Shohlar (uchinchi kitob) 6 bob

1 Sulaymon Egamizning uyini quradi. 15 Egamiz uyining bezaklari haqida batafsil ma’lumotlar.

1 Isroil xalqi Misr yurtidan chiqqanlariga 480 yil bo‘lganda, Sulaymon Isroil taxtiga o‘tirganiga to‘rt yil bo‘lgan edi. U o‘sha yilning ikkinchi oyida — Ziv oyida Egamizning uyini barpo qilishni boshladi.
2 Shoh Sulaymon Egamiz uchun qurayotgan uyning uzunligi 60 tirsak, eniga 20 tirsak, balandligi 30 tirsak edi.
3 Egamiz uyining asosiy xonasi oldida ayvon bo‘lib, ayvonning uzunligi asosiy xonaning eni bilan bir o‘lchovda — 20 tirsak, eni 10 tirsak edi.
4 Uyga panjarali derazalar ham yasattirdi.
5 Uyning tashqaridagi devorining yoniga va orqasiga uch qavatli yon xonalar qurdirdi.
6 Birinchi qavatning kengligi 5 tirsak, ikkinchi qavatning kengligi 6 tirsak, uchinchi qavatning kengligi 7 tirsak edi. Sulaymon uyning devorlarini, yon xonalarning hajmiga moslab, zinapoya shaklida qurdirdi. Shu sababdan yon xonalar uyning devoriga taqalmagan edi.
7 Uy qurilishi uchun toshlardan foydalanildi. Toshlar konning o‘zida yo‘nib tayyorlandi. Shu sababdan uy qurilayotganda, na bolg‘a, na bolta, na biror temir asbob ovozi eshitildi.
8 O‘rta qavatdagi yon xonaning eshigi uyning janub tomonida edi: aylanma zinapoya orqali o‘rta qavatga, o‘rta qavatdan esa uchinchisiga chiqilardi.
9 Shunday qilib, Sulaymon uyning devorlarini qurib bitkazdi. So‘ng uyning tomini sadr daraxtidan qilingan to‘sinlar va taxtalar bilan yopdi.
10 Uyning aylanasi bo‘ylab qurilgan yon xonalarning har bir qavatining balandligi 5 tirsak edi. To‘sinlar yon xonalar bilan uyning devorini bog‘lab turardi.
11 Egamiz Sulaymonga shu so‘zlarni ayon qildi:
12 — Mana, sen uyni quryapsan. Agar Mening farmonlarimga ko‘ra yursang, qonun–qoidalarimga rioya etsang, hamma amrlarimga itoat qilsang, o‘shanda otang Dovudga bergan va’dalarimni sen orqali bajaraman.
13 Har doim Isroil xalqi orasidan maskan qilaman, xalqim Isroilni aslo tark etmayman.
14 Shunday qilib, Sulaymon Xudoning uyini qurib bo‘ldi.
15 Sulaymon Egamiz uyining devori ichkarisini yerdan shiftiga qadar sadr yog‘ochidan qilingan taxta bilan qoplatdi. Polini sarv yog‘ochi taxtasidan qildi.
16 Ichki xona uyning ichkarisiga qurilgan bo‘lib, yerdan shiftiga qadar sadr yog‘ochi bilan ajratilgan edi. Bu xona Eng muqaddas xona, deb ataldi. Bu xonaning bo‘yi 20 tirsak chiqardi.
17 Uyning asosiy xonasi 40 tirsak bo‘lib, Eng muqaddas xonaning old tomonida edi.
18 Uyning ichkarisi sadr taxtalari bilan qoplanib, taxtalarga qovoq va ochilib turgan gullar surati shunday o‘yilgan ediki, devor toshlari ko‘rinmas edi.
19 Eng muqaddas xona Egamizning ahd sandig‘ini qo‘yish uchun hozirlangan edi.
20 O‘sha xonaning uzunligi ichki tarafdan 20 tirsak, kengligi 20 tirsak, balandligi ham 20 tirsak edi. Sulaymon bu xonani toza oltin bilan qoplatdi. Sadr yog‘ochidan yasalgan tutatqi qurbongohini ham oltin bilan qoplatdi.
21 Sulaymon uyning asosiy xonasini ham oltin bilan qoplatdi. Oltin bilan qoplangan Eng muqaddas xonaning old tomoniga oltin zanjirlar torttirdi.
22 Shunday qilib, Sulaymon uyning hamma joyini boshdan oxirigacha oltin bilan qoplatdi. Eng muqaddas xonaning kiraverishidagi tutatqi qurbongohini ham tamomila oltin bilan qopladi.
23 So‘ng Eng muqaddas xonaga qo‘yish uchun zaytun daraxti yog‘ochidan ikkita karub yasattirdi. Karublarning balandligi 10 tirsak edi.
24 Karublarning qanotlari 5 tirsakdan edi. Qanotlarning u uchidan bu uchigacha hammasi bo‘lib 10 tirsak chiqardi.
25 Har ikkala karubning shakli, hajmi bir edi.
26 Har bir karubning balandligi 10 tirsak edi.
27 Sulaymon karublarni Eng muqaddas xonaga yonma–yon qo‘ydi. Karublarning qanotlari cho‘zilib ketgan, birining qanoti bir devorga, ikkinchisining qanoti esa narigi devorga tegib turardi. Uyning o‘rtasida esa ikkovining qanotlari bir–biriga tutashardi.
28 Sulaymon karublarni ham toza oltin bilan qoplatdi.
29 Ikkala xonaning devoriga gir aylanasi bo‘ylab karublar, palma daraxtlari, ochilib turgan gullarning suratini o‘ydirdi.
30 Bu xonalarning polini ham oltin bilan qoplatdi.
31 Eng muqaddas xonaning kirish joyiga zaytun yog‘ochidan ikki tavaqali eshik yasattirdi. Eshikning kesakisi besh qirrali edi.
32 Zaytun yog‘ochidan yasalgan ikki tavaqali eshikka karublar, palma daraxtlari, ochilib turgan gullar suratini o‘ydirdi, so‘ng eshik ustini, karublar va palma daraxtlari suratini ham oltin bilan qoplatdi.
33 Asosiy xonaning kiraverishidagi to‘rt burchakli kesakini zaytun yog‘ochidan,
34 ikkita eshikni sarv daraxti yog‘ochidan yasadi. Eshiklarning har biri ikki tavaqali, yig‘ma edi.
35 Eshiklarning yuzasiga ham karublar, palma daraxti, ochilib turgan gullar suratini o‘ydirib, ularni oltin bilan bir tekis qilib qoplatdi.
36 Ichki hovli devorlarining uch qatorini taroshlangan toshdan, bir qatorini sadr yog‘ochidan qildi.
37 Egamiz uyining poydevori Sulaymon hukmronligining to‘rtinchi yilida — Ziv oyida qo‘yilib,
38 o‘n birinchi yilning sakkizinchi oyida — Bul oyida loyihaga binoan batamom, hamma ikir–chikirigacha qurib bitkazildi. Shunday qilib, Sulaymon uyni yetti yil davomida bunyod qildi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак