Shohlar (uchinchi kitob) 19 bob

1 Ilyos Sinay tog‘ida. 19 Elishay.

1 Axab Ilyos qilgan hamma ishlarni, barcha payg‘ambarlarni qanday qilib qilichdan o‘tkazganini Izabelga aytib berdi.
2 Izabel Ilyosga chopar orqali shu xabarni yetkazdi: “Payg‘ambarlarning jonini qanday olgan bo‘lsang, ertaga shu vaqtda men ham sening joningni olmasam, xudolar meni har qanday jazoga mubtalo qilsin, undan ham battarrog‘iga duchor qilsin.”
3 Ilyos bu xabarni eshitdi–yu, o‘rnidan turib, jonini qutqarish umidida Yahudoning Bersheva shahri tomon yo‘l oldi. Xizmatkorini o‘sha shaharda qoldirib,
4 yolg‘iz o‘zi cho‘lda bir kun yo‘l yurdi. Nihoyat, bir yulg‘un daraxti ostiga kelib o‘tirdi. O‘ziga o‘zi o‘lim tilab: — Yetar, ey, Egam! — deb xitob qildi u, — endi jonimni olaqol. Axir, ota–bobolarimdan mening ortiq joyim yo‘q.
5 Ilyos yulg‘un ostida yotib uxlab qoldi. Bir payt farishta uni turtib: “Tur, taom yeb ol”, — dedi.
6 Ilyos turib qarasa, bosh tomonida issiq tosh ustida pishgan non, ko‘zada suv turibdi. U yeb–ichib bo‘lib, yana yotdi.
7 Egamizning farishtasi ikkinchi daf’a qaytib keldi va Ilyosga teginib: “Tur, taom yeb ol, oldingda hali uzoq yo‘l turibdi”, dedi.
8 Ilyos o‘rnidan turib yeb–ichib oldi. Taomning quvvati bilan qirq kechayu qirq kunduz yo‘l yurib Xudoning tog‘i Sinayga yetib keldi.
9 Ilyos Sinay tog‘idagi bir g‘orga kirib, o‘sha yerda tunadi. Bir payt Egamiz undan: “Ey, Ilyos, bu yerlarda nima qilib yuribsan?” deb so‘radi.
10 — Ey, Parvardigori Olam — Egam, Sen uchun ko‘p jon kuydirgan edim, — dedi Ilyos. — Chunki Isroil xalqi Sen bilan qilgan ahddan qaytdi, qurbongohlaringni buzdi, payg‘ambarlaringni qilichdan o‘tkazdi. Ey, Egam, Sening payg‘ambarlaringdan yolg‘iz men qoldim, xolos. Endi jonimni olish uchun meni ham qidirib yuribdilar.
11 — Chiq, tog‘da Mening ro‘paramda tur, yoningdan o‘taman, — dedi Egamiz unga. Egamiz o‘tganda, qudratli bo‘ron tog‘larni yorib, qoyalarni parcha–parcha qilib tashladi, lekin Egamiz bo‘ron ichida emasdi. Shamoldan so‘ng zilzila bo‘ldi, lekin Egamiz zilzilada ham emasdi.
12 Zilziladan so‘ng esa alanga ko‘tarildi. Biroq Egamiz alanga ichida ham emas ekan. Alangadan keyin esa mayin shabada tovushi eshitildi.
13 Ilyos bu tovushni eshitib, yuzini chakmoni bilan berkitib oldi. Tashqariga chiqib, g‘orning og‘zida turdi. Shunda yana: “Ilyos, bu yerda nima qilib turibsan?” degan sado keldi.
14 — Ey, Parvardigori Olam — Egam, men Sen uchun ko‘p jon kuydirgan edim, — dedi Ilyos. — Isroil xalqi Sen bilan qilgan ahddan qaytdi, qurbongohlaringni buzdi, payg‘ambarlaringni qilichdan o‘tkazdi. Egamning payg‘ambarlaridan yolg‘iz men qoldim, xolos. Endi jonimni olish uchun meni ham qidirib yuribdilar.
15 Egamiz unga aytdi: — Sen kelgan yo‘lingdan orqaga qayt. Damashq yaqinidagi sahroga bor. U yerga borganingdan keyin, Xazayilning boshiga moy surt, u Oram yurtining shohi bo‘lsin.
16 Nimshi o‘g‘li Yohuning boshiga ham moy surt, u Isroilning shohi bo‘lsin. Ovil–Maxlalik Shofot o‘g‘li Elishayning boshiga ham moy surt, u sening o‘rningga payg‘ambar bo‘ladi.
17 Xazayilning qilichidan qochib qutulganni Yohu o‘ldiradi, Yohuning qilichidan qochib qutulganni Elishay o‘ldiradi.
18 Men Isroil xalqidan yetti ming odamni qoldiraman, ular Baal oldida tiz cho‘kmagan, birortasi ham Baalni o‘pmagan.
19 Ilyos u yerdan ketib, Shofot o‘g‘li Elishayni topdi. U o‘n ikki juft ho‘kiz bilan yer haydayotganlarning orasida o‘n ikkinchi juft ho‘kizni haydayotgan edi. Ilyos Elishayning yonidan o‘tayotib, chakmonini uning ustiga tashladi.
20 Elishay ho‘kizlarini qoldirib, Ilyosning orqasidan yugurib bordi. — Ijozat ber, borib, ota–onamni o‘pib xayrlashib kelay, keyin orqangdan yetib boraman, — dedi u Ilyosga. Ilyos Elishayga dedi: — Bor, lekin men senga qilganimni o‘ylab ko‘r!
21 Elishay Ilyosning yonidan qaytib borib, bir juft ho‘kizni so‘ydi. Omoch–bo‘yinturuqlarini yoqib, ho‘kizlarning go‘shtini pishirib, odamlarga berdi. Odamlar go‘shtni yeb bo‘lgach, Elishay Ilyosning ortidan jo‘nadi va unga xizmat qila boshladi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак