Havoriylarning faoliyati 8 bob

1 Shoul imonlilar jamoatini quvg‘in qiladi. 4 Havoriy Samariyada va’z qiladi. 26 Filip va Habashistonlik amaldor.

1 Stefanning o‘limini Shoul ma’qullagan edi. O‘sha kundan Quddusdagiimonlilar jamoati shafqatsiz quvg‘inlardan azob cheka boshladi. Havoriylardan boshqa hamma imonlilar Yahudiya va Samariya viloyatlari bo‘ylab tarqalib ketdilar.
2 Taqvodor odamlar Stefanni dafn qilib, unga qattiq aza tutdilar.
3 Shoul esa jamoatni yo‘q qilish payiga tushgan edi. U uyma–uy yurib, erkagu ayol imonlilarni sudrab olib chiqar, ularni qamoqxonaga tashlar edi.
4 Imonlilar tarqalib ketib, Iso haqidagi xabarni har joylarda va’z qilib yurardilar.
5 Filip Samariyaning bosh shahriga borib, u yerdagi aholiga Masih to‘g‘risida va’z qildi.
6 Filipni tinglab turgan va qilgan mo‘jizalarini ko‘rgan olomon uning gaplariga diqqat bilan quloq soldi.
7 Yovuz ruhlar ko‘p odamlarning ichidan chinqirib chiqib ketardi, ko‘plab shol va cho‘loq odamlar shifo topar edilar.
8 Shunday qilib, o‘sha shaharda katta shodlik hukm surardi.
9 Shu yerda Shimo‘n degan bir odam yashardi. U anchadan beri sehr–jodular qilib, Samariya aholisini hayratda qoldirib kelardi. Shu tariqa u o‘zini buyuk odam qilib ko‘rsatardi.
10 Shahardagi har bir odam — kattayu kichik uning gaplariga diqqat bilan quloq solar, “Bu odam Xudoning qudratidir, u Buyuk Qudrat deb nom olgan”, deb aytardi.
11 Shimo‘n uzoq vaqt odamlarni sehr– jodulari bilan ajablantirib kelgani uchun ham, unga odamlar diqqat bilan quloq solishardi.
12 Ammo Filip Xudo Shohligi va Iso Masih to‘g‘risidagi Xushxabarni va’z qilgandan keyin, odamlar Filipga ishondilar. Erkagu ayol suvga cho‘mdirildi.
13 Hatto Shimo‘n ham imonga keldi. U suvga cho‘mdirilgandan keyin, yuz berayotgan alomatlaru buyuk mo‘jizalarni ko‘rib, hayratda qoldi va Filipdan ajralmaydigan bo‘ldi.
14 Quddusdagi havoriylar, Samariya aholisi Xudoning kalomini qabul qilibdi, deb eshitganlari uchun, Butrus bilan Yuhannoni ularning oldiga yubordilar.
15 Butrus bilan Yuhanno borib, Muqaddas Ruhni qabul qilib olinglar, deb Samariyaliklar uchun ibodat qildilar.
16 Chunki hali MuqaddasRuh ularning birontasini ham qamrab olmagan edi. Ular faqat Rabbimiz Iso nomi bilan suvga cho‘mdirilgan edilar, xolos.
17 Shundan keyin Butrus bilan Yuhanno ularning ustiga qo‘llarini qo‘ydilar. Shu tariqa Samariyaliklar Muqaddas Ruhni qabul qildilar.
18 Shimo‘n ko‘rdiki, odamlarning boshlariga havoriylar qo‘llarini qo‘yganlarida, Muqaddas Ruh ularga berilardi. Shimo‘n Butrus bilan Yuhannoga pul taklif qilib, dedi:
19 — Shu qudratdan menga ham beringlar, toki birontasining boshiga qo‘llarimni qo‘yganimda, o‘sha odam Muqaddas Ruhni qabul qilsin.
20 Ammo Butrus Shimo‘nga shunday javob berdi: — Puling o‘zing bilan birga do‘zaxga ravona bo‘lsin, chunki sen, Xudoning in’omini pulga sotib olsam bo‘ladi, deb o‘ylaysan.
21 Bu ishda sening na ulushing, na haqing bor! Sening yuraging Xudo nazarida to‘g‘ri emas.
22 Endi tavba qilib, bu fosiq niyatingdan qayt, “Meni kechirgin”, deb Egamizga ibodat qil, balki yuragingdagi niyatingni U kechirar.
23 Ko‘rib turibman: yuraging achchiq zardaga to‘la, o‘zing fosiqlik zanjiriga bog‘langansan.
24 Shimo‘n shunday javob berdi: — Men uchun Egamizga ibodat qilinglar, tag‘in aytganlaringizdan biri boshimga tushmasin.
25 Butrus bilan Yuhanno u yerda guvohlik berib, Rabbimiz Iso haqidagi xabarni va’z qildilar. Shundan keyin Samariyaning ko‘p qishloqlarida Xushxabarni e’lon qilib, Quddusga qaytib keldilar.
26 Shu orada Egamizning bir farishtasi Filipga dedi: “Qani, bo‘l, janubga bor, Quddusdan G‘azoga olib boradigan sahro yo‘lidan ket.”
27 Filip yo‘lga chiqdi, ketayotib Habashistonlik bir amaldorni uchratib qoldi. U Habashiston malikasi Kandakining bosh xazinaboni lavozimidagi katta amaldor edi. U Quddusga sajda qilgani kelib,
28 endi uyiga qaytayotgan edi. Amaldor aravada o‘tirganicha, Ishayo payg‘ambar kitobini o‘qib ketayotgan edi.
29 Muqaddas Ruh Filipga: “Aravaga yaqinroq bor, uning yonida yur”, dedi.
30 Filip yugurib, aravaga yetib oldi, amaldorning Ishayo payg‘ambar kitobini o‘qiyotganini eshitdi. Filip: — O‘qiyotganingizni tushunyapsizmi? — deb so‘radi.
31 — Birontasi yordam bermasa, tushunarmidim?! — deb javob berdi amaldor. U Filipga: “Chiq, yonimga o‘tir”, deb taklif qildi.
32 Amaldor o‘qiyotgan Muqaddas Bitiklar parchasi quyidagilar edi: So‘yishga olib borilgan qo‘yday, Jun qirquvchi oldida jim turgan qo‘ziday U miq etib og‘zini ochmadi.
33 U xo‘rlandi. Adolatdan mahrum qilindi. Uning nasli haqida kim o‘ylaydi? Yer yuzida uning hayotiga chek qo‘yildi.
34 Amaldor Filipdan so‘radi: — Ayt–chi, payg‘ambar bu gaplarni kim to‘g‘risida aytdi — o‘zi to‘g‘risidami yoki boshqa birontasi to‘g‘risidami?
35 Shundan keyin Filip tushuntira boshladi, Muqaddas Bitiklarning shu qismidan boshlab Iso haqidagi Xushxabarni amaldorga so‘zlab berdi.
36 Ular yo‘lda ketayotganlarida, suv bor joyga kelib qoldilar. Shunda amaldor dedi: — Mana bu yerda suv bor ekan. Suvga cho‘mdirilishimga nima xalaqit beradi?!
37 Filip unga dedi: “Agar butun qalbingiz bilan ishonsangiz bo‘ladi.” Amaldor dedi: “Iso Masih — Xudoning O‘g‘li deb ishonaman.”
38 Amaldor aravani to‘xtatishga buyurdi. Ular ikkalasi — Filip bilan amaldor suvga tushdilar, Filip uni suvga cho‘mdirdi.
39 Ular suvdan chiqqanlaridan keyin, Egamizning Ruhi to‘satdan Filipni olib ketdi. Amaldor uni qaytib ko‘rmadi, ammo xursand bo‘lganicha, yo‘lida davom etdi.
40 Filip esa Ashdodda paydo bo‘lib qoldi. U Qaysariyaga kelguncha, butun o‘lka bo‘ylab o‘tar ekan, hamma shaharlarda Xushxabarni e’lon qilib boraverdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18