Havoriylarning faoliyati 27 bob

1 Pavlusning dengiz orqali Rimga safari. 13 Dengizdagi bo‘ron. 39 Kema halokatga uchraydi.

1 Bizni dengiz orqali Italiyaga jo‘natishga qaror qildilar. Shundan keyin ular Pavlusni va boshqa ba’zi mahbuslarni Imperiya qo‘shinidagi Yuliy degan yuzboshiga topshirdilar.
2 Hammamiz Adramit shahridan kelgan kemaga o‘tirdik. Kema Asiya viloyatining bandargohlariga endi jo‘namoqchi bo‘lib turgan ekan. Biz yo‘lga tushdik. Salonikadan kelgan Makedoniyalik Aristarx degan odam bizga hamroh bo‘ldi.
3 Ertasi kuni biz Sidon shahriga yetib keldik. Yuliy Pavlusga yaxshi munosabatda bo‘ldi, shuning uchun do‘stlari oldiga borishga va kerakli narsalarni olishga ijozat berdi.
4 Biz u yerdan jo‘nab ketdik. Shamol bizga qarshi tomondan esayotgani uchun, Kipr orolini panalab suzib o‘tdik.
5 So‘ng Kilikiya va Pamfiliya viloyatlarining janub tomonidan suzib, Likiya viloyatidagi Mira shahriga keldik.
6 Yuzboshi u yerda Aleksandriyadan Italiyaga suzib ketadigan kemani topdi va bizni unga o‘tqazdi.
7 Biz bir necha kun sekin suzib, nihoyat qiyinchiliklar bilan Knidus shahriga yetib keldik. Shamol bizga qarshi esayotgani uchun Salmon yarim orolining yonidan o‘tib, Krit orolini panalab suza boshladik.
8 Orolning qirg‘og‘i bo‘ylab mashaqqatlar bilan Go‘zal Bandargohlar degan joyga yetib keldik. Bu joy Laseya shahri yaqinida joylashgan.
9 Biz ancha vaqt o‘sha yerda qoldik. Hatto Poklanish kuni ham o‘tdi, suzish xavfli bo‘lib qoldi. Pavlus kemachilarga maslahat berdi:
10 — Janoblar! Ko‘rib turibman, bu yerdan suzib ketadigan bo‘lsak, nafaqat yukimiz va kemamiz, balki jonimiz ham xavf ostida qoladi, og‘ir halokatga uchraymiz.
11 Lekin yuzboshi Pavlusning maslahatiga quloq solmay, kema darg‘asi va kema egasining gapiga kirdi.
12 Qishni o‘tkazish uchun bandargoh yaxshi sharoitga ega emas edi. Shuning uchun deyarli hamma u yerdan dengizga chiqishga, qanday qilib bo‘lsa ham Finikka yetib olib, qishni o‘sha yerda o‘tkazishga rozi edi. Finik Krit orolidagi bandargoh bo‘lib, janubi–g‘arb va shimoli–g‘arb tomonlardan esadigan shamollardan panada edi.
13 Janubdan mayin shabada esa boshlaganda, ular: “Niyatimiz amalga oshadigan bo‘ldi”, deb o‘yladilar. Shuning uchun ular langarni ko‘tarib, Krit oroli bo‘ylab, qirg‘oqqa yaqin suza boshladilar.
14 Ammo ko‘p o‘tmay orol tomondan nihoyatda kuchli bo‘ron ko‘tarildi. Bu “Shimoli– sharq” bo‘roni deb aytilardi.
15 Bo‘ron kemaga shunday urildiki, natijada kema shamolga qarshi suzolmay qoldi. Shundan keyin o‘zimizni to‘lqinlarga topshirib, shamol yo‘nalishi bo‘ylab suzib ketdik.
16 Biz Kavda degan orolchani panalab o‘tdik. Kemaning qayiqchasini zo‘rg‘a ushlab qoldik.
17 Dengizchilar qayiqni yuqoriga ko‘tarib oldilar. Keyin esa kema parchalanib ketmasin, deb uni ostidan arqonlar bilan mahkam bog‘ladilar. Ular: “Surtis atroflarida qumga o‘tirib qolmasak edi”, deb qo‘rqib, tezlikni kamaytiradigan langarni tushirdilar va kemani shamol yo‘nalishiga qo‘yib berdilar.
18 Quturgan bo‘ron davom etardi. Ertasi kuni ular kemadan yuklarni uloqtira boshladilar.
19 Uchinchi kuni esa o‘z qo‘llari bilan kemaning asbob–uskunalarini dengizga otdilar.
20 Bir necha kun biz na quyoshni, na yulduzlarni ko‘rdik. Bo‘ron quturgani sari, qutulishimizga bo‘lgan umid so‘nib borardi.
21 Hech kim uzoq vaqt biron narsa tanovul qilmadi. Shunda Pavlus ularning o‘rtasiga chiqib, shunday dedi: — Janoblar! Agar mening gaplarimga quloq solib, Kiprdan ketmaganlaringizda edi, biz mana shu zararga va og‘ir halokatlarga duchor bo‘lmasdik.
22 Endi sizlarga maslahatim shu: dadil bo‘linglar! Oramizdan hech kim nobud bo‘lmaydi, faqat kemadan mahrum bo‘lamiz, xolos.
23 Men mansub bo‘lgan va men sajda qiladigan Xudoyim o‘tgan kuni mening oldimga O‘z farishtasini yubordi.
24 Farishta menga shunday dedi: “Qo‘rqma, Pavlus, sen Qaysar huzurida bo‘lishing kerak. Sen bilan birga kemada suzib ketayotganlarga Xudo hayot bag‘ishladi.”
25 Shuning uchun, birodarlar, dadil bo‘linglar, chunki Xudoga ishonaman: hammasi menga aytilganiday bo‘ladi.
26 Biz biron orolga albatta tushamiz.”
27 O‘n to‘rtinchi kuni kechasi biz O‘rta yer dengizida shamol yo‘nalishi bo‘ylab suzayotgan edik. Taxminan tun yarmida dengizchilar quruqlikka yaqinlashib qolganimizni payqab qoldilar.
28 Ular chuqurlikni o‘lchagan edilar, yigirma quloch chiqdi. Bir oz nariroqni o‘lchagan edilar, o‘n besh quloch chiqdi.
29 Ular: “Kema qoyalarga borib uriladi”, deb qo‘rqib ketganlari uchun, kemaning ortidan to‘rtta langarni tushirdilar va tezroq tong otsin, deb Xudoga astoydil iltijo qildilar.
30 Shu orada dengizchilarning ba’zilari kemadan qochib chiqishga urindilar. Ular qayiqni suvga tushirib, o‘zlarini xuddi kemaning old tomonidan langar tushirmoqchi bo‘lganday ko‘rsatdilar.
31 Pavlus yuzboshi bilan askarlarga shunday dedi: — Bu odamlar kemada qolmas ekanlar, bilib qo‘yinglar, sizlar ham o‘zlaringizni qutqara olmaysizlar.
32 Askarlar qayiq bog‘langan arqonni kesdilar va qayiqni suvga tushirib yubordilar.
33 Tong otishi bilan, Pavlus ulardan tamaddi qilib olishlarini iltimos qildi: — Bugun o‘n to‘rt kundirki, sizlar xavotirlikda bo‘lib, hech narsa yemadingizlar.
34 Yolvoraman: biroz tamaddi qilib olinglar, bu tirik qolishingiz uchun kerak. Boshingizdan biron tola soch ham tushmaydi.
35 Pavlus shu so‘zlarni aytib bo‘lgach, nonni oldi va hammaning ko‘z o‘ngida Xudoga shukrona aytdi. So‘ngra nonni sindirib, yeya boshladi.
36 Boshqalar ham dadillanib, ovqatlana boshladilar.
37 Kemada jami 276 kishi bor edi.
38 Ular to‘yib olgach, bug‘doyning hammasini dengizga tashlab, kemani yengillashtirdilar.
39 Tong otganda, dengizchilar qirg‘oqni taniy olmadilar. Ammo qirg‘oqdagi qumli qo‘ltiqni payqadilar. Agar imkoni bo‘lsa, kemani o‘sha yerda qirg‘oqqa to‘xtatamiz, deb qaror qildilar.
40 So‘ng langarlarni kesib, dengizga tushirib yubordilar. Ayni paytda eshkaklarni mahkam bog‘lab turgan arqonlarni yechdilar. Shundan keyin oldingi yelkanni shamolga qaratib, qirg‘oqqa suzib ketdilar.
41 Lekin kema sayoz joyga urilib, qumga o‘tirib qoldi. Oqibatda kemaning old qismi qumga tiqilib, qimirlamay qoldi. Kemaning orqa qismi esa to‘lqinlar shiddatidan parcha–parcha bo‘lib ketdi.
42 Shunda askarlar: “Mahbuslar suzib, qutulib ketmasin”, deya ularni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar.
43 Ammo yuzboshi Pavlusni qutqarmoqchi bo‘lib, askarlarni bu niyatlaridan qaytardi. Ularga shunday buyruq berdi: “Suzishni biladiganlar birinchi bo‘lib kemadan sakrasin va qirg‘oqqa suzib borsin,
44 qolganlar esa taxtalarni yoki kemaning biron siniq bo‘lagini olib, ularning ortidan ergashsinlar.” Shu yo‘sin hammalari eson–omon qirg‘oqqa yetib oldilar.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак