ADASHGAN QO‘Y HAQIDA MATAL
Luqo bayon etgan Xushxabar, 15-bob, 3-7-oyatlar
Bir kuni Iso farziylar bilan Tavrot tafsirchilariga quyidagi hikoyani aytib berdi.
Bir cho‘pon suruvidagi qo‘ylariga vijdonan g‘am- xo‘rlik qilarkan. Uning yuzta qo‘yi bo‘lib, cho‘pon ularning birontasi ham adashib qolmasligi uchun ularni doim kuzatib yurarkan. U chindan ham yaxshi cho‘pon bo‘lib, qo‘ylarini yaxshi ko‘rar, kun oxirlaganda uyga qorni to‘q va sog‘-salomat qaytishlari uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilarkan. Bir kuni suruvidagi qo‘ylarini sanab chiqsa, ulardan bittasi yo‘qmish. U qaytadan sanabdi, yana to‘qson to‘qqizta chiqibdi! Demak, qo‘yi yoki yo‘qolib qolgan, yoki bo‘riga yem bo‘lgan.
Nima bo‘lsa ham, uni topishi kerak!
U suruvni yana bir bor diqqat bilan ko‘zdan kechirib, tumshug‘ida qora qashqasi bo‘lgan qo‘zichoq yo‘qligini aniqladi.
Uyining darvozalari yaxshi qulflanganiga ishonch hosil qilgach, u qo‘zichoqni izlab ketibdi. Albatta, to‘qson to‘qqizta qo‘yni qarovsiz qoldirishga uning ko‘zi qiymasdi, lekin adashgan qo‘zi istalgan vaqtda xavfga duchor bo‘lishi mumkinlini bois, sustkashlik ham qilolmasdi.
Cho‘ponning havotiri oshib shu darajada tez yugurardiki, tog‘ning tepasiga chiqquncha holdan toyib bo‘lgan edi. Hotirjam bo‘lishga hali erta edi, chunki qidiruv ishlari endi boshlangan edi-da. U vaqti-vaqti bilan to‘xtab, baland ovoz bilan qo‘zichog‘ini chaqirar, uning ma’rab javob berishini eshitish uchun butun diqqati bilan quloq solar edi. Biroq uning chaqirishiga faqat atrofdagi qoyalargina aks-sado bilan javob berar edi.
Ishqilib, jarlikka tushib ketmagan bo‘lsinda! Tog‘ yonbag‘irlaridan ko‘tarilib borar ekan, cho‘pon qo‘zichog‘ini qayta-qayta chaqirardi.
Birdan uzoqdan qo‘zining ma’rashini arang eshitilib qoldi.
Tez yugurganidan shundoq ham tez urayotgan yuragi, quvonganidan qinidan chiqqudek bo‘ldi. Qo‘zichog‘i tirik ekan!
U shosha-pisha qo‘zining ma’rashi eshitilgan tomonga yugurib ketdi. Qarasa – o‘sha yo‘qotib qo‘ygan qo‘zisi! Jonivor jarlikning turtib chiqqan joyida, na oldinga, na orqaga siljiy olmasdan turar edi. Cho‘pon jarlikni sinchiklab ko‘zdan kechirar, qo‘zining oldiga olib boradigan so‘qmoqni izlar edi.
– Xavfli ekan, lekin iloji bor, – xulosa qilibdi u.
So‘ng, sekin yurib, pastga tushibdi, qo‘zini yelkasiga ortib, ehtiyotlik bilan tepaga ko‘tarilibdi. Uning qanday xursand bo‘lganini ko‘rsangiz edi! Cho‘ponning bo‘yniga yopishib olganiga qaraganda, chamasi qo‘zi ham qutulib qolganidan quvonayotganga o‘xshardi.
– Xudo ham O‘zidan uzoqlashib ketgan odamlarni xuddi shunday izlaydi, – dedi Iso hikoyasni yakunlab. – Sizlarni ishontirib aytamanki, xuddi shu singari, tavbaga ehtiyoji bo‘lmagan to‘qson to‘qqizta solih odamdan ko‘ra, tavba qilgan bitta gunohkor uchun Osmon Shohligida bayram bo‘ladi.
SAVOLLAR
1) Iso farziylarga qanday masalni aytib berdi?
2) Masaldagi nima ko‘proq esingizda qoldi?
3) “Tavba qilish” nimani anglatadi?
Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.
Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.