Shohlar (uchinchi kitob) 12 bob

1 Shimoldagi qabilalar isyon ko‘tarishadi. 21 Shamayoning bashorati. 25 Yeribom Xudodan yuz o‘giradi. 32 Baytildagi qurbongoh.

1 Raxabom Shakam shahriga ketdi. Jamiki Isroil xalqi ham, Raxabomni shoh qilib ko‘taramiz, deb Shakamga kelishdi.
2 Nabat o‘g‘li Yeribom bu haqda eshitib, Misrdan qaytdi. U Sulaymonning dastidan Misrga qochib ketganicha, hanuz o‘sha yerda edi.
3 Isroil xalqi odam yuborib, uni ayttirib keldi. So‘ngra Yeribom bilan barcha Isroil jamoasi Raxabom huzuriga kelib, unga shu gapni aytishdi:
4 — Otangiz bizga og‘ir bo‘yinturuq solgan edi. U bizni majbur qilgan og‘ir mehnatni endi siz yengillatib, bo‘yinturuqdan xalos qiling. O‘shanda biz sizga itoat etamiz.
5 — Hozir qaytib ketaveringlar, — dedi Raxabom kelganlarga, — uch kundan keyin yana huzurimga kelinglar. Shunday qilib, xalq qaytib ketdi.
6 Shoh Raxabomning otasi Sulaymon hayotligi davrida oqsoqollar har doim uning oldida hoziru nozir edilar. Shoh o‘sha oqsoqollarga maslahat soldi. — Sizlar nima deysizlar, bu xalqqa nima deb javob bersam bo‘ladi?
7 Oqsoqollar shohga shunday deb maslahat berishdi: — Agar siz bu xalqqa bugun qul bo‘lib xizmat qilsangiz, ularga javob berganingizda, yaxshi so‘zingizni ayamasangiz, ular sizga bir umr xizmat qiladilar.
8 Lekin shoh oqsoqollarning maslahatlarini rad qildi. Birga o‘sgan va o‘ziga xizmat qilayotgan yosh yigitlar bilan maslahatlashdi.
9 Shoh o‘sha yigitlarga dedi: — Bu xalq menga: “Otangiz bizga solgan og‘ir bo‘yinturuqdan endi bizni siz xalos qiling”, deyapti. Ularga nima deb javob berayin? Sizlar qanday maslahat berasizlar?
10 Raxabom bilan birga o‘sib–ulg‘aygan yosh yigitlar unga shunday maslahat berishdi: — Arz qilgan o‘sha xalqqa shunday deb ayt: “Mening sinchalog‘im otamning belidan ham yo‘g‘on.
11 Otam sizlarga og‘ir bo‘yinturuq solgan edi, endi men undan ham battar qilaman. Otam sizlarni qamchi bilan jazolagan ekan, men esa chayonlarga chaqtirib, jazolayman.”
12 Raxabom Yeribom bilan xalqqa: “Uchinchi kuni huzurimga kelinglar”, deb aytgani uchun, xalq aytilgan paytda shoh Raxabomning huzuriga keldi.
13 Shoh oqsoqollarning bergan maslahatlarini pisand qilmay,
14 yosh yigitlarning gapiga kirib, xalqqa keskin javob berdi: — Otam sizlarga og‘ir bo‘yinturuq solgan edi, endi men undan ham battar qilaman. Otam sizlarni qamchi bilan urib jazolagan ekan, men esa chayonlarga chaqtirib jazolayman.
15 Shunday qilib, shoh xalqqa quloq solmadi. Egamizning Shilo‘lik Oxiyo orqali Nabat o‘g‘li Yeribomga bergan so‘zi bajo bo‘lishi uchun, Xudo bu voqeani shunday rejalashtirgan edi.
16 Isroil xalqi qarasaki, shoh gapga quloq solmayapti. Shundan keyin xalq unga shunday xitob qildi: “Essay o‘g‘li Dovudning bizga o‘tkazib qo‘ygan joyi yo‘q, Bizning ham undan qarzimiz yo‘q! Ey, Isroil xalqi, hamma o‘z uyiga qaytsin! Ey, Dovud, endi o‘z ko‘mochingga o‘zing kul tortaver!” Shunday qilib, Isroil xalqi uylariga tarqalib ketdi.
17 Faqat Yahudo shaharlarida yashaydigan Isroil xalqi ustidangina Raxabom hukmronlik qiladigan bo‘lib qoldi.
18 Shoh Raxabom qarollar boshlig‘i Odoniramni Isroil xalqi oldiga yuborgan edi, Isroil xalqi uni toshbo‘ron qilib o‘ldirdi. Bu xabarni shoh Raxabom eshitdi–yu, shosha–pisha jang aravasiga minib Quddusga qochdi.
19 Isroil xalqi o‘sha kundan boshlab Dovud xonadonidan yuz o‘girdi.
20 Isroil xalqi: “Yeribom qaytib kelibdi”, degan xabarni eshitishdi–yu, odam yuborib, uni o‘zlarining huzuriga chaqirtirib kelishdi. Isroil xalqi Yeribomni butun Isroilga shoh qildilar. Dovud xonadoniga sodiq bo‘lgan faqat Yahudo qabilasi qoldi, boshqa hech kim bu xonadonga ergashmadi.
21 Sulaymon o‘g‘li Raxabom Quddusga kelib, Yahudo va Benyamin qabilalaridan 180.000 odamni sipohlikka tanlab oldi. “Shohlikni qaytarib olaman”, degan maqsadda ularni Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun tayyorladi.
22 Lekin o‘shanda payg‘ambar Shamayoga Xudoning quyidagi so‘zlari ayon bo‘ldi:
23 “Sulaymonning o‘g‘li, Yahudo shohi Raxabomga, butun Yahudo va Benyamin qabilasiga, bu yerdagi boshqa xalqlarga shu gaplarni yetkaz:
24 — Egamiz shunday aytmoqda: qarindoshlaringiz Isroil xalqiga qarshi urush boshlamanglar! Har kim o‘z uyiga qaytsin! Chunki bu ishlar hammasi Mendan bo‘ldi.” Ular Egamizning amriga itoat etib, uylariga qaytib ketdilar.
25 Yeribom Efrayim qirlaridagi Shakam shahrini mustahkam qilib, o‘sha yerda o‘rnashdi. U yerdan Paniyolga ketib, u shaharni ham mustahkam qildi.
26 Keyin Yeribom o‘ziga o‘zi aytdi: “Shohlik yana Dovud xonadoniga qaytib qolishi mumkin.
27 Agar bu xalq Egamizning uyigaqurbonlik qilish uchun Quddusga boraversa, u paytda xalqning ko‘ngli yana o‘zlarining hukmdori Yahudo shohi Raxabomga chopadi, meni esa o‘ldiradilar.”
28 Shundan so‘ng shoh maslahatchilari bilan maslahatlashib, ikki oltin buzoq yasadi va xalqqa dedi: — Ey, Isroil, Quddusga borib yurishingizga hojat yo‘q! Mana, sizlarni Misrdan olib chiqqan xudolaringiz!
29 Yeribom oltin buzoqlarning birini Baytil shahriga, ikkinchisini Dan shahriga o‘rnashtirdi.
30 Xalq oltin buzoqlarga topinmoq uchun Baytilga va Danga borardi. Bu narsalar esa hammani gunohga botirdi.
31 Yeribom, bundan tashqari, begona xudolarga atab sajdagohlar qurdirdi. Levi qabilasidan bo‘lmagan xalqdan ruhoniylar tayinladi.
32 Yeribom sakkizinchi oyning o‘n beshinchi kunini, Yahudoda bo‘ladigan bayramga o‘xshash bayram deb tayin qildi. Keyin qurbongohga chiqib, Baytilda yasagan oltin buzoqlarga qurbonliklar keltirdi. Baytilda o‘zi barpo qilgan sajdagohlarga ruhoniylar tayinlagan edi.
33 Shunday qilib, sakkizinchi oyning o‘n beshinchi kunini Isroil xalqi uchun bayram deb tayin etgach, Baytilga bordi. Bayramni nishonlash uchun qurbongoh yoniga kelib qurbonlik keltirdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18