Ayub 33 bob

1 Elixu Ayubga qarshi gapiradi.

1 Ey Ayub, endi mening so‘zlarimni eshiting, Hamma gaplarimga quloq soling.
2 Men hozir gapirishga tayyorman. So‘zlarim tilimda tizilib turibdi.
3 So‘zlarim pok ko‘nglimdan chiqadi, Chin dildan gapiraman.
4 Meni Xudoning Ruhi yaratgan, Qodir Xudoning nafasi menga hayot berib turibdi.
5 Agar qo‘lingizdan kelsa, menga javob bering– chi, O‘zingizni himoya qilib ko‘ring–chi!
6 Xudoning oldida siz ham, men ham birmiz, Men ham tuproqdan yaralganman.
7 Mendan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi, Sizga hech zulm o‘tkazmayman.
8 Gaplaringizni o‘z qulog‘im bilan eshitdim, Quyidagi so‘zlarni oldimda aytgansiz:
9 “Men pokman, aybsizman, Top–tozaman, menda hech bir ayb yo‘q.
10 Xudo esa menga qarshi chiqishga bahona qidiryapti, Meni O‘z dushmanlari qatoriga qo‘shib qo‘ydi.
11 Oyoqlarimni zanjirband qildi, Yurgan yo‘limni kuzatib turadi.”
12 Ayub, mana shu borada siz nohaqsiz. Men sizga shuni aytay: Xudo butun odamzoddan ulug‘roqdir.
13 Shunday ekan, nimaga U bilan da’volashyapsiz? Nima uchun, Xudo menga javob bermaydi, deysiz?
14 Xudo qayta–qayta gapiradi. Shunda ham odamlar tushunmaydi.
15 Odamlar chuqur uyquga ketganda, O‘rinlarida uxlab yotganda, Tushlar, tungi vahiylar orqali
16 Xudo ularning quloqlariga gapiradi, O‘z ogohlantirishlari bilan ularni qo‘rqitadi.
17 Inson gunohlaridan qaytsin, Odamzod takabbur bo‘lmasin, deb bu so‘zlarni aytadi.
18 O‘sha ogohlantirishlar odamlarni qabrdan saqlaydi, O‘lim daryosidan qutqaradi.
19 Xudo insonlarga dardu og‘riq berib, Odamlarning suyaklarini zirqiratib, tarbiyalaydi.
20 Shunda ular nonga ham qaray olmaydigan bo‘lib qoladi. Hatto eng shirin ovqatlar ham ko‘nglini aynitadi.
21 Ular ozib–to‘zib ketadi, faqat terisi qoladi. Oldin ko‘rinmagan suyaklari endi turtib chiqadi.
22 Ana, ular qabrga yaqinlashib qoldi. O‘lim ularning jonini poylab turibdi.
23 Lekin shu paytda insonning himoyachisi bo‘lsa, Minglarga qarshi chiqib, O‘sha insonni solih, deb tasdiqlaydigan bir himoyachisi
24 O‘sha insonga rahm qilib: “Ey Xudoyim, uni qabrdan qutqargin, Bu insonning joni evaziga to‘lov topdim”, desa,
25 O‘sha insonning tanasi yosh bolaniki kabi yangilanadi, Yoshligidagi kabi yana kuchga to‘ladi.
26 O‘sha inson Xudoga ibodat qiladi, Xudo esa uni qabul qiladi. Xudoning huzuriga u shodlik bilan kiradi, Chunki Xudo uni solihlik yo‘liga qaytaradi.
27 O‘sha inson kelib, boshqalarga shunday deydi: “Mana, men to‘g‘ri yo‘ldan yurmasdan, Gunoh qilgan edim, Lekin men o‘zimga loyiq jazoni olmadim.
28 Xudo jonimni qabrdan qutqarib qoldi. Endi mening hayotim yorug‘ kunlarga to‘la!”
29 Ha, Xudo odamzodga shunday qiladi, Bir emas, ikki emas, ko‘p marta takrorlaydi.
30 Insonlarni qabrdan saqlash uchun, Hayot nuri ularning yo‘llarini yoritsin, deb shunday qiladi.
31 Ey Ayub, diqqat qiling, menga quloq soling, Jim turing, men gapiray.
32 Agar biror gapingiz bo‘lsa, menga javob bering. Gapiravering, chunki oqlanishingizni xohlayman.
33 Lekin gapingiz bo‘lmasa, menga quloq soling, Sukut saqlang, men sizga donolikni o‘rgatay.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18