Salonikaliklarga birinchi maktub 4 bob

1 Xudoni mamnun qiladigan hayot kechiring. 13 Rabbimiz Isoning kelishi.

1 Xullas, ey birodarlar, Xudoni mamnun qilib yashashni bizdan o‘rgandingiz. Ha, mana shu tarzda yashayapsiz. Endi Rabbimiz Iso nomidan sizlarga yolvoramiz, shu tarzda yashashga astoydil harakat qilavering.
2 Rabbimiz Iso bizga bergan vakolat bilan sizlarga qanday yo‘l–yo‘riq ko‘rsatganimizni bilasiz.
3 Sizlarning muqaddas bo‘lishingiz Xudoning irodasidir. Shuning uchun jinsiy axloqsizlik qilmang.
4 Har biringiz muqaddaslik va izzat–hurmatga loyiq holda o‘zingizni tuta bilishingiz kerak.
5 Xudoni bilmagan butparastlarday bo‘lib, shahvoniy hislaringizga qul bo‘lmang.
6 Jinsiy hayot tarziga kelganda, o‘z birodarlaringizning ishonchini suiiste’mol qilmang, ularga xiyonat qilmang. Mana shunday hamma gunohlar uchun Egamiz jazolaydi. Biz sizlarga bu haqda oldindan aytib, qattiq ogohlantirganmiz.
7 Xudo bizni harom yo‘ldan yurishga emas, balki muqaddas bo‘lib yashashga chaqirdi.
8 Shunday ekan, kim mana shu ta’limni rad qilsa, insonlarni emas, sizlarga O‘z muqaddas Ruhini beradigan Xudoni rad qilgan bo‘ladi.
9 Birodarlik muhabbati haqida esa sizlarga yozishning hojati yo‘q, chunki bir-biringizni yaxshi ko‘rishni Xudodan o‘rgangansiz.
10 Zotan, sizlar Makedoniya o‘lkasi bo‘ylab yashovchi barcha birodarlaringizga ham shunday munosabatda bo‘lyapsizlar. Shunga qaramay, ularni yanada ko‘proq yaxshi ko‘ring, deb undaymiz.
11 Sizlarga aytganimizday, osoyishta hayot kechirishni, o‘z ishingiz bilan mashg‘ul bo‘lishni, qo‘llaringiz mehnati bilan tirikchilik qilishni o‘z oldingizga maqsad qilib qo‘ying.
12 Shunda Rabbimiz Isoga ishonmaydiganlarning izzat–hurmatini qozonasiz va boshqalarning qo‘liga qarab qolmaysiz.
13 Birodarlar, umidsiz yashayotgan boshqa odamlar kabi qayg‘uga to‘lmang, deb bu olamdan o‘tganlar haqidagi haqiqatni sizlarga bildirishni xohlaymiz.
14 Biz Isoning o‘lib, tirilganiga ishonamiz. Shunday ekan, Isoga ishongan holda hayotdan ko‘z yumgan imonlilarni ham Xudo tiriltirib, O‘z oldiga olib ketishiga aminmiz. Bu voqea Iso kelganda yuz beradi.
15 Rabbimiz Isoning ta’limoti bo‘yicha sizlarga aytamizki, o‘sha paytda biz, hali tirik bo‘lganlar, o‘lgan birodarlarimizdan oldin emas, ular bilan birga Isoni qarshilab olamiz.
16 Zotan, Rabbimiz Iso Masih buyuk bir sado, bosh farishtaning ovozi va Xudoning karnayi sadosi ostida kelganda, birinchi bo‘lib Unga ishongan holda o‘lganlar tiriladi.
17 So‘ng biz, hali tirik bo‘lganlar, havoda Rabbimizni qarshilab olish uchun ular bilan birga bulutlarda ko‘tarilamiz. Shunday qilib, hammamiz Rabbimiz bilan abadiy birga bo‘lamiz.
18 Shuning uchun mana shu so‘zlar bilan bir–biringizga dalda bering.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18