Havoriylarning faoliyati 17 bob

1 Salonika shahrida. 10 Beriya shahrida. 16 Pavlus Afinada.

1 Pavlus bilan Sila Amfipol va Apoloniya shaharlarini bosib o‘tib, Salonika shahriga keldilar. Bu shaharda yahudiylar sinagogasi bor edi.
2 Pavlus, o‘z odatiga ko‘ra, sinagogaga kirdi va uch hafta davomida Shabbat kunlari yahudiylar bilan munozara olib bordi. U Muqaddas Bitiklar asosida
3 Masihning azob chekishi va o‘likdan tirilishi kerakligini tushuntirib, isbotlab berdi. So‘ng: “Men sizlarga aytayotgan Iso o‘sha Masihdir”, dedi.
4 Yahudiylardan ba’zilari, shuningdek, taqvodor yunonlardan katta guruhi va yuqori martabali ayollarning ko‘pchiligi Pavlus bilan Silaga ishonib, ularga qo‘shildilar.
5 Ammo ishonmagan yahudiylar hasadga to‘ldilar va ko‘chalardagi bekorchi daydilarni to‘plab, olomonni yig‘ib, shaharda g‘alayon boshladilar. Ular: “Pavlus bilan Silani qidirib topamiz, xalqning oldiga olib chiqamiz”, deb Yason degan odamning uyiga hujum qildilar.
6 Ammo ularni topa olishmadi. So‘ngra Yason bilan bir necha imonlilarni shahar amaldorlari huzuriga sudrab keldilar va shunday deya shovqin soldilar: “Anavi odamlar butun dunyoni ostin–ustin qilib, bizning shahrimizga ham kelibdilar.
7 Yason o‘sha odamlarga uyidan joy beribdi. Ularning hammasi Iso degan boshqa shoh bor, deb Qaysarning farmonlariga qarshi chiqyaptilar.”
8 Xalq va shahar amaldorlari bu gaplarni eshitib, bezovtalanib qoldilar.
9 Ular Yason va boshqa imonlilardan garovga pul olib, ularni qo‘yib yubordilar.
10 Qorong‘i tushgach, imonlilar Pavlus bilan Silani Beriya shahriga jo‘natdilar. Ular shaharga kelib, yahudiylar sinagogasiga kirdilar.
11 Bu yerdagi yahudiylar Salonikadagi yahudiylarga qaraganda keng fikrli edilar. Ular zo‘r ishtiyoq bilan Iso haqidagi xabarni tinglashar, Pavlusning aytganlari haqiqat ekanini ko‘rish uchun Muqaddas Bitiklarni har kuni tadqiq etishardi.
12 Ularning ko‘pchiligi shu boisdan imonga keldilar, shuningdek, yuqori martabali yunon ayol va erkaklarining ko‘pchiligi ham imonga keldilar.
13 Ammo Salonikadagi yahudiylar, Pavlus Beriyada Xudoning kalomini va’z qilibdi, degan gapni eshitganlarida, ular Beriyaga kelib, olomonni gijgijlab, qayradilar.
14 Shunda imonlilar Pavlusni zudlik bilan dengiz bo‘yiga jo‘natib yubordilar. Sila bilan Timo‘tiy esa Beriyada qoldilar.
15 Pavlusni kuzatib ketganlar uni Afinagacha olib borib qo‘ydilar. Ular Pavlusdan: “Sila bilan Timo‘tiy tezroq mening oldimga yetib kelsin”, degan ko‘rsatmani olganlaridan keyin Beriyaga qaytib ketdilar.
16 Pavlus Sila bilan Timo‘tiyni Afinada kutarkan, shahar butlarga to‘lib ketganini ko‘rib, ta’bi juda xira bo‘ldi.
17 Pavlus sinagogada yahudiylar va taqvodor yunonlarga dalillar keltirdi. Shuningdek, shahar maydonida har kuni duch kelgan odamlarga ham va’z qildi.
