Shohlar (uchinchi kitob) 16 bob

8 Isroil shohi Elox. 15 Isroil shohi Zimri. 21 Isroil shohi Omri. 29 Isroil shohi Axab.

1 EgamizIsroil shohi Bashoga Xonin o‘g‘li Yohu orqali shu so‘zlarni ayon qilgan edi:
2 — Seni Men tuproq ostidan chiqarib yuksaltirdim. Seni xalqim Isroilning hukmdori qildim. Sen esa Yeribomning yo‘lidan ketib, xalqim Isroilni gunohga botirding. Gunohlaringiz Meni g‘azablantirdi.
3 Mana ko‘rasan, Nabat o‘g‘li Yeribom xonadoni singari, sening oilangni ham ildizidan quritaman.
4 Sening urug‘ingdan shaharda vafot etgan odam ko‘ppaklarga yem bo‘lar, qirda vafot etgan odam ko‘kdagi qushlarga yem bo‘lar.
5 Bashoning boshqa ishlari, faoliyati, kahramonliklari “Isroil shohlarining tarixi” kitobida yozib qoldirilgan.
6 Basho ham olamdan o‘tib, Tirzada ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Elox shoh bo‘ldi.
7 Xonin o‘g‘li Yohu orqali Bashoga va uning xonadoniga Egamiz O‘zining so‘zlarini ayon qilgan edi. Basho Egamiz oldida Yeribom xonadoni kabi qabihliklar qilgani va Yeribomning xonadonini qirib tashlagani uchun, Egamiz undan g‘azablandi.
8 Oso Yahudoga shohlik qilayotganiga yigirma olti yil bo‘lganda, Elox Isroil shohi bo‘ldi. Elox Bashoning o‘g‘li edi. U Tirzada istiqomat qilib, ikki yil hukmdorlik qildi.
9 Lekin jang aravalarining yarmiga qo‘mondon bo‘lgan Zimri unga suiqasd uyushtirdi. Elox Tirzada turgan paytda Tirzadagi bosh vaziri Arzoning uyida ichib mast bo‘lib qoldi.
10 Shunda Zimri ichkariga kirdi–yu, uni o‘ldirdi. So‘ng Zimri shoh bo‘lib oldi. Oso Yahudoda shohlik qilayotganiga yigirma yetti yil bo‘lganda, shu voqea yuz berdi.
11 Zimri shoh bo‘lib taxtga o‘tirgach, Basho xonadonini bitta qo‘ymay qirib tashladi. Bashoning na qarindosh–urug‘idan, na yor–birodarlaridan biror erkak zoti tirik qoldi.
12 Yohu payg‘ambar orqali Egamizning aytgan so‘zlariga ko‘ra, Zimri Basho xonadonini yo‘q qildi.
13 Basho bilan uning o‘g‘li Eloxning gunohlari ko‘p bo‘lib, ular Isroil xalqini gunohga botirgan, o‘zlarining butlari bilan Isroil xalqining Xudosi — Egamizni g‘azablantirgani uchun, shu hodisalar yuz bergan edi.
14 Eloxning boshqa ishlari, butun faoliyati “Isroil shohlar tarixi” kitobida yozib qoldirilgan.
15 Oso Yahudoga shohlik qilayotganiga yigirma yetti yil bo‘lganda, Zimri ham Tirzada yetti kun Isroilga shoh bo‘ldi. Lashkarlar shu paytda Gibiton shahrini qamal qilib turgan edi. Bu shahar Filistlarniki edi.
16 “Zimri shohga suiqasd uyushtiribdi, shohni o‘ldiribdi”, degan xabarni lashkarlar Gibitonni qamal qilib turgan yerda eshitishdi. Xalq lashkarboshi Omrini qarorgohda o‘sha kuniyoq Isroil shohi qilib ko‘tardi.
17 Omri Isroil lashkarini boshlab Gibitondan chiqib keldi va Tirzani qamal qildi.
18 Zimri esa shaharning qo‘ldan ketganini ko‘rdi–yu, shoh saroyining ichki qal’asiga kirdi. Keyin orqasidan shoh saroyiga o‘t qo‘yib yuborib, o‘zi ham nobud bo‘ldi.
19 Zimri gunoh qilgani uchun shu hodisalar yuz bergan edi. U Yeribomning yo‘lidan yurib, Egamiz oldida qabihliklar qilgan, ham o‘zi gunoh qilgan, ham Isroil xalqini gunohga boshlagan edi.
20 Zimrining boshqa ishlari, xoinligi “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozib qoldirilgan.
21 Endi Isroil xalqi ikkiga bo‘linib qoldi. Xalqning yarmi: “Ginat o‘g‘li Tivnaxni shoh qilamiz”, deb unga ergashdi, yarmi esa Omrining etagini tutdi.
22 Omrining etagini tutgan xalq Tivnaxga ergashgan xalq ustidan g‘olib keldi, Tivnax esa o‘ldi. Omri shoh bo‘lib qoldi.
23 Oso Yahudoga shohlik qilayotganiga o‘ttiz bir yil bo‘lganda, Omri Isroil shohi bo‘ldi. U hammasi bo‘lib o‘n ikki yil hukmdorlik qildi. Olti yili Tirzada o‘tdi.
24 U Shamer ismli odamdan to‘rt pud kumushga tepalikni sotib olib, u yerga shahar qurdirdi. Shaharni tepalikning oldingi egasi Shamerning ismi bilan Samariya deb atadi.
25 Omri ham Egamiz oldida qabihliklar qildi. U shu darajada qabihlik qildiki, avval o‘tgan shohlarning birortasi Omrichalik qabihlik qilmagan edi.
26 Omri ham Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribomning yo‘lidan ketdi. Omri xalqni butparastlikka boshlab, Isroil xalqining Xudosi — Egamizni g‘azablantirdi.
27 Omrining boshqa ishlari, ko‘rsatgan qahramonliklari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozib qoldirilgan.
28 Nihoyat, Omri olamdan o‘tib, Samariyada ota–bobolari yoniga dafn qilindi, o‘rniga o‘g‘li Axab shoh bo‘ldi.
29 Oso Yahudoga shohlik qilayotganiga o‘ttiz sakkiz yil bo‘lganda, Axab Isroil shohi bo‘ldi. Axab Omrining o‘g‘li edi. U Samariyada turib, yigirma ikki yil davomida Isroilni boshqardi.
30 Axab Egamiz oldida shunday qabihliklar qildiki, oldin o‘tgan shohlarning birortasi ham shunchalik qabihlik qilmagan edi.
31 Hatto Nabat o‘g‘li Yeribomning gunohlariga sherik bo‘lgani kamlik qilganday, Sidonliklar shohi Etbaalning qizi Izabelga uylanib, Baalga xizmat qilib, unga sajda eta boshladi.
32 Samariyada Baalga atab qurgan uyda qurbongoh ham barpo qildi.
33 Axab, buning ustiga, Asheraga atab ustun yasadi. U o‘zidan avval o‘tgan hamma Isroil shohlaridan ziyoda gunoh qilib, Isroil xalqining Xudosi — Egamizni g‘azablantirdi.
34 Axab shohlik qilgan davrda Baytillik Xiyol Yerixo shahrini qaytadan qurdi. Egamizning Nun o‘g‘li Yoshua orqali qilgan bashorati bajo bo‘ldi. Xiyol to‘ng‘ich o‘g‘li Aburamning joni evaziga shaharning poydevorini yotqizdi. Kichik o‘g‘li Saxuvning joni evaziga esa shahar darvozasini o‘rnatdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18