Kirish
Salonika Rim hududi bo‘lgan Makedoniyaning poytaxti edi. Pavlus Filippi shahridan ketganidan keyin Salonikaga kelgandi. Bu yerda uning faoliyati natijasida imonlilar jamoati vujudga keldi. Yahudiy bo‘lmagan, ammo Yahudiy diniga qiziqqanlar orasida Masih haqidagi Xushxabarni yoyishda Pavlus muvafaqqiyatga erishdi. Ammo bu ba’zi yahudiylarda rashk qo‘zg‘atib, ularning Pavlusga qarshi chiqishiga sabab bo‘ldi. Pavlus Salonikadan ketib, Bereyaga borishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik u Korinfga borganidan so‘ng o‘zining hamkori Timo‘tiydan Salonikadagi jamoat haqida batafsil bir xabar oldi.
Pavlusning Salonikaliklarga birinchi maktubi o‘sha yerdagi masihiylarga dalda berish va ularni qo‘llab–quvvatlash niyatida yozilgan. Pavlus maktubida Salonikadagi birodarlarining imoni va sevgisi uchun o‘z tashakkurini bildiradi. Pavlus ular bilan birga bo‘lganda qanday hayot kechirganligini eslatib o‘tadi. Bundan keyin esa ularning jamoatida kelib chiqqan, Masihning kelishi haqidagi bir–ikkita savollariga javob beradi. Bu savollar quyidagilar edi: Masih kelishidan oldin hayotdan ko‘z yumgan imonlilar Masih kelgandan keyin boshlanadigan abadiy hayotdan bahramand bo‘ladilarmi? Masih qachon keladi? Pavlus fursatdan foydalanib, Masih kelishiga umid qilgan holda tinchgina ishlab, yashab yurishga maslahat beradi.
Maktubning nihoyasida Pavlus Salonikaliklarga quyidagi foydali maslahatlarni beradi: “Hamisha xursand bo‘lib yuringlar. Tinmay ibodat qilinglar. Har qanday sharoitda ham Xudoga shukr qilinglar, chunki sizlar, ya’ni Iso Masihga imon keltirganlar uchun Xudoning irodasi shudir.” (5:16-18)
1–BOB - Salonikaliklarga birinchi maktub
Duoyi salom