Ayub 15 bob

1 Temonlik Elifaz ikkinchi marta Ayubga gapiradi.

1 Keyin temonlik Elifaz shunday dedi:
2 “Dono kishi shunday behuda so‘zlar bilan javob bermagan bo‘lardi! Og‘zini quruq gaplar bilan to‘ldirmas edi!
3 Befoyda so‘zlar aytib bahslashmagan bo‘lardi! Quruq gaplar aytmas edi!
4 Sen Xudodan qo‘rqmay qo‘yding! Toat–ibodatga to‘sqinlik qilyapsan.
5 Gunohlaring senga gap o‘rgatyapti, Xuddi ayyorlarday gapiryapsan.
6 Men emas, o‘z og‘zing seni hukm qilyapti, O‘z lablaring senga qarshi guvohlik beryapti.
7 Nima, sen odamzodning to‘ng‘ichimisan?! Qirlar yaratilmasdan oldin tug‘ilganmisan?!
8 Xudoning kengashida qatnashganmisan?! Nima, faqatgina o‘zingni dono, deb bilasanmi?!
9 Xo‘sh, biz bilmagan nimani bilasan? Biz tushunmaganlarni sen tushunasanmi?
10 Ha, oqsoqollar, keksalar, Otangdan ham yoshi ulug‘roq bo‘lganlar biz tomonda.
11 Xudoning tasallisi senga kamlik qilyaptimi?! Muloyimlik bilan aytgan so‘zi senga yetmayaptimi?!
12 Nima uchun yuragingning amriga qarab ish tutasan? Nima uchun ko‘zlaringni chaqchaytirasan?
13 Nima uchun sen Xudo bilan teskarisan? Nimaga og‘zingdan shunday so‘zlar chiqyapti?
14 Inson o‘zi nimaki, pok bo‘la olsa?! Ayol zotidan tug‘ilgan inson qanday qilib solih bo‘la oladi?!
15 Xudo hatto O‘z farishtalariga ham ishonmaydi, Hatto samo ham Uning nazarida pok emas.
16 Shunday ekan, qabih va buzuq inson qanchalik tuban, Axir, inson yovuzlikni suvday ichib yuboradi– ku!
17 Quloq sol, men senga tushuntiraman, Ko‘rganimni aytib beraman.
18 Senga donishmandlarning gaplarini aytaman. Ular ajdodlaridan o‘rganib, yashirmasdan aytganlarini so‘zlab beraman.
19 Faqat o‘sha dono insonlarga yurt berilgan edi, Ularning orasida begonalar yo‘q edi.
20 Fosiqlarning butun umri og‘riq bilan o‘tadi, Zo‘ravonlarga berilgan barcha yillar sanoqlidir.
21 Dahshatli tovushlar quloqlariga tinchlik bermaydi. Farovonlik chog‘ida ham ularning ustiga bosqinchi bostirib keladi.
22 Fosiqlar zulmatdan qochib qutulishga umid qilmaydilar, Ularning peshanasiga qilichdan o‘lish yozilgan.
23 Ular non izlab daydib yuradilar, Zulmat kuni yaqinligini biladilar.
24 Qo‘rquv va qayg‘u ularni dahshatga soladi, Urushga tayyorlanayotgan shohday, vahimada yashaydilar.
25 Ular qo‘llarini Xudoga qarshi ko‘targani, Qodir Xudoga bo‘ysunmaganlari uchun shunday bo‘ladi.
26 Mustahkam qalqonlarini ko‘tarib, O‘jarlik bilan Unga qarshi chiqadilar.
27 Chunki ular semirib, yuzlari yiltirab ketgan, Qorniyu bellarini yog‘ bog‘lab ketgan.
28 Ular vayrona shaharlarda yashaydilar. Qulab tushay deb turgan, Hech kim yashamaydigan uylarda turadilar.
29 Ular boyligicha qolavermaydilar, boyliklari abadiy emas. Mol–dunyosi yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketadi.
30 Ular zulmatdan qochib qutula olmaydilar. Ha, ular shoxlari yongan daraxtga o‘xshaydilar. Xudoning nafasi ularni uchirib yuboradi.
31 Behuda narsalarga umid bog‘lab, o‘zlarini aldamasinlar, Ularning mukofoti o‘sha behuda narsalar bo‘ladi.
32 Vaqti–soati yetmay turib, ular to‘liq jazo oladilar, Novdalari gullab–yashnamaydi.
33 Uzumlari pishmay turib uzib olingan tokday, Gullari to‘kilib, meva tugmagan zaytun daraxtiday bo‘lib qoladilar.
34 Betavfiqlar to‘dasi biror avlod qoldirmay o‘tib ketadi, Poraxo‘rlarning chodirlarini olov yondirib yuboradi.
35 Fosiqlar buzuqlikka homilador bo‘lib, yovuzlik tug‘adilar, Yuraklarida faqat yolg‘on tug‘iladi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак