Hikoyalar. Muqaddas Kitob 0 bob

Muqaddas Kitob hikoyalari. (Oilaviy o‘qish uchun) O‘zbek tilida.


MUNDARIJA
Ota-onalarga tilak.
ESKI AHD - Birinchi qism

Birinchi odamlar tarixi.
1. Dunyoning yaratilishi
2. Odam Atoning gunoh qilishi
3. Qobil bilan Hobil
4. To‘fon
5. Bobil minorasi

Ibrohim payg‘ambarning hikoyasi.
6. Va’da qilingan yer
7. Ibrohim va Lut.
8. Va’da qilingan o‘g‘il.
9. Ibrohimning xudoga bo‘lgan sevgisini sinalishi.

Yoqub payg‘ambarning hikoyasi
10. Yoqub bilan Esov
11. Yoqubning ko‘rgan tushi
12. Yoqub musofir yurtda
13. Aka-ukaning uchrashishi

Yusuf payg‘ambarning hikoyasi
14. Yusufning ko‘rgan tushlari
15. Yusuf qullikda
16. Misrda
17. Yusuf akalari bilan uchrashadi

Muso payg‘ambarning hikoyasi
18. Qamish savat (Muso)
19. Yonayotgan buta
20. Qizil dengizdan o‘tish
21. Manna va qoyadan chiqqan suv
22. Sinay tog‘ida
23. Oltin buqa (Horun va Muso)
24. Ayg‘oqchilar (Yoshua va Xolib)
25. Qoyadan chiqqan suv
26. Bronzadan yasalgan ilon

Yoshua payg‘ambarning hikoyasi
27. Rahoba va ayg‘oqchilar (Yoshua)
28. Iordan daryosini kechib o‘tish
29. Yerixoning qulashi
30. Quyosh va oy to‘xtab qoldi (Yoshua)

Shomuil payg‘ambarning hikoyasi
31. Yosh shomuil
32. Isroil shoh talab qiladi

Dovud payg‘ambarning hikoyasi
33. Cho‘pon yigit
34. Imon g‘alaba qiladi
35. Dovud va Shoul
36. G‘orda
37. Sion tog‘idagi sandiq

Sulaymon payg‘ambarning hikoyasi
38. Sulaymon donolikni tanlaydi
39. Xudoga atab ma’bad qurish
40. Shava malikasi (Sulaymon)

Yunus payg‘ambarning hikoyasi
41. Yunus xudodan qochib ketadi
42. Naynavo aholisi tavba qiladi

Doniyor payg‘ambarning hikoyasi
43. Asirlik (Doniyor)
44. Doniyor va uning do‘stlari
45. Olovli chuqurlik
46. Belshazar ziyofat beradi
47. Doniyor shoh Doro saroyida
48. Doniyor sherlar uyasida
49. Vatanga qaytish (Doniyor)

YANGI AHD - Ikkinchi qism

Hikoyalari Iso Masih.
50. Jabroil farishta Maryamga zohir bo‘ladi.
51. Oxurdagi chaqaloq
52. Daladagi cho‘ponlar
53. Sharqdan kelgan munajjimlar
54. Isoning oilasi.

55. Isoning suvga cho‘mdirilishi.
56. Isoning sahroda vasvasaga solinishi.
57. Isoning dastlabki shogirdlari.
58. Ka’na qishlog‘ida sodir bo‘lgan mo‘’jiza.
59. Isoning ma’badni birinchi daf’a tozalashi.
60. Tungi tashrif.
61. Quduq yonidagi uchrashuv.
62. Mo‘l-ko‘l o‘lja.
63. Iso moxov odamni tuzatadi.
64. Iso sholni sog‘aytiradi.
65. Shifo topgan ayol.
66. Iso beva ayolning o‘g‘lini tiriltiradi.
67. Iso yairning qizini tiriltiradi.
68. Iso bo‘ronni tinchlantiradi.
69. Iso besh mingta odamni to‘ydiradi.
70. Isoning suv ustida yurishi.
71. Rahmdil samariyalik haqida matal.
72. Iso baytaniya qishlog‘ida.
73. Adashgan qo‘y haqida matal.
74. Darbadar o‘g‘il haqida matal.
75. Iso bolalarni duo qiladi.
76. Iso lazarni tiriltiradi.
77. Iso ko‘r odamning ko‘zini ochadi.
78. Isoning zakkay bilan uchrashuvi.
79. Isoning quddusga tantanali kirishi.
80. Beva ayolning xayr-ehsoni.
81. Isoga sunbul moyi quygan ayol.

82. Iso so‘nggi fisih bayramini nishonlaydi.
83. Getsemaniya bog‘ida.
84. Xoinlik va isoning hibsga olinishi.
85. Butrusning isodan tonishi.
86. Iso hokim pilat huzurida.
87. Isoni xochga mixlash.
88. Isoning qayta tirilishi.
89. Butrus va Yuhanno qabr oldida.
90. Iso emmaus yo‘lida shogirdlariga ko‘rinadi.
91. Iso bilan to‘ma.
92. Isoning osmonga ko‘tarilishi.
93. Muqaddas ruhning tushishi.

94. Stefanni toshbo‘ron qilish.
95. Shoulning imonga kelishi.
96. Imon bilan suvga cho‘mish.
97. Tavitaning tirilishi.
98. Butrus qamoqda.
99. Pavlus va Silas.
100. Pavlusning Rimga safari.
101. Iso masihning Yuhannoga yuborgan vahiysi.
 


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 

 


Qadrli ota-onalar!

BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Qo‘lingizdagi kitob bolalar uchun Muqaddas Kitobdir! Ushbu kitobdagi hikoyalar Muqaddas Yozuvlardan olingan bo‘lib, bolalarga Xudoning Kalomi bilan hamda masihiylik tarixi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat beradi.
O‘zingizga ma’lumki, bolalar nafaqat atrof-muhitni, balki Xudoning kalomida bitilgan ruhiy haqiqatlarni ham oson qabul qilishadi. Ayni damda farzandlaringiz siz bilan birga ekanlar, vaqtingizni ular bilan Muqaddas Kitob hikoyalarini o‘qish bilan o‘tkazish imkonini qo‘ldan boy bermang, toki kelajakda ularda Muqaddas Kitobning asosiy va to‘liq manbaasi bilan tanishish ishtiyoqi paydo bo‘lsin; bu esa ularning hayotiga shubhasiz ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘lingizdagi kitob har bir bola bilishi lozim bo‘lgan hikoyalarni o‘z ichiga oladi. Doimiy ravishda Muqaddas Kitob o‘qish va ibodat qilish bolani to‘g‘ri tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Buning uchun vaqt topishingiz darkor! Farzandlaringizni sevgi bilan ulg‘aytiring, ularga masihiy qadriyatlarni yoshliklaridan singdirib boring.
Xudo sizlarga farzandlaringizni to‘g‘ri tarbiyalashingizga yordam beradi. U farzandlaringizga nafaqat hozir, balki kelajakda ham ko‘makdosh bo‘ladi, deb ishonamiz. Farzandlaringiz yoshlik chog‘idanoq Muqaddas Yozuvlarni o‘qish orqali haqiqatni tanib bilishlari uchun doimo duoda bo‘lamiz, chunki bu ularning donolikka erishishlari hamda Iso Masihga imon keltirish orqali najot topishlariga yordam beradi!
Sizlarni sevib qoluvchi hamda sizlar uchun ibodatda bo‘lguvchi Bible Mission xodimlari.


 

TEPAGA ⇑

 


 

1. Hikoya.

 

Dunyoning yaratilishi

Ibtido kitobi, 1-2-boblar

 

 

BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil

Azalda faqat Xudo bor edi, boshqa hech narsa yo‘q edi. Butun borliqni quyuq zulmat qoplagan edi. Xudo buni o‘zgartirishni istab yer bilan osmonni yaratdi.

Yaratish yo‘qdan bor qilish demakdir. Bironta odam buning uddasidan chiqolmaydi! Shu sabab biz Xudoni Yaratuvchi deb ataymiz. Xudoning odamlarga bergan Kalomi bo‘lgan Muqaddas Kitobda bu qanday sodir bo‘lgani haqida hikoya qilinadi.
Birinchi kunda Xudo “Yorug‘lik bo‘lsin”, dedi va shunday bo‘ldi. Keyin U yorug‘likni qorong‘ulikdan ajratdi va uni kunduz deb, qorong‘ulikni bo‘lsa tun deb atadi. Tun bilan kun bir-biri bilan o‘rin almashadi va bu hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.
Ikkinchi kunda Xudo suvning ustida gumbaz (biz buni atmosfera deb ataymiz) yaratdi va uni osmon deb atadi. Xudo suvning bir qismini gumbaz ostiga, qolgan qismini esa gumbaz ustiga yig‘di. So‘ngra Xudo gumbazlar orasidagi bo‘shliqni bizlar nafas oladigan havo bilan to‘ldirdi.

Uchinchi kuni Xudoning Kalomi bilan suvning ostida qurqlik paydo bo‘ldi; suv Xudo yaratgan chuqurliklarga yig‘ilib qoldi. “Shunday qilib, Xudo quruqlikni yer, suvlarni esa dengizlar deb atadi”. Biroq Xudo yerning bo‘m-bo‘sh va ko‘rimsiz ekanini ko‘rdi. Shuning uchun dedi: “Yer o‘t-o‘lanlar, butalar va daraxtlar o‘stirsin”. Shu ondayoq turli-tuman o‘simliklar paydo bo‘ldi. Dunyo rang-barang va go‘zal tus oldi! O‘simliklar urug‘lab, ulardan yana yangi o‘simliklar unib chiqdi. Daraxt mevalarida ham urug‘lar bo‘lib,
ulardan ham yangi daraxtlar o‘sa boshladi.
To‘rtinchi kunda, Xudoning amri bilan quyosh, oy va yulduzlar paydo bo‘ldi. Yaratuvchimiz quyoshni har tongda chiqib, har kechda botadigan qilib qo‘ydi. Tunda uyquga yotganimizda qorong‘u bo‘ladi. Biroq Xudoning buyrug‘i bilan oy va yulduzlar tungi osmonda nur sochib zulmatni yoritib turadi. Osmonda yulduzlar shunchalik ko‘pki, biz hatto ularning son-sanog‘iga ham yetolmaymiz. Quyosh va oy tufayli kunlar, oylar va yillarni belgilash imkoni tug‘ildi. Xudo vaqtni O‘zi istaganidek tartibga sola oldi.
Beshinchi kunda Xudo jonzotlarni yaratishga kirishdi. U shunday dedi: “Suv har xil tirik jonivorlar bilay qaynasin!” Shunday ham bo‘ldi. Xudo suv tubida erkin suza oladigan ulkan kitlarni, yashinday chaqqon katta-kichik baliqlarni yaratdi. Barcha dengiz jonivorlari, hatto ko‘z ilg‘amaydiganlarini ham Xudo yaratdi.
Xudo shunchalar ko‘p va turli-tuman jonivorlarni yaratdiki, ularni sanog‘iga yetish qiyin. Osmon ham Xudo yaratgan rang-barang qushlar va ularning ovozlari bilan to‘ldi. Ular moviy osmonda, ko‘m-ko‘k maysalar uzra qanot qoqar, daraxtlarga va yerga qo‘nib orom olar, hamda oziqlanar edilar. Xudo barcha yaratgan jonivorlarini muborak qilib, “Yer yuzida ko‘payib barakali bo‘linglar”, - dedi. U hamma baliqlar, hayvonlar va qushlar avlod qoldirishini istar edi. Yer yuzida, havoda va suvda hayot qaynay boshladi. Beshinchi kun mana shu tariqa yakuniga yetdi.

Mana oltinchi kun ham keldi. Xudo yer yuzida chorva mollari, qurt-qumursqalar, dala hayvonlari kabi yanada ko‘proq jonivorlarni paydo qildi. Sigirlar, otlar, cho‘chqalar, sherlar va yo‘lbarslar, maymunlar va boshqa ko‘plab jonivorlar quyosh ostida o‘zlariga makon topdilar. Shuningdek ilonlar va boshqa sudralib yuruvchilar ham paydo bo‘ldi. Yaratilgan jonivorlarning birontasi ham bir-biriga o‘xshamas edi.
Shunday qilib, Xudo O‘z ishini deyarli yakunlagan edi.
Yer va osmon, quyosh va yulduzlar, o‘simliklar va daraxtlar, baliqlar va qushlar, yerda va suvda yashovchi hayvonlar yaratilib bo‘lingan edi. Yer yuzi qanday yashnab ketdi-ya! Ammo Xudoning nazarida nimadir yetishmayotganday edi.
“Odamzotni yaratishni istayman,” – dedi U. “Uning boshqa jonzotlar kabi ko‘zi, qulog‘i va oyog‘i bo‘ladi, hamda u boshqa jonzotlar kabi o‘simlik mevalari va urug‘lari bilan oziqlanadi. Lekin shu bilan birga u butunlay boshqacha, ya’ni Menga o‘xshagan bo‘ladi. Men unga fikrlash qobiliyatini beraman, bu esa unga dunyoni anglab yetishida asqotadi. U gapira oladigan va fikrini ifodalay oladigan bo‘ladi. Eng asosiysi esa, u Meni sevishi va Menga ishonishi lozim bo‘ladi. O‘shandagina biz do‘stlarga aylanamiz”.
Xudo shunday dedi: “O‘zimizga o‘xshagan va O‘z suratimizdagi odamni yarataylik”. Dastavval Xudovand erkakni loydan yaratdi. Keyin esa unga O‘zining hayot nafasini puflab, unga jon baxsh etdi va ong berdi. Endilikda odam nafaqat boshqa jonivorlar kabi yura olar, oziqlanar va uxlardi, balki u fikrlay ham olardi. Endi u o‘zi haqida va atrofidagi olam haqida idrok qila olardi. U quvona olar, kula olar, xafa bo‘la olar va yig‘lay olardi; u o‘tmish haqida eslabgina qolmasdan, balki kelajakda nimalar sodir bo‘lishini ham anglay olardi. U shuningdek Yaratuvchisi Xudo haqida, hamda o‘zi haqida ham fikrlay olardi. Odam o‘z idroki ila Xudo uni qanchalar sevishini bilib oldi va bundan mamnun bo‘ldi. Eng dastlabki odamni - Odam Ato deb atashardi.
Xudo Adan o‘lkasida bog‘ o‘rnatib, Odam Atoni o‘sha yerga joylashtirdi. Bu jannat edi! Adandan jannatni sug‘orib turadigan bir daryo oqib chiqib, to‘rtta irmoqqa bo‘linardi: Pishon, Gixo‘n, Dajla va Furot irmoqlari. Xudo Odam Atoga bog‘ni parvarish qilish vazifasini topshirdi. Bunday mehnat odamga og‘irlik qilmas, balki quvonch keltirardi. Axir Xudo unga ham kuch-quvvat, ham aql-idrok, va hamda fantaziya bergan edi; mana shu in’omlarni ishga solib inson o‘z olamini saqlab qolishi lozim edi. Yana Xudo odamga butun jonzotlarga ism o‘ylab topishni buyurdi. Odam Ato buni amalga oshirib, barcha jonzotlarga ism berolganidan juda mamnun bo‘ldi.
Shunga qaramay, odam zerika boshladi. Bir kuni Odam Ato dam olishga yotganida shunday fikrlay boshladi: “Xudo menga shuncha ko‘p narsalarni in’om etdi. Demak U meni sevadi. Atrofimda shuncha narsa borligiga qaramasdan o‘zimni yolg‘iz his etayotganimdan Xudo albatta xabardor bo‘lsa kerak”. Mana shunday fikrlar bilan Odam Ato qattiq uyquga ketdi. Uyg‘onganida esa ko‘zlariga ishonmasdi. Uning qarshisida ayol kishi turgandi. “Endi men yolg‘iz emasman – yonimda men ko‘pdan beri orzu qilgan ayol bor! Xudoning menga umr yo‘ldoshi bergani qanday ajoyib! – o‘yladi u. – Men har doim u bilan birga bo‘laman. Bu esa bizga ko‘pdan-ko‘p baxt va quvonch keltiradi”.
Odam Ato bilan Momo Havo bog‘da uzoq sayr qilib, o‘zlari uchun har doim yangi narsa kashf qilardilar. Faqat bog‘ning o‘rtasiga kelganda, ular ehtiyot bo‘lishardi. U yerda ikkita sirli daraxt qad ko‘targan edi. Xudoning O‘zi bu daraxtlarga ism bergan edi. Ulardan biri “hayot daraxti”, boshqasi bo‘lsa “yaxshi va yomonni bilish daraxti” deb atalardi. Odamlar baxtiyor edilar. Xudo Odam Ato va Momo Havoning bir- birini yaxshi ko‘rishi hamda bir-birini tushunishini ko‘rib, ulardan mamnun bo‘ldi. Oltinchi kun shu bilan yakun topgan edi.
Xudo barcha ishlarini yakunlab, yaratganlarining hammasi juda yaxshiligini ko‘rdi. Xudovand qo‘llari ijodidan mamnun edi. Buning hammasi juda ajoyib edi. Yorug‘lik nurafshon, havo anvoyi hidlarga va tovushlarga to‘la, hamda yer anvoyi o‘simliklar bilan qoplangan edi. Samoni kunduz quyosh nuri, tunda esa oy shu’lasi yoritib turar edi. Qushlar, hayvonlar va butun jonzotlar beozor va xursand edilar. Xudo yaratganlari orasida Odam Ato bilan Momo Havo hammadan ko‘ra baxtiyorroq edi, chunki ular bir-birlari bilan hamda Xudo bilan muloqot qila olishar va Unga sajda qilar edilar.

Yettinchi kunda Xudo hech narsa yaratmadi, aksincha barcha ishlaridan tindi. Xudo bu kunni muborak va muqaddas qilib ajratdi. Shunday qilib, dam olish kuni alohida maxsus kunga aylandi. Keyinchalik esa Egamiz Xudo O‘z xalqiga yettinchi kunda, ya’ni haftaning oxirgi kunida barcha mehnatlaridan dam olishlarini amr etdi. Shu sabab barcha imonlilar ushbu kunda o‘z Yaratuvchi Egalari haqida o‘ylab, Unga sajda qilishlari va Unga xizmat qilishlari lozim.

SAVOLLAR
1) Nima uchun biz Xudoni Yaratuvchi deb ataymiz?
2) Farishtalar va odamlar yo‘qdan biror bir narsa yarata oladimi?
3) Xudo yaratgan eng oliy mavjudot kim/nima?

 

TEPAGA ⇑

 


 

2. Hikoya.

Odam Atoning gunoh qilishi

Birinchi odamlar tarixi: Ibtido kitobi, 3-bob

 

2 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil

Xudo yeru-osmonni yaratganida, U farishtalarni ham yaratgan edi. Ular samoda, Xudoning huzurida yashashar va Unga xizmat qilishar edi. Bir kuni ulardan biri Xudoga qarshi bosh ko‘tardi, chunki u Yaratuvchi kabi qudratli bo‘lishni istab qolgan edi. Bu isyonda ko‘plab farishtalar qatnashishdi.
Shunda Xudo ularni jannatdan quvib, jahannam atalmish qoron-g‘ulikka uloqtirdi. Ushbu gunohkor farishta iblis yoki shayton nomini oldi va isyonga qo‘shilgan boshqa farishtalarga bosh bo‘lib oldi. Agar Odam Ato va Momo Havo gunoh qilishsa, unda o‘lim ularga hukmron bo‘lishi va do‘zahga tushishini shayton yaxshi bilardi. U odamlardan nafratlanardi va ularni Xudo bilan muloqot qilish in’omidan mahrum qilishni istardi. Shunda unga bir fikr keldi: “Men ularni Xudo taqiqlagan yaxshi va yomonni bilish daraxti mevasidan yeyishga undab ko‘raman”. Shayton ilon qiyofasiga kirib, Adan bog‘iga yashirincha kirib oldi...
Bir kuni Momo Havo bog‘da yolg‘iz sayr qilib yurganida yaxshi va yomonni bilish daraxti oldidan chiqib qoldi. Daraxt oldida turarkan, kimningdir ovozini eshitdi:
- Momo Havo!
Ayol qo‘rqib ketdi: “Kim bu menga gapirayotgan?” Birdan u oldida turgan ilonni ko‘rib qoldi.
- Xudo rostdan ham bog‘dagi birorta ham daraxt mevasidan yemang- lar, deb aytdimi? – so‘radi u.
- Yo‘q, Xudo unday demagan, - javob berdi Momo Havo. – Biz bog‘dagi hamma daraxtlarning mevalarini yeya olamiz. Faqat mana bu daraxtning mevasidan yeyishimiz taqiqlangan, undan yesak o‘lamiz.
- O‘lmaysizlar, - dedi ilon. – Xudo bu daraxtga tegmasligingiz uchungina shunday degan. Chunki undan yeganingizda xozirgidan ko‘ra ko‘proq narsa bilib olishingiz Unga ma’lum.
Sizlar Xudo kabi bo‘lasizlar va nima yaxshi-yu, nima yomonligini bilib qolasizlar.
Shundan so‘ng ilon ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Momo Havo mevalarni ko‘zdan kechirishda davom etdi. U hayoliga kelgan fikrdan hayajonlanib ketdi; shunaqa oddiy yo‘l bilan ular Xudo kabi bo‘lib qolishlari mumkin ekan. U qo‘rquv ichra mevaga qo‘l cho‘zdi. Hech narsa sodir bo‘lmaganini ko‘rgach, mevalardan birini uzib oldi va undan bir tishlam yeb ko‘rdi. Xuddi shu lahzada Odam Ato kelib qoldi.
- Odam Ato, mevadan sen ham yeb ko‘r, - dedi Momo Havo.
– Men taqiqlangan mevadan yeb ko‘rgan edim, ko‘rib turganingdek tirikman, o‘lib qolganim yo‘q!
Odam Ato ham ko‘p kuttirmasdan mevadan yeb ko‘rdi. Ulardan birontasi ham o‘lib qolishgani yo‘q. Ayni damda hech narsa sodir bo‘lmagan bo‘lsa-da, o‘sha zahotiyoq nimadir o‘zgarganini ikkalasi ham sezishdi. Insonning yuragiga gunoh va yovuzlik, dunyoga esa o‘lim kirib kelgan edi. Gunoh – Xudoga itoatsizlik, Uning amrlarini buzish demakdir. O‘lim – gunoh uchun berilgan jazodir. Shunday qilib, odamlarning to‘la-to‘kis baxti darz ketdi. Iblis o‘z niyatiga yetdi. Birdan, Odam Ato bilan Momo Havo o‘zlarining kiyimsiz ekanliklarini sezib qolishdi va bir-biridan uyalib ketishdi. Daraxlarning yirik barglarini uzib, ulardan o‘zlariga kiyim tikishdi. Ular o‘zlariga o‘zlari qanday yordam berishni biladiganday tuyulardi. Lekin nimadir ularga tinchlik bermasdi. Xudo yaratgan bu dastlabki odamlarni, o‘zlariga ilgari yot bo‘lgan aybdorlik hissi qamrab olgan edi.
Kech tushganda Xudo boqqa keldi. Odam Ato bilan Momo Havo, Uning ovozini eshitib daraxtlar orasiga berkinib olishdi. Ilgari ular Xudo bilan do‘st bo‘lishgan bo‘lsa-da, endi Undan qo‘rqib ketishgandi. Gunoh odamzot bilan Xudo o‘rtasidagi ajoyib munosabatni buzgan edi. Avvallari ular Xudoning huzuriga to‘la ishonch va sevgi bilan kelishardi, endi bo‘lsa Undan yashirinishga majbur edilar.
Xudo ularning yaqinlariga kelib chaqirdi:
- Odam Ato qayerdasan?
Xudo Odam Atoni topolmagani uchun chaqirmagan edi, chunki U hammani va hamma narsani ko‘rib turadi. Odam Ato bilan Momo Havo Xudo o‘zlarini izlayotganini bilishlari uchun chaqirgan edi.
- Bu yerdaman! – javob berdi Odam Ato. Xudoga javob berarkan, Undan yashirinish qanchalar ahmoqlik ekani haqida o‘ylar edi. – Sening ovozingni eshitganimda, yalang‘ochman deb qo‘rqib ketdim.
- Yalang‘ochligingni senga kim aytdi? – so‘radi Xudo undan.
– Shu paytgacha kiyimsiz yurishdan uyalmagan edingku? Yoki men yemanglar degan daraxt mevasidan yedingmi?
Odam Ato uyatdan Xudoning yuziga qaray olmadi.
- Mevani Sen menga bergan xotin berdi, - ohista javob berdi Odam Ato.
- Bu nima qilganing? – so‘radi Xudo Momo Havodan.
- Ilon meni aldadi, - o‘zini himoya qildi Momo Havo. – Men uning fitnasi qurboniga aylandim.
Shunda Xudo ilonga yuzlanib dedi:
- Qilgan ishing uchun la’nati bo‘lasan! Odamlar abadiy dushmanlaringga aylanishadi. Bir kun kelib, seni mag‘lub qiladigan Zot dunyoga keladi!
Odam Ato bilan Momo Havo Xudo nima haqida gapirayotganini tushunishmadi. Axir ular Xudo gunohning ustidan g‘alaba qozonish uchun Najotkor yuborishini bilishmas edi-da.
“Mana endi ular yaxshi nima-yu, yomon nimaligini bilib olishdi, - deb o‘yladi Xudo. Odamlar xuddi Men kabi bo‘lishni istashyapti, biroq ular yovuzlikka qarshi turishga juda ham ojizlar. Shuning uchun Men ularning hayot daraxti mevasidan ham yeb ko‘rishlarini xohlamayman”.
- Sizlar bog‘dan ketishingiz kerak, - dedi Xudo Odam Ato bilan Momo Havoga. – Momo Havo, sening farzandlaring bo‘ladi, biroq dunyo yuzini ko‘rishlari bilanoq ular senga azob keltirishadi. Sen bo‘lsa, Odam Ato, o‘zingni va oilangni boqishing uchun mashaqqat bilan yerga ishlov berasan, yer bo‘lsa begona o‘t bilan chaqir tikan o‘stiradi. Umringning oxirigacha tinim bilmaysan. So‘ng tanang yana yerga qaytadi, zero sen tuproqdan yaralgansan.
Jannatni tark etishlaridan oldin Xudo odamlarga teridan kiyim yasab berdi. Xudo shu tariqa odamlarga g‘amxo‘rlik qildi, garchi ular Xudoga itoatsizlik etib, U bilan birga yashash huquqidan mahrum bo‘lgan bo‘lsalar ham.
Shunday qilib, Odam Ato bilan Momo Havo jannatdan quvildilar.
Xudo bog‘ni qo‘riqlash uchun bog‘ning atrofiga Karublar bilan olovli qilichlarni qo‘ydi. Shu ondan boshlab odamlar Adan bog‘i sarhadlaridan tashqarida yashay boshlashdi. Biroq...Xudo ularga Najotkor yuborishni va’da qildi!

2 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil

SAVOLLAR
1) Odam Ato bilan Momo Havoga qaysi daraxt mevasini yeyish taqiqlangan edi?
2) O‘sha daraxt mevasidan yeb ko‘rishni Momo Havoga kim maslahat berdi?
3) Xudo Odam Ato bilan Momo Havoga qanday va’da berdi?

 

TEPAGA ⇑

 


 

3. Hikoya.

Qobil bilan Hobil

Ibtido kitobi, 4-bob

3 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil

Adan bog‘idan haydalganlaridan so‘ng, Odam Ato bilan Momo Havo bog‘ning tashqarisida yashay boshladilar. Ulardan ikkita farzand tug‘ildi. Kattasining ismi Qobil, kichiginiki esa Hobil edi. Otalari kabi, ularning ham mashaqqat bilan mehnat qilishlariga to‘g‘ri keldi. Qobil dehqon bo‘ldi, Hobil esa qo‘ychivon.
Xudo Adan bog‘ida qilganiday, odamlar bilan tez-tez muloqot qilmas edi. Shunday bo‘lsa-da, ba’zan-ba’zan odamlar Unga murojaat qilishlariga ijozat berardi.
Bir kuni Qobil va Hobil Xudoga qurbonlik keltirishga kelishib olishdi. Qobil o‘zi yetishtirgan ne’matlardan qurbonlik qildi. Hobil bo‘lsa o‘zining eng sara qo‘zilaridan birini qurbongoh ustiga qo‘ydi. Xudovand Hobilning qurbonligini xush ko‘rdi, biroq Qobilning qurbonligini ma’qul ko‘rmadi. Xudo uchun muhimi insonning Unga qanday in’om keltirishi emas, balki qanday yurak bilan keltirayotgani edi. Qobilning yuragi Xudoning oldida to‘g‘ri emas edi. Shunda uning g‘azabi qaynab ketdi. Qobilning ukasiga hasadi kelib, yuzidan nur qochdi.
Qobilning yuragidagi Xudoga ma’lum bo‘lgani uchun, uning o‘ziga kelib olishiga va to‘g‘ri fikr yurita olishiga imkon berdi. Xudo undan: “Senga nimalar bo‘lyapti o‘zi?” – deb so‘radi. So‘ngra: “Yuragingga bir nazar sol, ichingga yovuzlik kirib olganini ko‘rasan. Sen esa, aksincha unga hokim bo‘l”, – dedi. Qobil bo‘lsa Xudoning gaplariga quloq solmadi. Chunki u Xudoni Hobil sevganchalik sevmasdi, aksincha o‘zini-o‘zi ko‘proq sevardi.
Ukasi Hobil haqida qancha ko‘p o‘ylasa, unga bo‘lgan nafrati ham shuncha ortib bordi. Shunda u dahshatli bir ishga qo‘l urdi. Bir kuni ular dalada ekanlar, Qobil ukasiga hujum qilib uni o‘ldirib qo‘ydi va hech kim ko‘rmasligi uchun yerga ko‘mib qo‘ydi. Hobil yer yuzidagi eng birinchi vafot etgan odamga aylandi. Shu tariqa Qobil yuragidagi nafrat tufayli o‘z ukasining o‘limiga sababchi bo‘ldi.
Shu onda Qobil Xudoning ovozini eshitdi:
- Ukang Hobil qayerda?
- Bilmayman, - javob berdi Qobil, - Men ukamning soqchisimanmi? Lekin Xudo dedi:
- Men yerda ukangning to‘kilgan qonini ko‘rdim. Buning uchun Men senga jazo beraman, chunki sen gunohga hokim bo‘la olmading. Mana endi o‘zing tug‘ilib-o‘sgan uyingni tark etib, umrbod darbadar bo‘lib yashaysan, joningga orom topa olmaysan.
Shu bilan Qobil tug‘ilib-o‘sgan yurtini hamda Xudo o‘zi bilan so‘zlashgan yerni tark etdi.
Shunday qilib Odam Ato bilan Momo Havo har ikkala farzandlaridan ajralib qolishdi; ulardan biri akasi tomonidan o‘ldirilgan, ikkinchisi bo‘lsa uzoq-uzoqlarga ketgan edi. Ular Hobil uchun qanchalar aza tutishganini tasavvur qilish mumkin. Biroq Qobilning yovuzligi haqida ehtimol undan-da ko‘proq ko‘z yosh to‘kishgan. Nimaga ham shayton taklif qilgan o‘sha taqiqlangan mevani yeyishdi ekan-a?
Agar shunday qilishmaganida,
Xudo bilan muloqot qilish va Adan bog‘ida yashash baxtidan hech qachon mahrum bo‘lishmagan bo‘lardi. Qobil yovuzga aylanmagan, Hobil
bo‘lsa o‘ldirilmagan bo‘lardi.

Qobil keyinchalik borgan yerida uylandi va farzandlar ko‘rdi. Biroq uning farzandlari ham yuraklarida yovuzlik va beshafqatlik bilan tug‘ildilar. Ular ham otalari kabi Xudoni sevmas va Unga itoat qilmas edilar. Xudoning bo‘lsa Odam Ato va Momo Havoga rahmi keldi va ularga boshqa bir o‘g‘il berdi. Unga Shit degan ism berishdi va u Xudoga sadoqatli bo‘lib o‘sdi. Bu esa Odam Ato bilan Momo Havo uchun juda muhim edi, chunki ular Qobilning avlodlaridan Najotkor chiqmasligini anglashgan edi. Shitning farzandlari bo‘lsa Xudoni sevishardi.
Shu tariqa yer yuzida Qobilning farzandlari va Shitning farzandlaridan iborat ikkita sulola paydo bo‘ldi. Muqaddas Kitobda Shitning farzandlari Xudo o‘g‘illari deb, Qobilning farzandlari esa inson farzandlari deb ataladi.