18 Bir necha epikurchi va stoik faylasuflar ham Pavlus bilan bahsga kirishdi. Ba’zilari: “Bu mahmadona nima demoqchi?” desa, boshqalari: “U begona xudolar to‘g‘risida va’z qilyapti” der edi. Pavlus Iso to‘g‘risidagi Xushxabarni va o‘liklardan tirilishni va’z qilayotgani uchun shunday deb aytardilar.
19 Ular Pavlusni ushlab, Aryopagos kengashiga olib bordilar va shunday dedilar: “Sen o‘rgatayotgan yangi ta’limot nima ekanini biz ham bilishimiz mumkinmi?
20 Bu ta’limoting bizga bir oz g‘alati tuyulyapti, shuning uchun bu nimani anglatishini bilmoqchimiz.”
21 (Hamma Afinaliklar va bu yerda yashayotgan musofirlar butun vaqtlarini oxirgi yangiliklarni aytib berish yoki eshitish bilan o‘tkazishni yaxshi ko‘rishardi.)
22 Pavlus Aryopagos kengashining oldiga chiqib, shunday dedi: — Ey Afinaliklar! Sizlar har jihatdan g‘oyat dindor ekaningizni ko‘rib turibman.
23 Men butun shaharni kezib chiqib, sizlar sajda qilayotgan narsalarga diqqat bilan nazar tashladim. Men o‘sha narsalarning orasidan “Noma’lum xudoga” degan yozuv bitilgan qurbongohni ko‘rdim. O‘zlaringiz bilmasdan turib sajda qilayotgan Xudoni men sizlarga anglatay.
24 Olamni va undagi hamma narsalarni yaratgan Xudo yeru osmonning Egasi bo‘lib, inson qo‘li bilan yasalgan sajdagohlarda yashamaydi.
25 Har qanday odamga jon, nafas va hamma narsani Uning O‘zi bergan. Shuning uchun U insonning qo‘liga qarab kolmagan. U hech narsaga muhtoj emas.
26 Xudo bitta odamdan jamiki elatlarni yaratib, ularni butun yer yuziga joylashtirdi. U elatlarning hayoti vaqtini va ular istiqomat qiladigan joylarning chegaralarini belgilab berdi.
27 Xudo bularni, Meni qidirsinlar, paypaslanib bo‘lsa–da, topsinlar, deb qildi. Haqiqatan ham, U har birimizdan uzoqda emas.
28 Zotan, “biz Unda yashaymiz, Unda harakat qilamiz va Unda mavjudmiz.” Sizning shoirlaringizdan biri shunday degan edi: “Biz ham Uning zurriyotimiz.”
29 Biz Xudoning zurriyotidan ekanmiz, Xudoni inson o‘z san’ati va mahorati bilan shaklga solgan oltinga yoki kumushga, yo toshga o‘xshatmasligimiz kerak.
30 Xudo o‘tmishda insoniyatning johilligiga e’tibor bermadi. Endi esa U hamma joydagi jamiki xalqlarga: “Tavba qilinglar!” deb amr bermoqda.
31 Chunki U dunyo xalqlarini O‘zi tayinlagan Zot orqali adolat bilan hukm qiladigan kunni belgiladi. O‘sha Zotni o‘likdan tiriltirdi. Shu yo‘sinda jamiki insonlarga bu Zotning tayinlanganini isbot qildi.
32 Ular Pavlusning o‘liklar tirilishi haqidagi gapini eshitganlarida, ba’zilar uni masxara qildi, ammo boshqalar: “Biz bu haqda yana sizning gaplaringizni eshitmoqchimiz”, dedilar.
33 Shunday qilib, Pavlus ularning oldidan ketdi.
34 Bir necha odam unga ergashib, imonga keldi. Imonga kelganlarning orasida Aryopagos kengashining a’zosi Dionis, Damar ismli ayol va boshqa odamlar ham bor edi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак