni deb, Xudoning ishiga putur yetkazmanglar! To‘g‘ri, hamma narsa halol, ammo biror narsani yeb, birodarini vasvasaga solgan odam noto‘g‘ri ish tutgan bo‘ladi.
21 Go‘sht yeyish, sharob ichish yoki shunga o‘xshash ishlar birorta birodarni vasvasaga solayotgan bo‘lsa, bularni qilmaslik yaxshidir.
22 Bu masaladagi fikringizni Xudoning O‘zi hukm qilsin. Tutgan yo‘lini hukm qilmagan odam baxtiyordir.
23 Biror narsani yeyish haqida ikkilanib turib, baribir yeyishga qaror qilgan odam hukmga duchor bo‘lishi muqarrar, chunki u o‘z ishonchiga ko‘ra ish tutmagan bo‘ladi. Ishonchga asoslanmasdan qilingan har bir ish esa gunohdir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18