SAVOLLAR
1) Xudo nima uchun Hobilning qurbonligini xush ko‘rib, Qobilnikini ma’qul ko‘rmadi?
2) Qobil qanday ishga qo‘l urdi va buning sababi nima edi?
3) Shitning dunyoga kelishi nima uchun ahamiyatli edi.


 

 

TEPAGA ⇑

 


 

4. Hikoya.

TO‘FON

Ibtido kitobi, 6-9-boblar

4 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil

Odam Ato bilan Momо Havoning farzandari ko‘paygandan-ko‘paydi. Odam Ato, Momo Havo, Qobil va Shit olamdan o‘tishganda, odamlar allaqachon ko‘payib yer yuziga tarqalib bo‘lgandi. O‘sha paytlarda odamlar juda uzoq umr ko‘rishib, sog‘liqlari mustahkam va kuchlari ko‘p bo‘lardi. Masalan, Odam Ato 930 yil, Shit 912 yil, Xano‘x o‘g‘ri Matushaloh bo‘lsa 969 yil yashagan. Xano‘xdan tashqari, bu odamlar haqida bizga ko‘p narsa ma’lum emas. Xano‘x judayam solih odam bo‘lib, Xudoga xursandchilik bilan xizmat qilgani haqida yozilgan. Xano‘x 365 yoshga to‘lganida, Xudo uni osmonga olib chiqib ketdi, ya’ni u boshqa odamlar kabi o‘lim ko‘rmadi va yerga ko‘milmadi, balki Xudo uni tiriklayin osmonga olib ketdi. Uning o‘g‘li Lamak o‘g‘il ko‘rib ismini Nuh (Yupanchiq) deb qo‘ydi, chunki ota-onasi “Xudovand la’nat etgan yerni ishlaganda qo‘llarimiz chekadigan mashaqqatlarga shu yupanchiq bo‘ladi” – deb umid qilishgan edi.

Nuh davrida Shitning avlodlari o‘zlarini Qobil avlodlari kabi tutib, Egalari bo‘lgan Xudovandni eslaridan chiqardilar va ko‘plab yovuzliklar qildilar. Bu odamlar gunoh qilayotganlarini Xudo ko‘rib turgani haqida o‘ylashmasdi. Ularni hasad, nafrat va raqobatchilik qamrab olgan bo‘lib, bir-birlariga doim qarshi chiqardilar. Ularning ko‘pchiligi Xudo haqida boshqa umuman bilishni xohlashmas, aksincha o‘zlarining kuchlariga va qudratlariga tayanishardi. Insonga kuch-qudratni Xudo berishi haqida o‘ylab ham o‘tirishmasdi. Yil fasllarini Xudo o‘rnatganini, don va o‘simliklar Uning amri bilan o‘sishini, yomg‘irni Xudo yog‘dirishi, yorug‘lik va shamol ham Unga bo‘ysunishini ular unutishgandi.

Odamlar Xudoni va bir-birlarini boshqa sevmayotganlarini ko‘rib, Xudo qayg‘uga botdi. U odamlarni yaratganidan afsuslana boshladi va yovuzlikka barham berish uchun yer yuzidagi butun tirik jonni qirib tashlashga qaror qildi. Faqat Nuhgina Xudoning oldida solih va beayb bo‘lgani uchun Xudoning inoyatiga sazovor bo‘lgan edi. Nuh besh yuz (500) yoshga kirganida Som, Hom va Yofas degan o‘g‘illar ko‘rdi.
Nuh odamlarni yovuz ishlaridan tavba qilib, Xudoga qaytishga da’vat qilib yurdi. U odamlarni ogohlantirib, agar gunohkor turmush tarzlaridan voz kechmasalar, Xudo butun dunyoni to‘fon suvlari bilan halok qiladi, deb ogohlantirardi. Lekin uning gapiga hech kim e’tibor bermasdi.
Xudo odamlarning o‘zgarmaganini, aksincha yanada gunohga botib borayotganlarini ko‘rgach, Nuhga dedi:
- Vaqt-soat keldi. Men yer yuzini vayron qiluvchi buyuk to‘fonni yuboraman. Lekin Men sen bilan ahd tuzaman: to‘fondan faqat sen va oilanggina qutulib qolasizlar. Buning uchun sen ulkan kema yasashing lozim. Diqqat bilan quloq sol va Men senga buyurganimday qilgin. Kemani shamshod daraxtidan yasab, suv o‘tkazmasligi uchun uning ichi va tashqari tomonini qatronlagin (qora saqich bilan suvab chiqqin).

4 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil

Kema judayam katta bo‘lishi lozim: uzunligi bir yuz o‘ttiz metr, kenligi yigirma ikki metr, balandligi esa o‘n uch metr bo‘lsin. Kemaning yon tomonida zich yopiladigan eshik o‘rnatib, uning tepasida tuynuk ochgin. Kema uch qavatdan iborat bo‘lishi lozim. Bunday ulkan kema senga har xil qushlar va to‘rt oyoqli jonivorlar, qurt-qumursqalar, kattayu-kichik hayvonlarni juft-juft qilib o‘zing bilan birga olishing uchun kerak.
Nuh o‘g‘illari bilan darrov ishga kirishdi. Kemani qurib bitirishi uchun uzoq yillar kerak bo‘ldi. Kema yaqinidan o‘tib ketayotgan odamlar har doim Nuhdan, “Nima qurayapsan?” – deb so‘rashardi. Nuh kema qurayotganini aytganida, ular uning ustidan kulishardi.
- Bunday og‘ir tog‘orani dengizga qanday sudrab borasan? – deb so‘rashardi ular.
- Dengizning o‘zi kemaning oldiga keladi, - javob berardi Nuh.
- Shu yerga-ya? Esingni yeb qo‘yibsan, Nuh!

Odamlarning mashara qilishlarini eshitish Nuh bilan oilasiga og‘ir bo‘lsa ham, ular Xudoga ishonardilar va odamlarga shunday javob berardilar: “Xudo odamlarning gunohlari tufayli yer yuziga butun mavjudotni yo‘q qilib yuboradigan buyuk to‘fon yuboradi”.
Ulkan kemani qurish ishlari tugaganda, Xudo Nuhga dedi:
- Sen va oilang kemaga kiringlar. Men aytganimday hamma jonivorlardan o‘zing bilan birga kemaga ol. Bir haftadan so‘ng Men buyuk to‘fonni yuboraman. Qirq kechayu, qirq kunduz yer yuziga yomg‘ir yog‘dirib, butun dunyoni suvga cho‘ktiraman.
Nuh katta tuynuk ochib hayvonlarni juft-jufti bilan kema ichkarisiga kirita boshladi. Shuningdek hamma odamlar va jonivorlarga yetadigan oziq-ovqat, don, meva va somon ham oldi. Eng oxirida Nuh bilan oilasi ham kemaga chiqishdi. Nuh bilan birga kemaga chiqqan odamlar sakkiz jon edi. Shundan so‘ng Xudoning O‘zi kemaning eshigini mahkamlab yopib qo‘ydi. Xudo amr etmaguncha Nuh bu eshikni ochmasligi kerak edi.
Shundan so‘ng ular yomg‘ir tovushini eshitdilar. Dastlab tomchilab yog‘ayotgan yomg‘ir bora-bora jalaga aylandi. Yomg‘ir bir necha kun davom etdi. Bir muddat o‘tib, suvning shildiragan shovqinini eshitishganda, suv kemaga qadar yetib kelganini anglab yetishdi. So‘ngra esa suv kemani oqizib ketayotganini his qilishdi.

Yomg‘ir qirq kun tinmay yog‘di. Kema ichida jon saqlagan o‘sha sakkiz kishiga qirq kun bir asrday tuyulardi. Kunlardan bir kun, odamlar ham, jonivorlar ham, biron narsani eshitishga harakat qilayotganday birdan jim qolishdi. Bu nima bo‘lli ekan? Qo‘rquvga soladigan jimjitlik! Yomg‘ir tinibdi! Biroq ularning kemasi haliyam suv yuzida qalqib yurardi. Butun yer yuzi, hatto eng yuqori tog‘ cho‘qqilari ham suv ostida qolgan edi. Oradan bir yuz ellik kun o‘tgandan keyingina, Xudo suvning pasayib borishiga imkon berdi. Buning uchun ham ma’lum bir vaqt ketdi. To‘satdan butun kema qattiq turtkidan chayqalib ketdi-da, suzishdan to‘xtab qoldi. Bu to‘fonning yettinchi oyi, o‘n yettinchi kunida sodir bo‘ldi. Kema to‘xtab qolgan joy Ararat tog‘i edi. Nuh yana qirq kun kutib turdi, so‘ng darchani ochib qarg‘ani chiqarib yubordi.

- Nimaga bunday qilyapsiz? - so‘radi xotini Nuhdan.
- Agar qarg‘a qaytib kelsa, demak kema atrofida hali oyoq qo‘yadigan
quruq yer yo‘q bo‘ladi, - javob berdi Nuh.
Qarg‘a qaytib kelmadi. Hamma xursand bo‘lib ketdi. Nuh bo‘lsa shunday dedi:
- Qarg‘a o‘ta chidamli qush. U uzoq vaqt ucha oladi, dam olishi uchun esa qoyaning turtib chiqqan kichkina qirrasi ham bo‘laveradi. Endi kaptarni chiqarib ko‘raman.
Kaptar kemadan uchib ketib, lekin ko‘p o‘tmay qaytib keldi.
- Aftidan hali suv kamaymagan ko‘rinadi, - o‘yladi Nuh, - yana biron hafta kutib turishga to‘g‘ri keladi.

Yetti kundan so‘ng Nuh yana kaptarni kemadan uchirib yubordi. Kemadagi sakkiz kishi qush qaytib kelarmikan yoki qaytib kelmasmikan deb intiqlik bilan kutishardi. Nihoyat kaptar kemaga qaytib kelganida, uning tumshug‘ida yangi uzilgan zaytun bargi bor edi. Oradan yetti kun o‘tgandan so‘ng, Nuh kaptarni yana bir bor chiqarib yuborgan edi, kaptar boshqa qaytib kelmadi.
Shunday qilib, Nuh suv yer yuzidan qaytib, yer qup-quruq bo‘lganini bildi. Endi u Xudoning kemadan chiqish haqidagi buyrug‘ini kutib turar edi. Va nihoyat, Xudo dedi:
- Sen o‘zing, xotining, o‘g‘illaring va o‘g‘illaringning xotinlari bilan birga kemadan chiqinglar. O‘zing bilan kemada olib kelgan barcha jonzotlarni ham kemadan chiqar.
Mana endi kemaning ulkan tuynugini ochadigan vaqt keldi. Hayvonlarning barchasi xursand bo‘lib tashqariga otilib chiqishdi. Kemadan chiqqan qushlar qanot yoyib turli taraflarga uchib ketishdi. Nuhning oilasi yengil tortdi. Ular xursandchiliklarini yashira olmay bir- birlarini quchishardi.
Nuhning ko‘z oldida yana yam-yashil qirlar, o‘tloqlar gavdalandi. Lekin yerning avvalgi aholisi qayerga ketganini hech kim bilmasdi. Ular endi yo‘q edilar. To‘fon Xudoga xizmat qilishni istamagan va ko‘pdan- ko‘p yovuzliklar sodir etgan odamlar uchun jazo edi.
Nuh o‘zini to‘fondan asrab qolgan Xudoning mehr-shafqati qanchalar teranligini anglab yetdi. U tosh to‘plab kelib, ulardan qurbongoh yasadi. Bu qurbongoh ustida bir nechta hayvonlar va qushlarni kuydirib Xudoga qurbonlik qildi. Xudovandga ushbu qurbonlik ma’qul kelib, O‘z yuragida shunday dedi: “Endi insoniyatning gunohi uchun yerni la’natlamayman”. Chunki U insonlar gunoh qilishdan to‘xtamasliklarini bilardi. Xudovand yana dedi: “Bundan keyin yer bor ekan, ekin-tikin, o‘rim-yig‘im, sovuq bilan issiq, yoz bilan qish, kun bilan tun tugamaydi”. Nuh va o‘g‘illari barakali bo‘lib ko‘payishlari va yer yuzini to‘ldirishlari uchun Xudo ularni muborak qildi. Binobarin, Xudo Nuh va uning o‘g‘illari bilan hamda ulardan keyingi nasllar bilan, shuningdek butun mavjudotlar bilan ahd tuzdi. Xudo ularga: “Endi hech qachon to‘fon suvlari bilan mahluqotni qirib yubormayman, yerni xarob qiladigan to‘fon yubormayman”, - deb va’da berdi.

Xudo ushbu ahdni eslatib turishi uchun ko‘k yuziga kamalak tortdi. Yerga yomg‘ir yog‘ib turgan bir vaqtda bulutlar orasidan quyosh mo‘ralasa, har doim kamalak paydo bo‘ladi. Xudo Nuhga shunday dedi:
- Sen bilan hamda yer yuzidagi butun mavjudotlar bilan tuzadigan ahdimning alomati mana shu bo‘ladi.
Osmonda kamalakni ko‘rib qolganingizda uning ma’nosi haqida eslang. U nafaqat yomg‘irdan keyingi osmonning bezagi hisoblanadi, balki Xudoning odamlarga bo‘lgan rahmdilligi, sadoqati va g‘amxo‘rligi belgisi hamdir.

