Ayub 9 bob

1 Ayub Bildadga javob beradi.

1 Ayub javob berib, shunday dedi:
2 “Ha, bilaman, aytganlaringning hammasi to‘g‘ri, Lekin qanday qilib inson Xudoning nazarida haq bo‘la oladi?
3 Agar biror inson Xudo bilan bahsga kirishsa, U Xudoning mingta savolidan bittasiga ham javob bera olmasdi.
4 Ha, Xudo dono va qudratlidir, Kim Xudoga qarshi chiqib, Undan ustun bo‘lgan?!
5 Xudo ogohlantirmay tog‘larni ag‘daradi, G‘azab alangasida ularni yiqitadi.
6 Yerni joyidan qo‘zg‘atib, silkitadi, Zamin ustunlarini titratadi.
7 Quyoshga amr bersa, u nur sochmaydi, Yulduzlarning nurini o‘chirishga qodir Xudo U.
8 Uning O‘zi samoni yoygan, Dengiz to‘lqinlarini toptab yuradi.
9 Hulkar yulduzini, Katta ayiq burji va Parvin yulduzlarini, Butun janubdagi yulduz turkumlarini yaratgan Xudodir U.
10 Inson aqli bovar qilmaydigan buyuk ishlar qiladi Xudo, U qilgan mo‘jizalarning son–sanog‘i yo‘qdir.
11 U yonginamdan o‘tib ketsa ham, Men Uni ko‘ra olmayman. O‘z yo‘lida davom etib ketaveradi, Uning o‘tganini payqamay qolaman.
12 U olib qo‘yaman, desa, kim to‘xtata oladi?! Kim Undan: “Nima qilyapsan?” deb so‘ray oladi?!
13 Xudo O‘z g‘azabini tutib turmaydi, Hatto maxluq Rahob yordamchilari Uning oyog‘i ostida qaltiraydi.
14 Men kim bo‘libmanki, Unga javob bera olsam, U bilan bahslashish uchun kerakli so‘zlar tilimga kelsa?!
15 Aybsiz bo‘lsam ham, Unga javob bera olmagan bo‘lardim, Hakamdan faqat rahm–shafqat tilagan bo‘lardim.
16 Agar Uni chaqirsam, U menga javob bersa ham, Gaplarimga quloq solishiga ishonmayman.
17 Xudo bo‘ron chaqirib, meni ezmoqda, Hech bir sababsiz yaralarimni ko‘paytirmoqda.
18 Nafasimni rostlab olishga ham imkon bermayapti, Yuragimni qayg‘uga to‘ldiryapti.
19 Agar kuch sinalsa, albatta U eng kuchlisi bo‘lib chiqadi. Odillik masalasida esa kim Uni mahkamaga chaqirib keladi?!
20 Gunohsiz bo‘lsam ham, o‘z og‘zim meni aybdor, deb topadi, Aybsiz bo‘lsam ham, o‘z og‘zim meni egri, deb hukm qiladi.
21 Aybsizman, ammo menga baribir, O‘z hayotimdan nafratlanyapman.
22 Eh, hammasi baribir ekan, shuning uchun ham: “U aybsizni ham, fosiqni ham halok qiladi”, deb aytaman.
23 Kulfat kutilmaganda odamga o‘lim keltirsa, Aybsizning boshiga tushgan ofatdan Xudo kuladi.
24 Butun yer yuzi fosiqlar qo‘lida, Xudo hakamlarning ko‘zlarini bog‘lab qo‘ygan. Agar U bog‘lamagan bo‘lsa, Yana kim bog‘lagan bo‘lishi mumkin?!
25 Hayotim chopog‘on kishidan ham tezroq o‘tib ketadi. Shunchalik tezki, hech farog‘at ko‘rmay o‘tib ketaman.
26 Umrim tez suzadigan qayiqlarday ko‘zga ko‘rinmay ketadi, O‘z o‘ljasiga tashlangan burgutday tezdir.
27 “Endi hech nolimayman, Qayg‘uli chehram yorishsin, Xursand bo‘lay”, degim keladi,
28 Lekin yanada ko‘proq keladigan g‘am– alamdan qo‘rqaman. Axir, Sen meni aybsiz hisoblamaysan.
29 Modomiki, aybdor ekanman, Harakat qilishimdan nima foyda bor?
30 Qor suvida cho‘milib, Qo‘llarimni sovun bilan yuvsam–da,
31 Ey Xudo, Sen meni loy chuqurga tashlaysan, Hatto kiyimlarim ham mendan nafratlanadi.
32 Xudo inson emaski, men U bilan bahslashsam, Men bilan da’volashgin, deb Uni chaqirsam.
33 Ikkimiz oramizda hakam yo‘qki, Bizni ajrim qilsa.
34 Hakam bo‘lganda, Xudoning tayog‘ini ustimdan olib tashlagan bo‘lardi, O‘shanda Xudo meni boshqa dahshatga solmasdi.
35 Qo‘rqmasdan Unga gapira olgan bo‘lardim, Lekin hozirgi ahvolimda unday qilolmayman.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак