Rimliklarga maktub 4 bob

1 Ibrohimning ibratli imoni. 13 Xudo O‘z va’dasida turadi.

1 Xo‘sh, biz bobokalonimiz Ibrohim haqida nima deymiz? Ibrohim qanday qilib inoyat topdi?
2 Agar Ibrohim savob ishlari tufayli oqlanganda edi, uning maqtanishga haqqi bo‘lardi, ammo Xudoning oldida hech kim maqtana olmaydi.
3 Axir, Muqaddas Bitiklarda nima deb yozilgan? “Ibrohim Xudoga ishondi, Xudo uni ishonchi uchun, solih, deb bildi.”
4 Mehnatkashga to‘lanadigan maosh iltifot emas, xizmat haqidir.
5 Biroq qonunni bajarishga suyanmay, balki betavfiqni oqlovchi Xudoga ishongan kishi o‘z ishonchi tufayli oqlanadi.
6 Mana, qonunni bajarganidan qat’iy nazar, Xudo tomonidan oqlangan odamni Dovud ham baxtli, deb aytadi:
7 “Itoatsizligi kechirilganlar baxtlidir, Egamiz kimning gunohidan o‘tgan bo‘lsa, O‘sha inson baxtlidir.
8 Egamiz kimning aybini yozmagan bo‘lsa, O‘sha inson baxtlidir.”
9 Bu baxtiyorlik faqat sunnat qilinganlarga mansubmi yoki sunnatsizlarga ham tegishlimi? Aytib o‘tganimizday, Ibrohim ishonchi tufayli oqlandi.
10 Xo‘sh, u qachon oqlandi? Sunnat bo‘lishidan oldinmi yoki keyinmi? Sunnat bo‘lishidan oldin!
11 U sunnatni ishonch orqali ega bo‘lgan solihligining muhri sifatida qabul qildi. U sunnat qilinmasdan oldin oqlangandi. Shunday qilib, Ibrohim sunnatsiz holda imon keltirib oqlangan har bir insonning otasi bo‘ldi.
12 Ayni zamonda, Ibrohim sunnatlilarning ham otasi hisoblanadi, shu shart bilanki, ularning imoni ham otamiz Ibrohim sunnat qilinmasdan oldin ega bo‘lgan imoniday bo‘lishi kerak.
13 Xudo Ibrohimga va uning nasliga yer yuzini mulk qilib olish to‘g‘risida va’da bergan edi. Ibrohim qonunga itoat qilgani uchun emas, balki Xudo uni ishonchi tufayli solih, deb bilgani uchun Xudo bu va’dani berdi.
14 Agar yer yuzini qonunga suyanadiganlar mulk qilib oladigan bo‘lsa edi, unda imon behuda, va’da esa quruq bo‘lib qolar edi.
15 Axir, qonun Xudoning g‘azabini qo‘zg‘atadi, xolos. Qonun bo‘lmasa, qonunbuzarlik ham bo‘lmaydi.
16 Shu sababdan, Xudoning va’dasi Uning inoyatiga bog‘liq bo‘lib, faqat imon bilan qabul qilinadi. Natijada qonunga amal qilib yashaydimi, yo‘qmi, xuddi Ibrohimning imoniday imonga ega bo‘lganlarning hammasi uning zurriyotidir. Xudoning va’dasi albatta ularga ham daxldordir. Axir, Ibrohim hammamizning otamizdir.
17 Muqaddas Bitiklarda quyidagicha yozilgan–ku: “Men seni ko‘plab xalqlarning otasi qilaman.” O‘liklarni tiriltiruvchi va mavjud bo‘lmagan narsalarni vujudga keltiruvchi Xudoga ishonib, Ibrohim hammamizning otamiz bo‘ldi.
18 Xudo Ibrohimga yana: “Sening nasling sonsanoqsiz bo‘ladi”, degan edi. Ibrohim ko‘p xalqlarning otasi bo‘lishga hech bir umidi qolmaganiga qaramasdan, imoni tufayli umidvor edi.
19 O‘zi yuz yoshga yaqinlashib, badani ancha zaiflashib qolganiga va xotini Soraning bepushtligiga qaramay, Ibrohimning imoni zaiflashmadi.
20 Imonsizlik qilib, Xudoning va’dasidan shubhalanmadi, balki imonida mahkam turib, Xudoni ulug‘ladi.
21 Xudo bergan va’dasini bajo keltirishga qodir, deb Ibrohim qat’iy ishonar edi.
22 Mana shu ishonchi uchun Xudo Ibrohimni solih, deb bildi.
23 Bu so‘zlar faqatgina Ibrohimga tegishli emas,
24 balki biz uchun ham aytilgan. Agar Rabbimiz Isoni o‘likdan tiriltirgan Xudoga ishonsak, Xudo bizni ham oqlaydi.
25 Bizning gunohlarimiz uchun Iso Masih o‘limga topshirildi va oqlanishimiz uchun tirildi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18