SAVOLLAR
1) Xudo nima uchun to‘fon yuborishga ahd qildi?
2) Nuh to‘fondan qanday qutulib qoldi?
3) Odamlar sog‘lom fikr yuritib, gunoh yo‘llaridan qaytishlari uchun qancha vaqtlari bor edi?
4) Yerning quriganini bilish uchun Nuh qaysi qushlarni kemadan uchirib yubordi?
5) Xudo Nuhga qanday va’da berdi?
6) Kamalak bizga nimani eslatishi lozim?


 

 

TEPAGA ⇑

 


 

5. Hikoya.

BOBIL MINORASI

Ibtido kitobi, 11-bob

5 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil

To‘fondan so‘ng Nuhning o‘g‘il- lari Som, Xom va Yofaslar ko‘plab o‘g‘il-qizlar va nabiralar ko‘rishdi. Shuni ta’kidlash joizki, odamlar endi to‘fondan oldingiday uzoq umr ko‘rishmasdi. Masalan, Nuh 950 yil yashagan bo‘lsa, uning o‘g‘li Som

bo‘lsa atigi 600 yil, Somning o‘g‘li bo‘lsa 430 yil umr ko‘rdi.
Nuhning avlodi yer yuziga tarqalib ketishidan oldin bir voqea sodir bo‘ldi. Odamlar sharqdan ko‘chib, Shinar yurtidagi bir tekislikka keldilar. Hamma odamlar bitta tilda so‘zlashar edilar. Bir kuni ular bir reja tuzib, bir-birlariga shunday dedilar:
- Keling, g‘isht quyib, xumdonda yaxshilab pishiramiz. Keyin o‘zimizga shahar va boshi osmonga yetadigan minora quramiz. Butun yer yuziga tarqalib ketmaslik uchun o‘zimiz uchun nom chiqaramiz.
Xudo ularning dilidagini bilib, shunday dedi:
- Qani endi pastga tushib, ularning tilini aralashtirib yuboraylik, shunda ular bu yovuz niyatlarini amalga oshira olmaydilar.
Bir lahzadayoq odamlar bir-birini tushunmaydigan bo‘lib qoldilar, chunki hammalari har xil tillarda so‘zlashayotgan edilar-da. Shu tufayli oralarida kelishmovchilik paydo bo‘lib, minorani qurish ishlarini to‘xtatishga to‘g‘ri keldi.
Xudo odamlarni u joydan butun yer yuziga tarqatib yubordi. Shahar esa Bobil, ya’ni “Aralashuv” deb atalib qoldi.
Shunday qilib, Bobil minorasi voqeasi qanday qilib to‘fondan keyin turli tillar paydo bo‘lganiga izoh beradi.

SAVOLLAR
1) Yer yuziga tarqalib ketishlaridan oldin odamlar nima qilmoqchi bo‘lgandilar?
2) Nima uchun ular tuzgan rejalarini amalga oshira olmadilar?
3) Bobil shahrining nomi qanday ma’- noga ega?

 

 

TEPAGA ⇑

 


 

6. Hikoya.

IBROHIM PAYG‘AMBARNING HIKOYASI - VA’DA QILINGAN YER

Ibtido kitobi, 12-bob, 1-9 oyatlar

6 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil

Nuhning o‘g‘illari ya- na ko‘plab farzandlar ko‘rishib, butun yer yuzi bo‘ylab tarqalib borishdi. Bular qanday nasl edi?
Xudodan qo‘rqadigan naslmi yoki yovuz naslmi? Ularning ko‘pchiligi haqi-qiy Xudoni ko‘zlari bilan ko‘ra olishmagani uchun Uni unutishgan edi. Ular o‘zlariga katta-kichik haykalchalar ko‘rinishida butlar yoki soxta xudolar yasab olishdi. Bu butlarni odamlar yog‘och yoki toshlardan yasashardi. Butlarni turli joylarga joylashtirishib, ularning qarshisida yuztuban yiqilgancha, ularga duoyu-ibodat qilishar va, - “Bular bizning xudolarimiz, ular bizlarni yaratishgan, ular bizning rizqimizni berishadi», - deyishardi.
Vaqt o‘tib dunyodagi ko‘plab odamlar butparastga aylanishgan edi. Ular Xudoga emas, balki butlarga sajda qilishardi. Butlarning marhamatini qozonish uchun ularni oltin yoki kumushdan yasashardi.
Xudo samodan turib odamlarning Undan voz kechib butlarga sajda qilishayotganlarini ko‘rar va bundan g‘azabi qaynar edi. Lekin Xudo ularni qirib tashlashni istamasdi, chunki bir kun kelib butun insoniyatning gunohini o‘ziga oladigan Najotkor kelishini bilardi. Shunda Xudo dedi:
- Odamlar orasidan birini tanlab olib, unga Meni sevish va Menga xizmat qilishni o‘rgataman. Undan buyuk xalq keltirib chiqaraman, zyero Najotkor o‘sha xalqdan kelib chiqadi.
Xudo Ibrohim degan odamni tanlab olib, unga shunday dedi:
- O‘z yeringdan, ona yurtingdan, otang uyidan chiqib, Men senga ko‘rsatadigan yerga ket. Men seni tabarruk qilib, nomingni ulug‘layman. Ibrohim va xotini Soro bilan uzoq va og‘ir safarga otlanishdi.
Ibrohimning jiyani Lut ular bilan birga ketdi.
Ibrohim Kan’on yurtiga etib kelganida, Xudoning ovozini yana bir bor eshitdi:
- Mana shu yurtni sening nas- lingga beraman.
Ibrohim nihoyat va’da qilingan yerga etib kelganini bilib shodlandi. O‘sha yerda o‘ziga zohir bo‘lgan Xudo sharafiga qurbongoh qurdi.
Biroq Xudoning naslingni ko‘paytiraman degan va’dasi unga tushunarsiz edi, chunki uning farzandi yo‘q edi. Shunga qaramasdan Ibrohim Xudoga ishonishda davom etdi.
Xudovand Ibrohimga: “Seni marhamatlay- man va himoya qilaman, senga hech kim
ziyon yetkaza olmaydi”, - deb bir necha marta va’da berdi. Xudo Ibrohimdan mamnun edi va uni O‘zining do‘sti deb hisoblardi.

SAVOLLAR
1) Yer yuzi aholisining ko‘pchiligi kimga sajda qilar va xizmat qilar edi?
2) Xudo do‘stim deb atagan odamning ismi nima edi?
3) Xudo Ibrohimga nimani va’da qildi?


 

 

TEPAGA ⇑

 




Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак