Salonikaliklarga birinchi maktub 2 bob

1 Pavlusning Salonikada qilgan ishlari. 17 Pavlusning Salonika jamoatini borib ko‘rish istagi.

1 Birodarlar, o‘zlaringiz bilasiz, sizlarning oldingizga kelganimiz bekor ketmadi.
2 Yana o‘zingizga ma’lumki, biz Filippi shahrida ko‘p azob chekkandik, haqoratlarga uchragandik. Ammo ko‘p qarshiliklarga qaramay, Xudoning Xushxabarini sizga aytishimiz uchun Uning O‘zi bizga jasorat berdi.
3 Axir, biz sizlarga ta’lim berganimizda, bizda na xatolik, na nopok niyat, na biron hiyla bo‘lgan.
4 Xushxabarni ishonib topshirishga Xudo bizni loyiq topdi. Shunday ekan, biz insonlarni mamnun qilaylik deb emas, balki yuraklarimizni tekshiradigan Xudoni mamnun qilaylik, deya ta’lim beramiz.
5 O‘zlaringiz bilasiz, biz hech qachon tilyog‘lamalik qilmadik, tamagirlik niyatida gapirmadik. Xudoning O‘zi bunga shohid.
6 Biz hech kimning, na sizlarning, na boshqalarning, maqtoviga sazovor bo‘laylik, deb ish qilmadik.
7 Masihninghavoriylari sifatida biz sizlarning oldingizga talablar qo‘yishimiz mumkin edi. Ammo biz, bolalarini ardoqlagan emizikli onaday, sizlarga mehribon bo‘ldik.
8 Sizlarga juda qattiq ko‘ngil bog‘lagan edik. Shuning uchun sizlarga Xudoning Xushxabarini aytibgina qolmadik, balki yuragimizdan ham joy berdik. Chunki sizlar bizga juda aziz bo‘lib qolgandingiz.
9 Ey birodarlar, mashaqqat bilan mehnat qilganimiz yodingizda bo‘lsa kerak. Sizlarga Xudoning Xushxabarini aytayotganimizda hech biringizga yuk bo‘lmaylik, deya kechayu kunduz ishladik.
10 Siz, imonlilar bilan bo‘lgan munosabatimizda qanday pokdil, solih va benuqson bo‘lganimizga o‘zingiz ham, Xudo ham guvoh.
11 Yana o‘zingiz bilasizki, ota farzandiga qanday muomala qilsa, biz ham har biringizga shunday muomalada bo‘ldik.
12 Sizlarga dalda berdik, yupatdik. Xudoni mamnun qiladigan hayot kechiring, deb sizlarga yolvordik. Axir, U sizlarni O‘z Shohligiga va ulug‘vorligiga chorlayapti.
13 Bizning tinmay Xudoga shukr qilishimizning sababi ham shudir. Bizdan Xudoning kalomini eshitganingizda, buni inson so‘zi sifatida emas, balki Xudoning kalomi sifatida qabul qildingiz. Bu kalom haqiqatan Xudoning kalomidir. Siz, imonlilarda bu kalom o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti.
14 Ey birodarlar, sizlar Xudoning Iso Masihga tegishli bo‘lgan, Yahudiya o‘lkasidagi jamoatlarday bo‘ldingiz. Ular Yahudiylardan qanday azob chekkan bo‘lsa, sizlar ham o‘z yurtdoshlaringiz tomonidan shunday azoblarga yo‘liqdingiz.
15 Yahudiylar Rabbimiz Isoni va payg‘ambarlarni o‘ldirishgan. Bizni ham quvg‘in qilishdi.
16 Boshqa xalqlar najot topsin, deb gapirishimizga ham to‘sqinlik qilyaptilar. Shu sababdan ular Xudoni mamnun qilmaydi va barcha insonlarga qarshi chiqadi. Mana shu ishlari orqali Yahudiylarning gunohlari avjiga chiqmoqda. Va nihoyat, Xudoning g‘azabi ularning boshiga tushdi.
17 Ey, birodarlar, endi biz dilimiz bilan bo‘lmasa–da, vujudimiz bilan qisqa bir muddatga sizlardan judo bo‘ldik. Ammo sizlarni juda sog‘inib, diydoringizni ko‘rishga jon-jahdimiz bilan harakat qildik.
18 Ha, biz qayta–qayta sizning oldingizga bormoqchi bo‘ldik. Ayniqsa men, Pavlus, borishni juda xohlagandim, lekin shayton bunga yo‘l qo‘ymadi.
19 Axir, bizning umidimiz va quvonchimiz kim?! Rabbimiz Iso kelganda, Uning oldida faxr tojimiz siz emasmi?!
20 Ha, sizlar bizning sharafimiz va quvonchimizsiz!


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18