Shohlar (uchinchi kitob) 9 bob

1 Egamiz yana Sulaymonga zohir bo‘ladi. 10 Sulaymonning shoh Xiram bilan tuzgan bitimi. 15 Sulaymonning yutuqlari.

1 Sulaymon Egamizning uyini ham, o‘zining saroyini ham qurib bo‘ldi. Mo‘ljallangan hamma yumushlarni tamom qildi.
2 Shundan keyin Egamiz Sulaymonga, ilgari Givonda zohir bo‘lganiday, yana zohir bo‘ldi.
3 Egamiz unga shu so‘zlarini ayon qildi: — Menga qilgan iltijolaringni eshitdim. Sen qurgan va O‘zim ulug‘lanadigan uyni muqaddas qildim. Ko‘zlarim, ko‘nglim doimo o‘sha yerda bo‘ladi.
4 Sen ham Mening oldimda, otang Dovud kabi, sofdillik bilan va to‘g‘ri bo‘lib yursang, Men amr etgan hamma farmonlarimni ijro etsang, qonun– qoidalarimni mahkam tutsang,
5 Isroil ustidan shohlik taxtingni abadiy mustahkam qilaman. Otang Dovudga ham: “Sening naslingdan bo‘lgan erkak zoti to abad Isroil taxtida o‘tiradi”, deb va’da bergan edim.
6 Sen ham, sening nasling ham Men ko‘rsatgan yo‘ldan qaytsangiz, sizlarga bergan amr va farmonlarimga rioya qilmasangiz, borib boshqa xudolarga xizmat qilsangizlar, topinsangizlar,
7 Isroilni O‘zim bergan yurtdan uloqtirib tashlayman. Men muqaddas qilgan, O‘zim ulug‘lanadigan uyni tark etaman. Ana o‘shanda Isroil xalqi hammaning og‘zida duv–duv gap bo‘ladi, hamma xalqlar ularni masxara qiladi.
8 Hozir ajoyib bo‘lib turgan uyning yonidan o‘tganlar buning ayanchli ahvolini ko‘rganda, dahshatga tushib: “Nimaga ularning Egasi bu yurtni va bu uyni mana shu ahvolga soldi ekan–a?” deb qotib qoladi.
9 So‘ng yana o‘zlari shunday xulosa chiqaradilar: “E–ha, ular ota–bobolarini Misr yurtidan olib chiqqan, o‘zlarining Egasi Xudodan yuz o‘girdilar–ku! Boshqa xudolarga ergashib, o‘sha xudolarga topinib, xizmat etdilar–ku! Qilmishlariga yarasha o‘zlarining Egasi ularning boshiga shu ko‘rgiliklarni solibdi–da.”
10 Sulaymon ikkala uyni — Egamizning uyini va o‘z saroyini yigirma yilda bitirgan edi.
11 Tir shohi Xiram Sulaymonning ehtiyojiga ko‘ra, sadr yog‘ochi, sarv yog‘ochi, oltin yetkazib bergan edi. Shoh Sulaymon Xiramga bu xizmatlari uchun Jalila o‘lkasidagi yigirmata shaharni berdi.
12 Xiram: “Sulaymon bergan shaharlarni ko‘ray–chi”, deb Tirdan yo‘lga chiqdi, lekin u shaharlar Xiramga ma’qul kelmadi.
13 — Do‘stim, menga bergan shaharlaring shumi bori–yo‘g‘i?! — dedi Xiram Sulaymonga. Xiram o‘sha yerlarga Kavul deb nom berdi va bugunga qadar shu nom bilan yuritiladi.
14 Xiram esa shoh Sulaymonga 250 pud oltin yuborgan edi.
15 Shoh Sulaymon majburlab olgan qarollarni chaqirtirib, Egamizning uyini, o‘zining saroyini barpo ettirgan edi. Shuningdek, Quddusning sharq tomonidagi pastlikni to‘ldirib, mustahkam qildirgan va Quddus devorini qurdirgan edi. Xazor, Maxido‘ va Gezer shaharlarini mustahkamlagan edi.
16 Misr fir’avni Gezerga bostirib kelib, shaharni qo‘lga olgan va o‘t qo‘ygandi. Shu yerda istiqomat qilayotgan Kan’on aholisini qirib tashlab, shaharni o‘zining qizi — Sulaymonning xotiniga sep qilib bergandi.
17 Shundan so‘ng Sulaymon Gezerni, Pastki Bayt– Xo‘ronni,
18 Baalatni, Yahudoning cho‘lidagi Tamarni,
19 o‘zining hamma ombor shaharlarini, jang aravalari saqlanadigan shaharlarni, otliqlari turadigan shaharlarini qaytadan tuzatib mustahkamladi. Bundan tashqari, Quddusda, Lubnonda, shohlikning hamma burchaklarida nima istasa, barpo qildi.
20 Shu o‘lkada qolib ketgan Amor, Pariz, Xiv, Xet va Yobus xalqlari Isroil xalqidan emasdi.
21 Isroil xalqi ularning bu yurtda qolib ketgan avlodlarini tamomila qirib bitirolmagan edi. Sulaymon o‘sha qolib ketganlarini qarol qilib oldi. Ular bugungacha bor.
22 Lekin Sulaymon Isroil xalqidan birortasini qul qilmadi. Shohning sipohlari, a’yonlari, akobirlari, lashkarboshilari, jang aravalarining qo‘mondonlari va suvorilarining qo‘mondonlari Isroil xalqidan edi.
23 Sulaymonning ishboshilari 550 kishi bo‘lib, ular ishlayotgan odamlar ustidan nazoratchi edilar.
24 Fir’avnning qizi Dovud qal’asidan o‘ziga atalgan saroyga ko‘chib o‘tdi. Bu saroyni Sulaymon unga atab barpo qilgan edi. Shundan keyin Sulaymon Quddusning sharq tomonidagi pastlikni to‘ldirib, mustahkam qildirdi.
25 Sulaymon Egamizga atab qurgan qurbongohda yiliga uch marta kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklari qilar, tutatqi tutatardi. Shunday qilib, u Egamizning uyini bitkazgan edi.
26 Shoh Sulaymon Edom yurtida, Qizil dengiz bo‘yidagi Elet yonida — Ezyo‘n–Geber shahrida kemalar yasadi.
27 Xiram o‘z tajribali dengizchilarini Sulaymonning odamlari bilan birga kemalarda jo‘natdi.
28 Ular Ofirga borib, u yerdan 900 pud oltin olib, shoh Sulaymonga keltirib berdilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак