Havoriylarning faoliyati 5 bob

1 Hananiya bilan Sapfira. 12 Mo‘jizalar va ajoyibotlar. 17 Havoriylar quvg‘in qilinadilar.

1 Hananiya degan bir odam xotini Sapfira bilan kelishib, mulkidan bir qismini sotdi.
2 Hananiya pulning bir qismini o‘ziga olib qoldi. Xotini bu haqda bilardi. Hananiya pulning qolganini havoriylarga olib borib berdi.
3 Butrus undan so‘radi: — Hananiya, nimaga shaytonga qalbingdan joy berib, Muqaddas Ruhga yolg‘on gapirding? Yerning pulidan bir qismini olib qolding–ku!
4 Mulkingni sotmasingdan oldin, u seniki edi, sotganingdan keyin ham, pul seniki edi. Bunday ish qilishga qanday jur’at etding?! Sen odamlarga emas, balki Xudoga yolg‘on gapirding!
5 Hananiya bu so‘zlarni eshitishi bilanoq yerga yiqilib jon berdi. Bu voqeani eshitganlarning hammasi qattiq vahimaga tushib qoldi.
6 Yigitlar kelib, uning jasadini kafanladilar, keyin uni olib chiqib, dafn qildilar.
7 Uch soatlardan keyin Hananiyaning xotini keldi. Yuz bergan hodisadan u bexabar edi.
8 Butrus ayoldan so‘radi: — Menga ayt–chi, sen bilan ering yerlaringizni falon–falon narxga sotdingizlarmi? — Ha, o‘shancha narxga sotdik, — deb javob berdi ayol.
9 Shunda Butrus ayolga dedi: — Nima uchun sizlar Egamizning Ruhini sinashga qaror qildingizlar? Ana, eringni dafn qilgan odamlar eshikdan kirib kelishyapti. Endi ular seni ham olib chiqadilar.
10 Shu zahoti ayol ham yiqildi–yu jon berdi. Yigitlar kirib kelib ko‘rdilarki, ayol jon beribdi. Ular ayolni ham olib borib, erining yoniga dafn qildilar.
11 Bu voqeani eshitgan odamlar va butun jamoat vahimaga tushib qoldilar.
12 Havoriylar xalq orasida ko‘plab mo‘jizalar va ajoyibotlar ko‘rsatardilar. Hamma imonlilar Sulaymon ayvonida yig‘ilishardi.
13 Xalq ularga g‘oyat hurmat ko‘rsatar, begonalardan hech kim ularga qo‘shilishga jur’at qilolmasdi.
14 Ammo RabbimizIsoga imon keltirib, jamoatga qo‘shilgan erkagu ayollar soni tobora ko‘payib boraverdi.
15 Odamlar: “Butrus yo‘ldan o‘tayotganda, uning soyasi bularning ustiga tushsin”, deb xastalarni ko‘chalarga olib chiqishardi. Ularni chorpoyalarga, to‘shaklarga yotqizib qo‘yishardi.
16 Bir talay olomon ham Quddus atrofidagi qishloqlardan keldi. Ular ham xasta, yovuz ruhlardan azob chekayotganlarni olib kelgan edilar. Xastalarning hammasi shifo topdi.
17 Shunda sadduqiy mazhabidan bo‘lgan oliy ruhoniy va uning barcha sheriklari havoriylarga qahrini sochdilar.
18 Ular havoriylarni hibsga olib, davlat qamoqxonasiga tashladilar.
19 Ammo tunda Egamizning bir farishtasi qamoqxona eshigini ochdi, havoriylarni tashqariga olib chiqib, shunday dedi:
20 — Boringlar, Ma’badda turib, bu yangi hayot to‘g‘risidagi xabarni odamlarga aytinglar.
21 Havoriylar bu gapni eshitib, azonda Ma’bad hovlisiga kirdilar va odamlarga ta’lim bera boshladilar. Oliy ruhoniy va uning yonidagilar Oliy kengashni va hamma Isroiloqsoqollarini chaqirtirdilar. Havoriylarni olib kelish uchun qamoqxonaga odam yubordilar.
22 Ma’bad qorovullari borib, qamoqxonada havoriylarni topa olmadilar. Ular qaytib kelib, xabar berdilar:
23 — Borsak, qamoqxona mahkam qulflangan, soqchilar eshik oldida turishgan ekan. Ammo eshiklarni ochib ichkariga kirganimizda, ichkarida hech kimni topa olmadik.
24 Ma’bad mirshabboshisi va bosh ruhoniylar bu so‘zlarni eshitib, havoriylarga nima bo‘ldi ekan, deb hayron bo‘ldilar.
25 Shu payt bir odam kelib, shunday xabar berdi: — Sizlar qamoqqa tashlagan odamlar Ma’bad hovlisida turibdilar, odamlarga ta’lim beryaptilar.
26 Mirshabboshi bilan Ma’bad qorovullari borib, havoriylarni hibsga oldilar, ammo zo‘rlik qilmadilar. “Odamlar bizni toshbo‘ron qilmasin”, deb qo‘rqdilar.
27 Ular havoriylarni olib kelib, Oliy kengash oldida turg‘izib qo‘ydilar. Oliy ruhoniy ularni so‘roqqa tutdi:
28 — Biz sizlarga, bu Odamning nomi bilan ta’lim bermanglar, deb qat’iy taqiqlamaganmidik?! Axir, nima qilib qo‘ydingizlar? Butun Quddus bo‘ylab ta’limotingizni yoyib yubordingizlar–ku! Bu Odamning qonini bizning gardanimizga yuklayapsizlar!
29 Ammo Butrus bilan havoriylar shunday javob berdilar: — Biz insonga emas, Xudoga itoat etishimiz lozim.
30 Sizlar Isoni yog‘ochga mixlab o‘ldirgan edingizlar, ota–bobolarimizning Xudosi esa Uni tiriltirdi.
31 Iso Isroil xalqini tavbaga olib kelsin, ularning gunohlari kechirilsin, deb Xudo Isoni Sarvar va Najotkor qilib tayinladi. Uni o‘ng qo‘li bilan yuksaltirdi.
32 Biz bularga guvohmiz, MuqaddasRuh ham guvohdir. Xudo Muqaddas Ruhni Unga itoat etadiganlarga in’om qilgan.
33 Oliy kengash bu gaplarni eshitib, g‘azabga mindi, havoriylarni o‘ldirmoqchi bo‘ldi.
34 Oliy kengashda xalqning hurmatiga sazovor bo‘lgan bir Tavrot tafsirchisi bor edi. Uning ismi Gamaliel bo‘lib, u farziylardan edi. Gamaliel o‘rnidan turib, havoriylarni qisqa vaqtga tashqariga olib chiqishlarini buyurdi.
35 Shundan keyin u Oliy kengashga dedi: — Isroillik birodarlar, bu odamlarni biron narsa qilmoqchi bo‘lsangiz, ehtiyot bo‘linglar.
36 Esingizda bo‘lsa, bir qancha vaqt oldin Fevda degan odam buyuklikka da’vo qilgandi. Hatto to‘rt yuztacha odam unga ergashdi. Ammo Fevda o‘ldirildi, uning izdoshlari tarqalib, yo‘q bo‘lib ketdi.
37 Shundan keyin aholini ro‘yxatga olish paytida paydo bo‘lgan Jalilalik Yahudo bir qancha odamni ortidan ergashtirdi. U ham halok bo‘ldi, unga ergashganlarning hammasi tarqalib ketdi.
38 Shu bois sizlarga aytyapman: bu odamlarga qarshi biron harakat qila ko‘rmanglar. Ularni o‘z holiga qo‘yinglar! Ularning rejalari va qilayotgan ishlari insonniki bo‘lsa, bu ishlari barham topadi.
39 Agar Xudodan bo‘lsa, sizlar ularni mag‘lub qila olmaysizlar. Yana o‘zlaringiz Xudoga qarshi jang qilayotgan bo‘lib qolmanglar.
40 Shunday qilib, Oliy kengash Gamalielning maslahatiga rozi bo‘ldi. Ular havoriylarni chaqirib, qamchi bilan savalatdilar, “Hech qachon Isoning nomi bilan gapirmaysizlar”, deb buyruq berib, qo‘yib yubordilar.
41 Havoriylar Oliy kengash huzuridan xursand bo‘lib chiqdilar, chunki ular “Xudo bizni Isoning nomi uchun haqoratlanishimizga loyiq hisobladi”, der edilar.
42 Ular har kuni Ma’bad hovlisida va odamlarning uylarida ta’lim berardilar. Isoning Masih ekani to‘g‘risidagi Xushxabarni va’z qilishda davom etaverdilar.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак